Masalalarni yechishning kreativ va umumiy usullari H. Djumayeva o’qituvchi, TerDU



Yüklə 280,21 Kb.
tarix08.11.2023
ölçüsü280,21 Kb.
#131239
FarDU


Masalalarni yechishning kreativ va umumiy usullari
H.DJumayeva – o’qituvchi, TerDU
A.Turayev - talaba, TerDU
Annotasiya . Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish, masala yechishga kreativ yondashish,masala yechimiga har xil usullar yordamida erishish ko’rsatib berilgan.
Kalit so’zlar: masala, intensiv usul, kreativlik, malaka, jadval, modellashtirish.
Creative and general methods of problem solving
H.DJumayeva - teacher, TerSU
A.Turayev - student, TerSU
Annotation . This article demonstrates the formation of problem-solving skills in primary school students , creative approach to problem-solving, problem-solving in a variety of ways.
Key words:subject, intensive method, creativity, skills,spreadsheet modeling
Креативные и методы для решения проблем
Ҳ.ДЖумаева – учитель. ТерГУ
A.Тураев – студент. ТерГУ
Аннотация . В данной статье демонстрируется формирование навыков решения проблем у учеников начальных классов , творческий подход к решению проблем, решение проблем различными способами.
Ключевые слова : субъект, интенсивный метод , креативность , навыки , таблицы моделироване.
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimning ta’lim-tarbiyasi deb javob beraman.{1}Har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi va buguni yo‘qdir. Ayniqsa, bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonida bu asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yoshlarda ma’naviyati yuksak, barkamol shaxs g’oyasini boshlang’ich ta’limdan shakllantirishimiz zarur.
Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi turi bo’libgina qolmay, balki ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi birinchi pog’ona hamdir. Mamlakatimiz kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan boshlang’ich sinf o’quvchilarini yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunga kelib o’quvchilar bilan dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolardan biri vaqt muammosi hisoblanadi. Ayniqsa masala yechish mavzusiga kelganda, masalaning o’zi ancha vaqtni ‘’yutib’’ yuboradi. Nаzаriy mаsаlаlаr mаshqlаrni yеchish dаvоmidа аmаliy аhаmiyat kаshf etаdi, bu bilаn mаshqlаr nаzаriya bilаn аmаliyotni o‘zаrо bоg‘lоvchi vаzifаsini bаjаrаdi.
Masalalarni o’quvchilarga o’rgatish mobaynida intensiv usuldan foydalansak, ayni muddao bo’ladi. Bu orqali ham bir xillikdan yiroqlashamiz, ham vaqtdan yutamiz,. Biz intensiv yondashuv orqali o’quvchilarning har birining shaxsiy “masalalari’’ paydo bo’ladi. O’zlarining ichki potensiali orqali nimaga qodir ekanliklarini ko’rsatadilar.
Masala tushunchasi qadimiy tushuncha hisoblanadi. Masalaning mazmuni esa hayotda uchraydigan voqeaning tabiiy holdagi yechimi hisoblanadi. Masalani yechish o’quvchilarga dastlab og’zaki tarzda o’rgatila boshlanadi. Keyinchalik yozma tarzga o’tiladi. Masalani yechishdan oldin bolalar masalani nima ekanligini tushunib yetishi lozim. Masalalarni yechishda o’quvchilarda quyidagi malakalar shakllanadi:

  1. Masalalarni tinglashni o’rganish va uni mustaqil o’qiy olish.

  2. Masalalarni dastlabki analiz qilish (ma’lumni noma’lumdan ajratish malakasi).

  3. Masalani qisa yozish malakasi.

  4. Soda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilni amalga oshirish, so’ngra yechish rejasini tuzish malakasi.

  5. Yechimni bajarish.

  6. Yechimni tekshira olish.{2. 345-b.}

Biz hozir masalaga qisqa yozuv malakasi haqida fikr yuritamiz:
Masalaga qisqa yozuv deganda uning yechish usuli, strukturtasi, matematik atamalar tiliga o’tkazish tushuniladi.
Uning quyidagi turlari mavjud:

  1. Rasm.

  2. Qisqa yozish.

  3. Jadvallar.

  4. Modellashtirish.

Rasmlar yordamida masalalarni yechish masala yechishni endi o’rganayotgan bolalar uchun ko’pincha qo’l keladi. Buni ko’pincha og’zaki usulda ham olib borsa bo’ladi. Buning uchun ko’rgazmali vositalar ham kifoya:


Masala tuzing va uni yeching: {3, 42-b.}

Bunday masalalar o’quvchilarning tasavvurlarini o’sishiga olib keladi. Har bir o’quvchining ‘’masalasi’’ dunyoga keladi. Masala yechishning boshqa usullari keyingi bosqichda o’rgatib boriladi.
Qisqa yozuv shakli
Bu shakl orqali masalaning mazmunini masalaning to’liq shaklidan ajratib olamiz. Bizga faqat kerakli detallarni o’zimiz uchun taxlab olamiz. Bu masalaning mazmunini tushunish uchun yordam beradi.
Qisqa yozuv bo‘yicha masala tuzing va uni yeching:
Shaxmat to‘garagida – 27 nafar o‘quvchi
Shashka to‘garagida – ?, uch nafar ko‘p o‘quvchi {4, 36-b.}
Qisqa yozuv tuzamiz:
Bu qisqa yozuv shakli orqali masalada nima so’ralayotgani oydinlashadi. O’quvchilarning tushunishlari osonlashadi. Oson tushunganlaridan so’ng masalaning yechimi ham oson topiladi.
Jadval usuli
Ba’zi shunday masalalar borki, ularni jadval orqali bajarilsa, javobi juda ham oson topiladi. Bu ko’pincha ststistik masalalarga to’g’ri keladi.
Jadval bo‘yicha masala tuzing va uni yeching: {5, 212-b}



Bor edi

Sotildi

Qoldi

Jami 125 kg pecheniy va konfet

54 kg pecheniy va
38 kg konfet

? kg pecheniy
va konfet

Hamma masalalarni ham jadval orqali yechib bo’lmaydi. Ammo jadval orqali yechish masalaning yechimini soddalashtiradi. Jadval tuzishda qiynalmasliklari uchun o’quvchilarning darsliklarida jadvalli topshiriqlar ham berib boriladi.
Modellashtirish
Modellashtirish deganda masalaning sxemasini rasm, chizmalar orqali ifodalash tushuniladi. Bunda ma’lum va noma’lum qismlar o’sha modelga joylashtiriladi. Model orqali masalalarni yechish o’uvchilar dunyoqarashini kengayishiga olib keladi. Model orqali yechilayotgan har bir masalada o’quvchilar o’zlari bevosita qatnashayotganday his qilishadi.
Ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha? {6, 101-b.}


3 km/soat 3 soat 4 km/soat

? km
Masalalarni ushbu usullar yordamida yechish bolalarni masalaga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Masala aynan bitta usul bilan yechilmaydi. Qaysinisi jadval orqali, yana biri modellashtirish orqali va h.k. Lekin bolaning o’zi qaysi biri masalaga mos kelishi va oson yecha olish muammolarini o’rganish kerak. Masalani to’g’ri tushunish 70% javob tayyor degani. Masalalarni yechishda uning mazmunini anglay olishga o’rgatish eng muhim omil hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Sh. M. Mirziyoyev. “Yoshlar tarbiyasi-eng muhim masalalardan’’ ilmiy-amaliy anjumandagi nutqidan
2. Jumayev M.E;. Matemalika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “ Turon-Iqbol”, 2016-yil.
3. M. Ahmedov , N. Abdurahmonova, M. Jumayev. Matematika 1-sinf. «Turon-Iqbol» Toshkent – 2018
4. N.A.Abdurahmonova, L.O‘.O‘rinboyeva. Matematika. 2-sinf ‘’Yangiyo’l Poligraf Servis’’ Toshkent-2018
5. S. Burxonov, O‘. Xudoyorov, Q. Norqulova Matematika . 3-sinf. ‘’Sharq’’ Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent—2016
6. N. U. Bikbayeva, E. Yangabayeva, K. M. Girfanova. Matematika. 4-sinf. „O‘qituvchi“, Nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent—2017
Yüklə 280,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin