4-ma`ruza: Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili Reja



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə14/16
tarix04.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#115132
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-maruza

5.7.-rasm

Kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning navbatdagisi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan mahmuriy nizolarni, shuningdek, mahmuriy huquqbuzarliklarni ko’rib chiqishga vakolatli bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahmuriy sudlari, tuman (shahar) mahmuriy sudlari tashkil etilishiga doir bo’lgan normadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 110-moddada mahmuriy sud ishlarini yuritishga doir bo’lgan masalani o’z mazmunida mustahkamlagan edi. Biroq ularning tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan munosabat biroz oqsayotgan edi. Mahmuriy sudlarni tuzish masalasini jadallashtirishgan yana bir omil – jinoyat qonuni normalarini liberallashtirish siyosati bo’lib hisoblanadi.

Qonunchilikda o’z ifodasini topgan o’zgartirish va qo’shimchalardan yana biri bu – tumanlararo iqtisodiy sudlarning tashkil etilishidir. Fuqarolar o’rtasidagi iqtisodiy, fuqaroviy, mahmuriy va boshqa huquqiy nizolar xo’jalik sudlari tomonidan ko’rib chiqilar edi. Biroq ushbu toifadagi nizolar asosan viloyat xo’jalik sudlarida birinchi va apellyatsiya bosqichlarida ko’rilishi nazarda tutilgan edi. Xo’jalik sudlarining faqatgina viloyat darajasida mavjudligi, ularning alohida tumanlardan uzoq masofada ekanligi tumanlararo iqtisodiy sudlarni tashkil etish zaruratini keltirib chiqardi.

“Harakatlar strategiyasi”dan kelib chiqib, 2017 yilning 1 aprelidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlarini qo’llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatilishi, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog’i tarzidagi ehtiyot choralarini qo’llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko’p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirilishi; pochta-telegraf jo’natmalarini xatlab qo’yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish huquqi sudlarga o’tkazilishi; sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo’llash huquqi berilishi; tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinishi; fuqarolik ishi bo’yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi; viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko’rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo’yicha vakolatlari bekor qilinishi kabi masalalar belgilab berildi.

Inson huquq va erkinliklarini ustivor ekanligini tasdiqlovchi yana bir norma qo’shimcha tergovning bekor qilinishi bo’lib hisoblanadi. Bu qoida konstitutsiyaviy norma – aybsizlik prezumpsiyasining mantiqiy rivojlanishi bo’lib, tortishuv va taraflar tengligi, haqiqatni anglash prinsiplari real ta`minlanishiga kafolat beradi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin