Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
120
Ma’ruza mashg‘ulotlar:
8
Amaliy mashg‘ulotlar:
10
Seminar mashg‘ulotlar:
-
Laboratoriya mashg‘ulotlar:
-
Mustaqil ta‘lim:
102
Sinov birligi miqdori:
Kredit
Baholash shakli:
TAFU baholash me’zoniga ko‘ra
Fan tili:
O‘zbek
Kurs haqida qisqacha ma’lumot
Fanni o‘qitishdan maqsad – “Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari” fani bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini matematika fanidan xalq ta’limi tizimida o‘tkazilayotgan olimpiada va musobaqalarda taqdim etiladigan masalalar yechish usullari, matematikaga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida chuqurlashtirilgan fan mazmunining tahlili asosida innovatsion metodlari asosida dars ishlanmalarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – matematikaning hayotda turli sohalariga chuqur kirib borishini e’tiborga olgan holda masalalarni yechishning turli usullari, har hil muammolarni yechishda matematikaning turli bo‘limlari vositalaridan foydalanishlarni o‘rganish, matematika fan olimpiadalaridagi zamonaviy masalalar va ularni yechish usullarini o‘rganish;
Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar Talabalarda “Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari” bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari, olimpiada masalalari turlari, masala yechish usullari, ulardan unumli foydalanish bo‘yicha bilimlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Ta’lim natijalari. Kasbiy kompetentsiyalari. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: – matematika aniq bir bilim sohasi va turli sohalarga chuqur kirib borayotgan universal vosita ekanligi; amaliy va fundamental matematikani zamonaviy o‘qitish tizimlari va uning amalda kasbiy qo‘llanilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish masalasiga yordam berishi; matematik bilim ayniqsa yaratuvchilik kasbini egallayotganlar uchun muhim bo‘lgani holda fikrlash madaniyati tarkibidagi qat’iylik, aniqlik, izchillik, mantiqiylik va asoslanish singari qirralarning shakllanishiga xizmat qilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash, olimpiada masalalarning echish usullarini o‘rganish va ular asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.