DML tiliso’rovlari: SELECT– Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM<jad_nomi>//jadvalnito’liq chiqarish SELECT <ustun_nomi> FROM_nomi>//jadvalustunlarinichiqarish
INSERT– SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO<jad_nomi> VALUES(“ustun_info”, “ustun_info”, … ); DELETE – satrlarni jadvaldan o’chirish buyrug’i.
Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETEFROM<jad_nomi>WHERE qidiruv_sharti; UPDATE – Maydon qiymatlarini o’zgartirish buyrug’i.
Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE _nomi> SETcolumn=expression; UPDATE _nomi> SETcolumn=expression WHERE qidiruv_sharti; SQL tilida shart ifodalarini tuzish uchun solishtirish va mantiqiy operatorlardan tashqari yana bir qator maxsus operatorlar qo‘llaniladi. Bu operatorlar dasturlash tillarida mavjud emas. Bu operatolar:
5.1-jadval. WHERE buyrug`i bilan ishlovchi operatorlar
Misol: Imtihonlarda kamida bitta 2 yoki 3 baho olgan talabalarni identifikatorini tanlab chiqarish so`rovi. SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark IN (2,3)
BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin:
SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark BETWEEN 2 AND 3
Birorta xam 2, 3 olmagan talaba haqidagi ma’lumotlar olish uchun NOT IN yoki NOT BETWEEN ishlatiladi.
Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish. Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi:
_ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi;
% (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi.
SELECT id_st, surname
FROM student
WHERE surname LIKE 'A%'
Ishni bajarish tartibi Avvalo 3-amaliy mashg’ulot ishida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Endi o’sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o’tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz.
1.Jadval ob’yektlariga qiymatlar beramiz:
So`rov:Insert into oltin_rudasi(id, ulushi, qazib_olingan_koni,sanasi) values(1, 75.5, ‘marjonbuloq_karyeri’,’27.09.2019’); Natija:
4.1-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga ma’lumotlarning kiritilishi
2. Jadvalni tanlaymiz va SELECT operatori orqali ekranga chiqaramiz.
So`rov:Select * from oltin_rudasi; Natija:
4.2-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga kiritilgan ma’lumotlarni ko’rish
3.MB ga yangi jadval qo’shamiz va UPDATEdan foydalanib maydonga qiymat beramiz.
So`rov:Alter table oltin_rudasi add korpus varchar(20); Update oltin_rudasi set korpus=’flotatsiya’ where id=1; Natija:
4.3-rasm. Oltin_rudasi jadvalida UPDATE operatori orqali mavjud ma’lumotni o`zgartirish
Jadvalimizga ma’lumotlarni kiritib olamiz va tayyor jadvalda oyligi 4 000 000 dan ko’p yoki id 2 dan katta Xodimlar Idsini, FISHini lavozimini esa katta harflarda chiqaramiz;
Zavod va kon xodimlari jadvallarini ko’ramiz;
So`rov: SELECT *FROM zavod xodimlari;
Natija: 4.4-rasm. Zavod_xodimlari jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish
So`rov: SELECT xodim_id, FISH, UPPER(lavozimi) FROM zavod_xodimlari WHERE oyligi>4000000; Natija: 4.5-rasm. UPPER funksiyasini qo’llanishi natijasi
So`rov: SELECT xodim_id, FISH, manzili, length(manzili), oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE xodim_id IN(1,2,3)
AND oyligi>5000000;
Natija:
4.6-rasm. Mantiqiy amallarning qo’llanishi
So`rov: SELECT FISH, length(lavozimi), manzili, oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE NOT xodim_id=3;
Natija:
4.7– rasm. Length funksiyasi va NOT mantiqiy amalining qo’llanishi
Zavod xodimlarining ism, familiyasini LOWER yordamida kichik harflarda, manzilining uzunligi va IDsi 1 va 2 oralig’idagi xodimlarni chiqaramiz:
So`rov: SELECT xodim_id, Lower(FISH), manzili, length(manzili), oyligi FROM zavod_xodimlari WHERE xodim_id BETWEEN 1 and 2;
Natija:
4.8– rasm. Lower, length funksiyalari va Between mantiqiy amalining qo’llanishi
Vazifalar MySqlda jadval ma’lumotlar kiritaming.
Jadvallar atributlarinini o`zgartiring.
Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da AND, OR, NOT,IN, BETWEEN, LIKE buyruqlari bilan ishlaymiz.
Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang).
Nazoratsavollari SELECT buyrug`iga misol keltiring.
(*) nima vazifani bajaradi.
INSERT buyrug`ining barcha imkoniyatlarini ko`rsating.
AUTO_INCREMENT bo`lgan atribut INSERT buyrug`iga e`lon qilinishi shartmi?
UPDATE buyrug`i imkoniytalari.
WHERE buyrug`idan nima uchun foydalaniladi?
REPLACE buyrug`ining vazifalari nimalardan iborat?
UPDATE buyrug`ining vazifalari nimala
SQL tilida jadvaldan yozuvlarini olib tashlash.
BETWEEN nima va u qanday so`rovlar uchun qo`llaniladi?