4-Amaliy mashg’ulot Yorug’lik difraksiyasi


Mustaqil yechish uchun masalalar



Yüklə 87,01 Kb.
səhifə4/7
tarix15.10.2023
ölçüsü87,01 Kb.
#130363
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliyot

Mustaqil yechish uchun masalalar


1. Yung tazhribasida qalinligi 2 sm shisha plastinka interferensiyalanayotgan nurlardan birining yo’liga perpendikulyar joylashtirilgan. Bunday turli jinslilik tufayli yurish farqining o’zgarishi 1 mkm dan oshib ketmasligi uchun plastinkaning turli joylarida sindirish ko’rsatkichining qiymati bir-birlaridan qanchalik farq qilishi mumkin?
2. Vertikal joylashgan sovun pardasi suyuqlikning oqishi tufayli pona hosil qiladi. Simob yoyining (λ =5461 Å) qaytgan yorug’ligidagi interferensiya yo’llarini kuzatar ekanmiz, beshta yo’l o’rtasidagi masofa 2sm ga baravar ekanligini topamiz. Pona burchagi sekund hisobida topilsin. Yorug’lik parda sirtiga perpendikulyar tushadi. Sovunli suvning sindirish ko’rsatkichi 1,33.
3. Vertikal joylashgan sovun pardasi pona hosil qiladi. Interferensiya qaytgan yorug’likda qizil shisha (λ = 6,31·10-5 sm) orqali kuzatilmoqda. Bunda qo’shni qizil yo’llar o’rtasidagi masofa 3 mm ga teng. So’ngra shu parda ko’k shisha (λ=4·10-5 sm) orqali kuzatiladi. Qo’shni ko’k yo’llar o’rtasidagi masofa topilsin. O’lchash vaqtida pardaning qalinligi o’zgarmaydi va yorug’lik pardaga normal tushadi deb hisoblansin.
4. Shisha ponaga yorug’lik dastasi (λ = 6,31·10-7 m) normal tushadi. Pona burchagi 20". Pona uzunlik birligiga nechta qora interferensiya yo’llari to’g’ri keladi? Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,5.
5. Nyuton xalqalarini hosil qiladigan qurilma monoxromatik yorug’lik bilan yoritilmoqda. Kuzatish qaytgan yorug’likda olib borilmoqda. Ikki qo’shni qora halqalarning radiuslari mos holda 4,0 mm va 4,38 mm. Linzaning egrilik radiusi 6,4 m. Halqalarning tartib nomerlari va tushayotgan yorurlikiing to’lqin uzunligi topilsin.
6. Nyuton halqasi yassi shisha bilan egrilik radiusi 8,6 m bo’lgan linza o’rtasida hosil qilingan. Monoxromatik yorug’lik normal tushadi. Markaziy qorong’i halqani nolinchi deb hisoblab, to’rtinchi qorong’i halqaning diametri 9 mm ga tengligi aniqlangan. Tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligi topilsin. 16.16. Beshinchi va yigirma beshinchi yorug’ Nyuton halqalari o’rtasidagi masofa 9mm ga teng. Linzaniig egrilik radiusi 15 m. Qurilmaga normal tushayotgan mopoxromatik yorug’likning to’lqin uzunligi topilsin. Kuzatish qaytgan yorug’likda olib boriladi.
7. Agar ikkinchi va yigirmanchi qorong’i Nyuton halqalari o’rtasidagi masofa 4,8 mm bo’lsa, uchinchi va o’n oltinchi qorong’I halqalar o’rtasidagi masofa qanchaga teng? Kuzatish qaytgan yorug’likda olib boriladi.
8. Nyuton halqalarini hosil qiladigan qurilma simob yoyining normal tushayotgan yorug’ligi bilan yoritiladi. Kuzatish o’tuvchi yorug’likda olib boriladi. λ = 5,791·10-7 m ga muvofiq keluvchi qaysi navbatdagi yorug’ halqa λ = 5,770·10-7 m chizig’iga muvofiq keluvchi keyingi yorug’ halqa bilan mos keladi?
9. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilmada linza bilan shisha plastinka o’rtasidagi bo’shliq suyuqlik bilan to’ldirilgan. Agar uchinchi yorug’ halqa radiusi 3,65 mm ga teng bo’lib chiqsa, suyuklikning sindirish ko’rsatkichi apiqlansin. Kuzatish o’tuvchi yorug’likda olib boriladi. Linzaning egrilik radiusi 10 m. Yorug’likning to’lqin uzunligi 5,89∙10-5 sm.
10. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma to’lqin uzunligi 0,6 mkm bo’lgan normal tushayotgan monoxromatik yorug’lik bilan yoritilmoqda. Qaytgan yorug’likda to’rtinchi qorong’i halqa kuzatiladigan joydagi linza bilan shisha plastinka o’rtasidagi havo qatlamining qalinligi topilsin.
11.Yorug’lik nuri shisha (n=1,5) idishga quyilgan suyuqlikdan o’tib, uning tubidan qaytadi. Qaytgan nur idish tubiga 42°37' burchak bilan tushayotganida batamom qutblanadi. 1) Suyuqlikning sindirish ko’rsatkichini toping, 2) to’la ichki qaytish sodir bo’lishi uchun mazkur suyuklikdan o’tuvchi yoruglik nuri idish tubiga qanday burchak bilan tushishi kerak?
12. Bo’shliqdagi tulqin uzunligi 5890A bo’lgan yassi qutblangan yorug’lik dastasi island shpati plastinkasiniig optik o’qiga perpendikulyar ravishda tushadi. Agar oddiy va murakkab nurlar uchun island shpatining sindirish ko’rsatkichi n0=1,66 va ne=1,49 bo’lsa, kristalldagi oddiy va murakkab nurlarning tulqin uzunliklari topilsin.
13. Polyarizator va analizator orqali o’tgan tabiiy yorug’likning intensivligi to’rt marta kamayishi uchun polyarizator bilan analizatorning bosh tekisliklari o’rtasidagi burchak nimaga teng? Yorug’likning yutilishi hisobga olinmasin.
14. Tabiiy yorug’lik polyarizator va analizator orqali o’tadi. Polyarizator bilan analizator shunday qo’yilganki, ularning bosh tekisliklari orasndagi burchak nimaga teng. Polyarizator shuningdek analizator ham o’zlariga tushayotgan yorug’lik intensivligining 8 prosentini yutadi va qaytaradi. Ma`lum bo’lishicha, analizatordan chiqqan nur polyarizatorga tushgan tabiiy yorug’likning 9 prosent intensivligiga teng ekan. α burchagi topilsin.


1. To‘lqin uzunligi =632.8 nm li lazer nurlanishi normal ravishda ikkita tirqishi bo‘lgan to‘siqqa tushmoqda, tirqishlar orasidagi masofa d=5 mm. Ekranda interferensiya yo‘llari kuzatilmoqda. Agar tirqishlarning biriga a=10 mkm qalinlikdagi shaffof plastinka qo‘yilsa, interferensiya yo‘llari qanchaga suriladi? Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.633.
2. Yassi to‘lqin uchun zonalarining dastlabki uchtasini radiusi hisoblab topilsin. To‘lqin sirtida kuzatilayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa 1 m. To‘lqin uzunligi =500 nm.
3. Kengligi b=42 mkm bo‘lgan tirqishga to‘lqin uzunligi =589 nm ga teng monoxromatik yorug‘lik dastasi normal ravishda tushmoqda. Minimumlar kuzatiladigan burchaklar topilsin.
4. Kengligi b=2.10-3 sm ga teng tirqishga, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik dastasi perpendiklyar ravishda tushmoqda. Tirqishdan 1 m masofada joylashgan ekranda hosil bo‘lgan tirqish tasvirini kengligi topilsin. Tirqish tasvirini kengligi deganda, asosiy maksimal yoritilganlikni ikki tomonida hosil bo‘ladigan birinchi minimumlar orasidagi masofa topilsin.
5. Tirqishga normal ravishda  to‘lqin uzunligidagi monoxromatik yorug‘lik dastasi tushadi. Tirqish kengligi 6. Yorug‘lik difraksiyasining uchinchi minimumi qanday burchak ostida ko‘rinadi?
6. To‘lqin uzunligi =700 nm bo‘lgan qizil chiziqli ikkinchi tartibdagi spektrda ko‘rish uchun, ko‘rish trubkasini kollimator o‘qiga =30° burchak ostida joylashtirish kerak bo‘ldi. Difraksion panjara doimiysi topilsin. Yorug‘lik panjaraga normal ravishda tushmoqda.
7. Spektrning birinchi tartibidagi simobning yashil (=546 nm) chizig‘i =19°8′ burchak ostida kuzatilayotgan bo‘lsa, difraksion panjaraning bir millimetrga mos kelgan shtrixlar soni nechta bo‘ladi?
8. Difraksion panjaraga oq yorug‘lik dastasi normal holda tushmoqda. =589 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik uchun difraksiya burchagi 1=17°8′. Biror bir chiziq ikkinchi tartibdagi spektrida 2=24°12′ difraksiya burchagini hosil qilgan. Shu chiziqning to‘lqin uzunligi topilsin.
9. Difraksion panjaraga, geliy bilan to‘ldirilgan razryad trubkasidan yorug‘lik normal ravishda tushmoqda. Ikkinchi tartibli spektrda =670 nm to‘lqin uzunlikdagi qizil chiziq uchinchi tartibli spektrda qaysi chiziq bilan ustma-ust tushadi.

Yüklə 87,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin