3 Topshiriq Areallar deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 123,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.09.2023
ölçüsü123,61 Kb.
#129408
  1   2   3
Биогеография 3-топшириқ



3 Topshiriq 
1
.
Areallar deganda nimani tushunasiz? 
 
Biogeografiyaning asosiy ob’ekti flora, fauna va arealdir. Biogeografiya 
fanining vazifalari: zamonaviy biogeografiyaning asosiy masalalaridan biri - tabiiy 
va antropogen omillar ta’sirida flora va fauna o‘zgarishining xilma-xil sabablarini 
va yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. 
Areal yer yо‘zidagi floristik, faunistik va biotik oblastlar, balandlik 
mintaqalari, dunyo okeanini biogeografik rayonlashtirish va boshqa shunga 
о‘xshash kо‘pdan-kо‘p bilimlarni beradi. О‘simlik va hayvonot resurslaridan 
oqilona foydalanish tabiiy muvozanatni va muvozanati bо‘lgan ekosistemalar, 
landshaftlar holatini yaxshilash masalalarini о‘ganish va tahlil qilish 
biogeografiyaning о‘rganish doirasiga kiradi. 
Biogeografiya fanining yo‘nalishlarini ikki guruhga ajratish mumkin: 
1.
Biogeografik tadqiqotlar yo‘nalishi. 
Mazkur yo‘nalish juda turli-tumandir; arealografiya - areallarning 
tiplari, ularning tarkibi va paydo bo‘lishi haqidagi ta’limot; floristika 
va faunistika – flora va faunaning tur tarkibini qiyosiy jihatdan 
o‘rganish; geografik biogeografiya - alohida sistematik birliklarning 
(masalan: kaktuslar, vereshatniklar, ilonlar, kemiruvchilar va 
boshqalar) tarkalishini o‘rganish; geozoologiya va geobotanika – 
landshaftdagi o‘simlik va hayvonlar kompleksini o‘rganish (mazkur 
yo‘nalish tadqiqot uslubi sifatida miqdoriy hisoblarni keng qo‘llaydi 
turli amaliy tadbirlar uchun asos bo‘la oladi); ekologik va tarixiy 
biogeografiya yo‘nalishi (biogeografiyaning mazkur tadqiqot 
yo‘nalishlari haqida yuqorida aytib o‘tilgan). 
2.
Biogeografiyaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Alohida turlar va birmuncha yirik taksonlarning areallarini o‘rganishni 
kelajakda davom ettirish (areallarning hozirgi chegaralarini, ularning 
tarkibini, xo‘jalik ahamiyatiga ega kam sonda uchrovchi va yo‘qolib 
borayotgan turlar sonining o‘zgarishidagi qonuniyatlar va sabablarni 
aniqlash); o‘simlik va hayvonlar guruhining geografiyasini o‘rganish, 
ya’ni alohida hududdagi turlar majmuasining mavjudligi va paydo 
bo‘lishi qonuniyatlarini, bu majmuaning o‘zgarishiga olib keluvchi 
(tur tarkibini, sonini va organizmlar massasini) sabablarini o‘rganish; 
kelajakda faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishini aniqlash, 
ularning shakllanish yo‘llari va sabablarini, dinamikasini, ichki 
tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlarni va insonning ta’sirini o‘rganish; 
tirik organizmlar va landshaftning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish. 



Yüklə 123,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin