4-topshiriq. Sinf-dars tizimi tavsifini “Tushunchalar tahlili” metodi yordamida yoritish Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
talabalarni guruhlarga ajratish;
talabalar mashg’ulotni o’tkazish qoidalari bilan tanishtiriladi;
guruh a’zolariga tarqatma materiallar tarqatiladi;
talabalar tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishtiriladi;
talabalar berilgan tushunchalarga o’zlaridagi ma’lumotlardan kelib chiqib fikrlarini yozadilar;
o’qituvchi tushunchalarni o’qiydi va jamoa bilan har bir tushunchaga to’g’ri izohni berilgan slayd orqali tanishtiradi;
talabalar to’g’ri belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, o’z-o’zlarini tekshiradilar, baholaydilar va bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
6-topshiriq Kichik guruhlarga bo’linish tartibi va har bir guruh uchun topshiriqlar. 1. Guruh “Ta’lim”. K.D.Ushinskiyning axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari borasidagi fikrlarini bayon eting.
2. Guruh “Tarbiya”. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari.
3. Guruh “Axloq”.K.D.Ushinskiyning bolalar mehnati borasidagi qarashlari
7-topshiriq. KONSEPTUAL JADVAL Konseptual jadval o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Talabalar: 1. Konseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo‘yicha xususiyatlarni ajratadilar
2. Alohida yoki kichik guruhlarda konseptual jadvalni to‘ldiradilar:
- uzunlik bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;
- yotig‘i bo‘yicha taqqoslanish bo‘yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.
3. Ish natijalarining taqdimoti.
“Jahonning iqtisodiyrivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi” mavzusidagi konseptual jadval (lavha)