Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli ma’lumotni to’liq adaptasiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallab tayyorlangan nashr. O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi, ammo undan samarali foydalanish pedagog tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu didaktik materiallarning talabalarga bekamiko’st yetkazib berilishi uchun pedagok uchun erganomik shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi kerak.
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.
Ta’limning ko’rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foydalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko’rishda ta’lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari qo’yidagi talablarga javob berishi zarur:
1. Pedagogik talablar o’z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo’linadi.
Didaktik talablar: yaratiladigan elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) amaldagi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga to’la muvofiq bo’lishi zarur;
-ta’lim oluvchiga qiziqarli va ilmning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mos ilmiylikka ega bo’lishi;
-ta’lim berish jarayonida bilimni o’zlashtirish darajasini oshirish uchun, fan-texnika va texnologiyalar erishgan yutuqlardan maksimal foydalanilgan;
-berilishi zarur bo’lgan o’quv materialining hajmi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar darajasida bo’lishi;
-tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilar uchun, taqdim etiladigan o’quv materialini berish intensivligini o’zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
-iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun EATR fani doirasida maxsus qo’shimcha bloklar taqdim etish (olimpiada masalalari, nobel mukofotlariga taqdim etilgan tematikalar va h.k.)
-foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq, intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lishi;
-o’rganiladigan o’quv materialini ta’lim oluvchi (o’quvchi) osonroq o’zlashtirilishi uchun imkoniyat doirasida ovoz, animasiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo’lishi; -ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi;
-murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish, olinadigan natijalarni tahlil qilish, natijalarni grafik interpretasiya orqali namoyish etish, o’rganiladigan fan mazmuniga ko’proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratilishi;
-o’rganuvchining e’tiborini chalg’ituvchi ortiqcha elementlar bo’lmasligi;
-o’rganuvchining bilim, qobiliyat va psixologik xususiyatlari darajasini o’quv jarayoniga muvofiqligini ta’minlash; -o’rganiladigan fan bo’yicha istalgan bosqichda o’z-o’zini nazorat qilishga imkoniyat yaratish;
-o’rganiladigan fan bo’yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o’tkazish imkoniyatining mavjudligi; -fanni o’rganishda imkoniyat doirasida kalit so’zlar, qo’shimcha adabiyotlar, giperko’rsatmalar va yordamchi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining bo’lishi;-tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik xususiyatlarini hisobga olinishi shart.