4-mavzu: Pedagoglik kasbi rivojlantirishda Ustoz-shogird an’analari.
Ustoz-shogird an’analarining tarixiy genezisi va milliy asoslari. Ustoz-shogird an’analari milliy qadriyat sifatidayu Sharq allomalari merosida ustoz-shogird odobi masalalari. Muslihiddin Sa‘diy Sheroziyning ―Guliston‖ asarida ustoz va shogird haqidagi. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish samardoligini oshirishda integrativ yondoshuv. Davlat ta’lim standarti. Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining zaruriy mazmuni va bakalavrninig tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablar. “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Umumiy psixologiya”, “Xalq pedagogikasi”, “Yunogogika”, “Pedagogik texnologiya”, “Oila pedagogikasi”, “Pedagogik mahorat”, “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi”, “Tarbiyaviy faoliyat diagnostikasi va korreksiyasi”, “Kreativ pedagogika” fanlarini o‘qitishda integratsiyalashgan ta’lim dasturlari tuzilmasi va mazmuni.
Uzbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ukitish va tarbiyalash mazmuniga milliy kadriyat va an’analarni singdirish, ularni ilg’or g’oyalar bilan boyitishga yunaltirilgan keng kulamdagi sa’y-xarakatlar amalga oshirilmokda. Istiklol sharofati bilan ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratib kelingan bebaxo ma’naviy meros, unutilgan kadriyatlarni kayta tiklash, milliy uzlikni anglash masalasi davlat dasturi darajasida amalga tatbik etilmokda. Milliy an’ana va kadriyatlar kaytadan karor topishi natijasida ukituvchi-ustoz faoliyati bulajak pedagog kadrlarni tayyorlashda nafakat fan asoslari yuzasidan bilim, kunikma va malakalar bilan kurollantirish omiliga, balki ta’lim oluvchining bush vaktini mazmunli tashkil etish, ularning iktidori, kizikish va intilishlarini inobatga olgan xolda, ijodiy ilmiy tadkikot ishlariga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish xamda kasbga yunaltirishga karatilmokda.
Milliy tarbiya xalk nomi va uning tarixi bilan chambarchas bog’lik. Utmish madaniy-pedagogik meros va an’analar yoshlar tarbiyasi uchun muxim vosita bulib xizmat kiladi. Ta’lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda “Ustoz- shogird” an’analari muxim sanaladi. “Ustoz- shogird” an’analari - yoshlarda kasbiy maxoratni tarbiyalash, ularning ma’naviy-ma’rifiy saloxiyatini oshirish, izlanish, ijod kilish, bir suz bilan aytganda, xar tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda uziga xos tarbiyaviy ta’sir kursatishi bilan katta axamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jixati shundaki, undan foydalanish natijasida ta’lim oluvchida uz imkoniyatlariga ishonch, vaziyatni tug’ri baxolash xamda irodaviy sifatlar shakllanadi, kolaversa talabaning ijtimoiy faolligi ustozlar nazoratida buladi. Ustozning eng buyuk burchi - yurt ravnakiga uzining munosib xissasini kusha oladigan, akl-idrokli, faxm-farosatli va kobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun avvalo uning uzi kasbiy saloxiyatli, ma’naviy barkamol, keng dunyokarash va sog’lom fikrga ega bulmoG’i lozim.
Kadimdan ustoz-shogirdlik an’analarida ustoz nafakat shogirdiga yul- yurik, kursatma beribgina kolmay, uz navbatida, ularni mustakil faoliyatga tayyorlagan xamda uzidan keyin ish-tajribani, bilim va maxoratni avloddan- avlodga utishiga imkoniyat yaratgan. “Ustoz-shogird” munosabatlari muayyan dastur, reja asosida olib borilishi maksadga muvofik. Bu borada shogird bilan olib boriladigan ish shakllarida ustoz kuyidagilarga rioya kilishi lozim:
shogirdga tarbiyaviy ta’sir kursatishda zamon talablariga, jamiyat konun- koidalariga mos bilimlar bilan kurollantirish;
yagona maksad sari intilishga, ishning natijasini kura bilishga urgatish;
shogirdning ruxiyati, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir kursata olish va uz urnida talabchan bulish;
uz-uzini va uzgalarni xurmat kilishga odatlantirish;
muvaffakiyatni kuzlagan xolda olG’a odimlash;
ijobiy kaytuvchan alokani urnatish;
tarbiyada turli xil ilG’or usullar va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga e’tibor karatish;
tarbiya jarayonida ustozning xar tomonlama: ma’naviy, axlokiy, kasbiy jixatdan namuna bulishi;
burch, mas’uliyat, javobgarlik xissini shakllantirib borish va xokazo.
SHuningdek, ustoz-shogird an’analarida kuyidagi pedagogik tamoyillar
muxim urin tutadi:
onglilik va faollik, ya’ni egallayotgan u yoki bu faoliyatning uziga xos jixatlari, moxiyatini ongli tarzda tulik anglab yetish, uning istikboli va ravnaki yulida faollik bilan xarakat kilish;
ilm-fanning sir-asrorlarini egallashda puxtalik;
ta’lim-tarbiyaning turmush, xayot bilan chambarchas boG’likligini inobatga olish;
mutakillikka, ijodiy izlanishga yunaltirib borishda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog’likligini xisobga olish;
ukitish, tarbiyalash mazmuni va shogirdlik boskichlarining izchillik bilan belgilab kuyilgan anik mantikiy tartibga ega bulishi;
shogirdning yosh va uziga xos xususiyatlarini xisobga olish.
Demak, uzluksiz ta’lim tizimida “Ustoz-shogird” an’analaridan foydalanish kuzlangan samarani beradi. Pedagogik ta’limot g’0yalariga kura amaliy kunikma va malakalar bevosita mashklantirish, ya’ni muayyan faoliyatni amalda bevosita bajarish orkali shakllanadi. “Ustoz-shogird” an’anasi esa ukuvchilar, talaba- yoshlar xamda yosh pedagoglarda ijodiy izlanishni vujudga keltirishi, pedagogik faoliyat jarayonida ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan xolda yondashishi, shogirddagi iktidorni yanada rivojlantirish uchun kulay shart-sharoitlarni yaratishi bilan axamiyatlidir. Bu kabi xolatlar yoshlarda nafakat mexnat va ishlab chikarish faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, balki uzgalar mexnatini kadrlash, xalol mexnat kilish, mexnat samaralaridan g’ururlanish kabi ma’naviy-axlokiy sifatlarni xam tarbiyalaydi. Farzand tarbiyasida sharkona, kadimiy ajdodlar urf-odatlari, an’analari, axlok-odob koidalariga amal kilishda. xalkimizning milliy tarbiya tizimidan unumli foydalanishga aloxida e’tibor berish va bu borada ustozlar uz kuchi, akl-zakovotini ayamasliklari lozim. Yukoridagi fikrlardan kurinadiki, xozirgi davrda kelajak avlodning Vatan ravnaki sari ishonch bilan odimlab borishida ularning ma’naviyati, milliy uzligini anglashi kechiktirib bulmas zarur vazifalardan xisoblanadi.
Alisher Navoiy “Vakfiya” asarida, “Butun osmon va osmondagi jamiki narsalar, butun yer yuzi va yer yuzidagi jami narsalar, xamma dengizlar va unda mavjud bulgan xamma narsalar, xamma mamlakatlar va ularda bor jami ne’matlar - jami eng yaxshi narsalar inson uchun, uning baxt va saodati uchun yaratilgan, bularning bari insonga xizmat kilmogi kerak” , - deb yozgan edi.
Demokratiya va bozor iktisodiyotining bosh talabi xam shundan iborat. Xdmonki, barcha kulayliklar inson uchun yaratilar ekan, uni yaratuvchi shaxs xam barkamol inson bulmogi, ushbu buyuk maksadga karatilgan ta’lim-tarbiya tizimi esa mukammal bulmogi zarur.
Uzbekiston mustakilligi tufayli tarakkiyotning barcha soxalarida ruy berayotgan uzgarishlar bulgusi fukarolarni turli xil fazilatlarga ega bulishi zarurligini takozo etmokda. Buning uchun xar bir fukaroda bozor iktisodiyoti davrida yuz beradigan tezkor uzgarishlarga mos shaxsiy fazilatlar xamda kasbiy xislatlar shakllangan bulmogi lozim. SHaxsda bu xislatlarni shakllantirishda ustoz muxim urin tutadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini” kabul kilingan oliy majlisning birinchi chakirik IX sessiyasida suzlagan ma’ruzasida (“Barkamol avlod Uzbekiston tarakkiyotining poydevori”): “...ta’lim-tarbiya tizimini uzgartirishdagi asosiy muammo xam mana shunda: ukituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab kilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning uzi ana shunday bilimga ega bulishi kerak” degan edi. Demak, jamiyat uchun zarur xislatlarga ega bulgan shaxslarni yetishtirib berishda yetakchilik kiladigan ustozning uzi xam zamonaviy bilimlarga ega bulishi zarur, ana shundagina uzi yashayotgan jamiyatning ajralmas kismi bulgan ukituvchi-murabbiy yoshlarga zamonaviy bilimlar bera oladi. Ularni yangi davr kishilari etib tarbiyalay oladi.
SHark madaniyatining buyuk namoyondasi Alisher Navoiy yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ularni nodir fazilatlar egasi kilib tarbiyalashning afzalligiga kuplab asarlarida aloxida etibor karatadi. Mutafakkir ustoz, shuningdek, ukituvchi, murabbiy, mudarrislarning xislatlari tugrisida “Maxbub ul-kulub” ya’ni, “Kalblar sevgisi” asarida shunday yozadi: “....ustozlar mansab va amalga kizikmasligi, uzi bilmaydigan ilmdan dars berishga urinmasligi, din ilmidan anik masalalarni bilmog’i kerak.
SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI Xo‘jaqulova Inoyt Hakimovna, Shaymanova Dilfuza Ro‘ziboyevna Navoiy shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Annotatsiya: Mazkur maqolada sharq mutafakkirlari asarlaridagi ustoz-shogird munosabatlari, ustozlik xislatlari, ustoz ba shogird o‘rtasidagi burch va majburiyat, ustoz va shogird ma’suliyati haqidagi qarashlari ifodalangan. Kalit so‘zlar. Ustoz va shogird, Xusayin Voiz Koshifiy, Abu Nasr Farobiy, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy Xalqimiz azal azaldan farzandlarini ilmli va hunarli qilishga, ularni go‘zal odob-ahloq egasi qilib tarbiyalashga e’tibor bеrganlar. Shu boisdan ular bolalar tarbiyasini jamiyatda hurmat va e’tiborga ega bo‘lgan ilmli kishilarga, o‘z kasbining mohir ustalariga topshirganlar. Bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilgan. Ustozlar shogirdlariga bilim va hunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni qat’’yatli, to‘g‘risoz, sadoqatli, mard va jasur kabi komillik xislatlarini ham singdirishga intilganlar. Shu bois jamiyatda yaxshi ustozlarning hurmat-e’tibori, mavqyei baland bo‘lib, ustozlik ulug‘ kasb hisoblangan. Xalqimizdan orasidan yetishib chiqqan buyuk olimu sarkardalar, shoir-u fuzololarning barchasi ana shunday ustozlar tomonidan tarbiyalangan va ular doim o‘z ustozlarini hurmat bilan e’zozlaganlar. Yurtimizda ustoz-shogird tizimining rivojlanib borishi ustoz-shogird munosabatlari, ustoz va shogirdning bir-biriga nisbatan burch va majburiyatlari, odob-ahloqi haqida turli qarashlarni keltirib chiqargan. Buni biz buyuk ajdodlarimiz o‘z ilmiy meroslarida tarbiyachi, ustozlik mahorati, ustoz - shogirdlik munosabatlariga ham alohida o‘rin berganligida ko‘rishimiz mumkin. Quyida shulardan misollar kеltiramiz: Masalan, Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505) “Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati” asarida ustoz - shogird munosabatlariga kеng to‘xtalib, ustoz qanday bo‘lishi, shogirdlik odobi nimalardan iborat ekani haqida batafsil ma’lumot beriladi. Koshifiy ustozlik shartlarini quyidagicha izohlaydi. “Bilgilkim hе ch bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo‘lmagan”. “Kimki ustozsiz ish boshlagan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo‘l, birmuddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l ... Agar komil inson kim dеb so‘rasalar, u pok mazxabli, o‘z aybini ko‘radigan dono va tamizli kishidir dеb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi. Shogirdlik odobi haqida ham o‘z fikrlarini quyidagicha bayon etadi: “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi dеb so‘rasalar, irodat ustiga dеb javob bеrgin. Agar irodat nima dеb so‘rasalar, samo va toatdir dеb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir dеb so‘rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qo‘log‘i bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir dеb ayt”. U shogirlikning 8 ta odobini ko‘rsatadi: 1. Birinchi bo‘lib salom bеrish. 2. Ustozning oldida oz gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik. 5. Gap so‘ramoqchi bo‘lsa oldin ustozdan ijozat olish. 6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. 7. Ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik. 8. O‘tirib turishda hurmat saqlash. Mashhur faylasuf va mutafakkir, qomusiy ilmlar bilimdoni Abu Nosr Forobiy (873-930) ustoz - o‘qituvchiga shunday talab qo‘yadi: “Ustoz - shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq bo‘lsa, shogird uni mеnsimay qo‘yadi va u bеradigan bilimdan sovib ham qoladi. U o‘qituvchiga bolalarning fе ’l atvoriga qarab turbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq” usullardan foydalanishni maslahat bеradi: Tarbiyalanuvchilar o‘qish o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta’lim tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul (majburlov) qo‘llaniladi Sa’diy Shеroziy (Shayx Sa’diy) (1184-1204) ta’lim - tarbiyada muallimlarning talabchanligi bilim va tarbiya bеrishda qatiqqo‘l bo‘lishning tarafdori bo‘ladi. Bu borada u shunday degan edi: “Gar muallim bo‘lsa beozor, o‘quvchilar darsda qilurlar bozor” Mutafakkir Alisher Navoiy ‘’Mahbub ul - qulub asarida Nodon , johil ustozni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’limotli o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur deydi . Shu bilan birga o‘qituvchining mehnatini og‘irligini xolisona baholaydi . Alisher Navoiy ustoz ilmini shunday 13 Январь 2021 10-қисм Тошкент baholaydiki ‘’Uning ishi odam tugul , hatto devning ham qo‘lidan kelmaydi .Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi , ustoz esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi . lekin shunisi ham borki . bolalar orasida tabiatan og‘irroq bolalar ham bo‘ladi . Ustoz bu kabi hollarda yuzlab mashaqat chekadi . Shu boisdan, Alisher Navoiy o‘z asarlarida ustozlarni ulug‘lab, shogird doim uning oldida boshi egik holda turishi, ustozni rozi qilmoqlikni uqtiradi. Shogirdning ustozdan o‘zishi, ulg‘ayib ulug‘lik martabasiga erishishi ustozning qadrini zarracha kamaytirmasligini, u har qanday vaziyatda ham ota singari ulug‘ va mo‘tabar bo‘lishini ta’kidlab: “Agar shogird shayxulislom, agar qozidir, agar ustod ondin rozidir-tangri rozidir”, deydi. Shuningdek, Alisher Navoiy ustozlarni ham o‘z ishida ma’suliyatli bo‘lishini, shogirdni yuksak ahloqiy sifatlar ila tarbiya etib, unga bilim berishda qunt va sabr ila yondashmoq lozimligini uqtiradi. Asrlar davomida shakllangan ustoz-shogird tizimi an’analari bugungi kunimizda ham ta’lim sohasining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Ta’lim muassalarida tajribali ustozlar shogirdlarning ma’suliyatini, mahoratini shakllantirishga, faoliyatni samarali tashkil etishga ko‘maklashmog‘i lozim. Yosh o‘qituvchilarga darslarni tashkil etish, ish hujjatlarni yuritish tartibi, sinfni, o‘quvchilarni boshqarish o‘quvchi diqqatini jalb qilish metodlari haqida tushunchalar berib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi Bu esa albatta ta’lim sifatini oshishini va taraqqiyotini kafolatlaydi.
Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi mutaxassis oʻqituvchilarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez surʼatda ilmiy-texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida taʼlim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga oʻz vaqtida yordam berish kabi masalalarga eʼtibor qaratish, ustoz-shogirdlik anʼanalaridan oʻrinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari oʻz ifodasini topdi.
Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarining oʻzgarishi borasida toʻplangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham oʻzgarib bormoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ustoz-shogird anʼanalarini yana-da rivojlantirishning asosiy vazifalardan biri mustaqil Oʻzbekistonni rivojlantirishga asos boʻladigan yangi taʼlim tizimining tashkil etilishidir. 1997-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida qoʻllanib keladi. Biroq, hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib borilayotgan islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab qiladi.
Hayotda yozilmagan, ammo unga amal qilinmasa, xunuk oqibatlarga olib keladigan qonunlar bor. Shulardan biri ustoz va shogirdlik munosabatlaridir. Xalq orasida ustoz va shogirdlik odobi, qadriyati, muloqot shartlari ana shunday yozilmagan qonunlar shaklida million yillardan buyon yashab, kamolga yetib, rivojlanib kelayotir. Biron bir kasb egasi yoʻqki, u ustoz koʻrib kamolga yetmagan boʻlsin. Ustoz va shogirdlik rishtalari juda nozik boʻlib, sal qaltis harakat qilinsa, uzilishi, keyin ulanganda ham tugun qolishi mumkin. Ana shunday hol yuz bermasligi uchun, avvalo, shogird ustoziga cheksiz mehr qoʻyishi, ishonishi, uning har bir soʻzi, xatti-harakatini tushunishi, unga rioya qilishi shart. Shogird ustozidan oʻrganganlarini maromiga yetkazib, mustaqil ish boshlashdan oldin ustozini rozi qilib, duosini olishi ham odat tusiga kirgan. Duo olmagan shogirdlarning esa kosasi oqarmagan, biri ikki boʻlmagan. Rozilik olish koʻngil obodligini taʼminlashdir. Shogirdidan koʻngli toʻlgan ustozgina unga chin dildan fotiha beradi. Xalqimiz “Ustoz koʻrmagan shogird - har maqomga yoʻrgʻalar” degan hikmatli iborani bejiz toʻqimagan.
Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar oʻrganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qoʻyish, qaysi tomoniga koʻproq eʼtibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi. Odatda ustoz baʼzan hunarning har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda koʻrsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab koʻrmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shogirdning oshigʻi, shubhasiz, olchi boʻladi.
Boshqa kasblarni mutlaqo kamsitmagan holda aytish joizki, hunarlar orasida eng qiyini ilm oʻrganishdir. Bu borada ustoz tanlashning ham ahamiyati katta. Avvalo, ustoz bilan shogird bir-biriga munosib boʻlishi, bir-birini tushunishi lozim. Bunda koʻproq masʼuliyat shogird zimmasiga tushadi. Negaki, shogird ustozini avaylashi, uning hurmatini joyiga qoʻyishi, baʼzi injiqliklariga chidashi, igna bilan quduq qazishdek zahmadli ishga bardosh berishi shart.
Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yoʻnalishi hisoblanadi. Lekin, bu anʼana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy institutlarning taʼlim-tarbiyaviy taʼsirlarni davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faoliyatlarida oila, maktab kabi jamoalar faoliyatlari bilan hamkorlik amalga oshirilib, bir-birlarining taʼsir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi. Ijtimoiy hayot tajribasining tasdiqlashicha insoniyatning boʻlgʻusi ijtimoiy-siyosiy faolligi, taʼlim-tarbiyani avloddan-avlodga yetkazish asosida amalga oshirilishini tasdiqlaydi. Bunday yuqori darajadagi tasdiqlanishlar ustozlik faoliyatini ham yuqori darajada baholash zarurligini ifodalaydi. Ustozlarning faoliyati shogirdlarda vaqt koʻrsatkichlarni umum davlat miqyosida amalga oshirishga oʻrnatishdan iborat. Bu jarayonda esa vaqtni qanday taqsimlash masalasini hal qilishda ustoz koʻrsatmalari asosiy oʻringa ega. Har qanday vaqtni taqsimlashda maqsad, vazifa, vositalardan qanday foydalanish zarurligini oʻrgatib shogirdlarni boʻsh vaqtlarini sermazmun yoʻnalishda bilim, koʻnikma,malakalar egallashga jalb qila bilish ustoz siymosini yana-da obroʻ-eʼtiborli shaxsga aylantiradi. Shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, ustoz-shogirdlik anʼanasining faqat moddiy-iqtisodiy tomoniga eʼtibor qilinadigan boʻlsa bu faoliyat asosi hech qanday taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlmaydi.
Demak, bu faoliyat asosida ixtiyoriylik tamoyili bilan bir qatorda, tizimli ravishda hamkorlik mazmunida har ikkala tomonini mutaxassislik darajasini yuqori darajaga koʻtarishi ham oʻz ifodasini topadi. Ularni yuqori darajadagi umum mutaxassislik xususiyatlari bilan birgalikda madaniy muloqot, munosabat darajalari ham rivojlanib, shakllanib boradi. Yaʼni ulugʻ mutafakkirlarining fikrlariga koʻra boʻlgʻusi mutaxassisni har tomonlama shakllantirish uchun uni oʻzini ham har tomonlama bilish zarur degan talablar “Ustoz shogird” anʼanalari asosida amalga oshiriladi.
Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184—1292) Oʻrta va Yaqin Sharq oʻlkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Uning ajoyib asarlari oʻzbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Boʻston» kabi axloqiy kitoblari eski oʻzbek maktablarida darslik sifatida oʻqitilar edi.
Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U birinchi boʻlib gʻazal formasini mustaqil janr darajasiga koʻtardi. Uning «Kulliyot»iga 4 devon (gazallar toʻplami) kiritilgan.
«Kulliyot»ga kiritilgan badiiy asarlar ichida eng mashhurlari 1257 yilda yozilgan «Boʻston» va 1258 yilda yozilgan «Guliston» asarlaridir.
«Guliston» oʻziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar toʻplamidir. Kitob 8 bobdan iborat. Fors-tojik prozasining klassik namunasi boʻlmish bu asar soddalik, original goʻzallik, voqelikni toʻgʻri yoritish bilan kitobxonni maftun etadi. Jahongashta shoir oʻz hayotida koʻrgan, bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma’no boʻlgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan. Adabiyotshunoslar iazdida fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning «Shohnoma»si boʻlsa, nasriy asarlarning eng barjastasi «Guliston» hisoblanadi.
Vu ta’limiy asarda yozuvchi oʻz davridagi eng muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks ettirar, axloqiy normalarni talqin etar ekan, oʻsha davr kishilarining xilma-xil obrazlarini yaratadiki, bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham, ta’sir doirasi xam shoirning oʻz yurti va davri che-garasidan chiqib ketadi. Uning ilgʻor orzulari umumbashariyat orzulari bilan hamohang. Shuning uchun ham bu asar jahon adabiyoti durdonalari qatoridan joy olgan.
Sa’diy oʻz zamonining yetuk pedagogi, dono, insondoʻst, murabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi boʻlgan.
Bu ulugʻ donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda u yashagan davrning qora tamgʻasi tushgan dogʻlarni ham koʻramiz.
Sa’diy koʻp sayohat qilib, hayot tajribasi orttirgan bilim-don. U dovdirab, yoʻl topolmay qolgan kishilarni sargardonlikdan qutqarish, ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib berishni oʻzining burchi hisoblaydi. U bir she’rida:
Chu koʻrding koʻr kishi yoʻlinda chohdir,
Indamay oʻtirsang katta gunohdir, —
der ekan, boshqalarga ham shu burchni uqtiradi. Sa’diy nazarida inson faqat oʻzi uchun emas, boshqalar taqdiri uchun ham, butun bashariyat taqdiri uchun ham javobgar.
Insonning koʻzini ochishga, unga yashamoq yoʻllarini oʻrgatishga umrini bagʻishlagan Sa’diy hayotda insonni pok, irodali, kuchli va magʻrur koʻrishni istaydi.
Insoniy qadr-qimmatni u birinchi galda mehnatda, oʻz mehnatiga, bilimi va hunariga tayanishida, birovga xor boʻlmaslikda deb tushunadi va shunday ta’lim beradi:
Oʻz mehnatidan non yegan kishi
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Hamma narsa faqat harakat va jasorat bilan qoʻlga kirishi mumkinligini «Guliston»ning koʻp hikoyalarida loʻnda qilib koʻrsatib berilgan.
Rizqingdan ortiqni yeb boʻlmasa ham,
Talabda boʻlmagʻil dangasa, begam.
Gʻavvos nahang ogzin oʻylasa agar,
Qoʻlga kiritolmas hech durru gavhar.
Sher nima ovlay olur toki inidan chiqmay,
Changaliga ne tushar yerda yotsa qarchigʻay.
Shuning uchun ham u kishi qadrini, insonniig insonlik sharafini yerga uradigai ta’ma, hasad va shunga oʻxshash past odatlarni qattiq qoralaydi:
Olib borma shohga ta’mali soʻzing,
Ta’mani yoʻqotganda shohsan oʻzing.
Jirkanchdir xor boʻlib topshgan ovqat,
Qozon toʻlur, ammo or bilaya faqat.
Insondagi yomon xislatlarni orttiradigan, uni hatto yolgʻonchilik, oʻgʻrilikka boshlaydigan, dagʻdagʻa, janjal chiqarib, inson sharafini pastga uradigan mayxoʻrlikni ham qattiq qoralagan shoir: «Asali arzimas nishi—zahriga» deydi.
Sa’diy hayotda mardonavor mehnatga, rostgoʻylikka, bilim, hunar orttirishga chaqiradi. U tekinxoʻrlar va zolimlarni ayovsiz fosh qilib, hammaga ozor beruvchi zolim kishidan koʻra odam yukini yengil qiluvchi ish hayvonlarini afzal koʻradi:
Bechora eshakki betamiedir,
Yuk koʻtargani uchun azizdir,
Ishlovchi hoʻkiz va yoki eshak
Zolim kishidan yaxshidir beshak.
Mardumozorlikka qarshi butun qahru gʻazabini yoʻnaltirgan shoir bir she’rida bunday deydi:
It a’lo erur mardumozordan,
Kishilarni qiynovchi makkordan.
Shoir oʻz asarlari bilan kitobxonlarda sofdillik va xalqparvarlik, jasurlik va mardlik, rostgoʻylik va samimiyat hislarini tarbiyalaydi. Mehnatsiz non yeyish erlikdan emasligini uqtiradi:
Halol ishla, mardlarcha ayshingni sur,
Uzi ishlamay yesa, nomard erur.
Dil, agar rostlikni etsang ixtiyor,
Dunyo xalqi senga boʻlur doʻstu yor.
Yolgʻonni, birodar, soʻzlama zinhor,
Yolgʻonchi doym xor, topmas e’tibor.
Yemak, uxlamak - vahshiy hayvon ishi,
Shoʻ odatni qoʻllar aqlsiz kishi.
Sa’diy bolaga tarbiyani yoshlikdan berish kerakligini alohida ta’kidlaydi:
Kimga yoshlikdan berilmas odob,
Ulgʻaygach, boʻladi baxtsiz, dili gash.
Hoʻl novda egilar qay xilda egsang,
Quruqni toʻgʻrilar faqat oʻt-otash.
Hayot hodisotlarga toʻla, bolani hamma narsaga bardosh beradigan qilib mehnatda tarbiyalash lozim. Agar u mehnat koʻrmay, noz-ne’mat bilangina oʻssa, u birinchi qiyinchilik koʻrgandayoq chidash berolmay, oʻzini yoʻqotib qoʻyadi:
Oʻzi buyurmoqqa oʻrgangan kishi
Qiyin boshqalarga quloq solishi.
Kim agar oʻsibdi nozu ne’matda,
Holi ogʻir boʻlar qolsa kulfatda.
U ilm oʻrganish bilan birga unga amal qilish lozimligini ham ayrim ta’kidlab oʻtadi:
Harchand oʻqibsan — bilimdonsan,
Agar amal qilmading — nodonsan.
Qarilik zaifliklarini «Guliston»da chin insoniy tuygʻu bilan tasvirlab, yoshlarni keksalar qoʻlini tutishga chaqirib shoir aytadi:
Keksadan istama quvnoqlik havas,
Yoshlik oʻtmish, oqar suv ortga qaytmas.
Ekinga yetarkan oʻroq vamoni,
Sabzadek mavj urmas, tinar javloni.
Ammo u keksalarni ham oʻz yoshiga va mavqeiga munosib xatti-harakatda boʻlishga, yoshlarga kulgu boʻlmaslikka chaqirar ekan, yozadi:
Qarigach tashlagil yoshlikni tamom,
Oʻyinqaroqlikni yoshga qil in'om.
Sa’diy avvalo oʻz eli, xalqiga vafodorlik, oʻz vatani boishga biror ogʻirlik tushsa balogardon boʻlish hislarini tarbiyalashga chaqiradi. Shunday hikoyalaridan birini quyidagi misralar bilan tugatadi:
Oʻgʻliga otasi qildi vasiyat:
«Baxtiyor bolam, qoʻy qulogʻingga pand —
Oʻz ahliga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli boʻlur va na donishmand».
Inson hayoti koinot tarixiga nisbatan bir damgina davom etadigan qisqa vaqtni tashkil qiladi, u kishiga bir marta berilgan eng qimmatli boylik, uni behuda oʻtkazish yaramaydi:
Kimki befoyda umrin oʻtkazdi,
Hech narsa olmasdan, oltin ketkazdi.
Oʻlkan daho Sa’diy oʻzi ta’kidlaganidek u buyuk jasorat koʻrsatib, insoi uchun ajoyib asarlar qoldirdi.
Ulugʻ nemis shoiri Gyote Sa’diyni «juda mahsuldor va fayzli», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.
Sa’diy asarlari Gʻarbiy Yevropada allaqachonlardan beri ma’lum boʻlgan. Mashhur fransuz faylasufi va yozuvchisi Volʼter «Guliston»dan xabardor boʻlgan va ba’zi she’rlaridan foydalangan.
«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan edi.
Sa’diyning oʻlmas asari birinchi bor fransuz tiliga tarjima qilinib, 1634 yilda Parijda nashr etilgan edi.
Soʻngra u fransuzchadan nemis tiliga tarjima qilinib, 1036 yilda bosilib chiqqan edi. Undan keyin ham Yevropa va boshqa bir qancha xalqlar tiliga tarjima qilingandir.
«Guliston» rus tiliga koʻp marta tarjima qilingan. Bular orasida A. Kozimbek (1829), S. Nazaryans (1857), K. Lombars (1862), I. Xolmogorov (1882), Ye. E. Bertelʼs (1922) tarjimalari bor.
Bu nodir asar 1390—1391 yillarda Sayfi Saroyi XIX asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Ogahiy, 1909 yilda Murodxoʻja domla Solihxoʻja oʻgʻli tomonidan oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.
SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida sovet olimi Rustam Aliev tomonidan «Guliston»ning tanqidiy teksti tayyorlandi va shu tekst asosida badiiy (1957) hamda akademik (1959) tarjimalar bosilib chiqdi. Qoʻlingizdagi bu kitob Moskvada 1959 yilda nashr etilgan va 1966 yilda Tehronda chiqqan toʻliq bosmasidan tanlab olib tuzilgan matndan tarjima qilindi.
Debocha - kitobning yozilish sababi
Bir kun kechasi oʻtgan kunlarimni eslab, behuda ketgan umrimga afsus-nadomatlar chekar, koʻnglim uyi toshini olmos yangligʻ koʻz yoshlarim bilan teshar va oʻz holatimga munosib tushadirgan ushbu baytlarni oʻqir edim:
Har damda umrdan nafas oʻtadi,
Bir qiyo boqquncha yitib ketadi!
Uyquda oʻtganday oʻtdi ellik yil,
Qolgan besh kun umr qaygʻusin qilgil.
Ishni bitirmagan uyatda qolur,
Karvon nogʻorasidan ortda qolur.
Yoʻlovchining tonggi shirin uyqusi
Manzilga yetishga toʻsiq boʻlgusi.
Kim bu yerga keldi, bir bino soldi,
Oʻzi joʻnab ketdi, oʻzgaga qoldi.
Birovlar qilsa xam shuningdek havas,
Imorat bitmadi, bitmadi nafas.
Vafosiz dunyoga dil berma zinhor,
Hech kimga doʻst boʻlmas charxi kajraftor.
Uladi shubhasiz yaxshi ham yomon,
Baxtlidur yaxshi nom qoldirgan inson.
Tiriksan goʻringga gullar ekib qol,
Keyin qoʻzgʻalmoqqa qolmagay majol.
Davron oftobu, umr xuddi qor,
Tiriksan, magʻrurlik qilmagil zinhor.
Puling yoʻq, bozorda nima qilasan,
Qoʻrqaman sallangdan ajrab kelasan.
Kimki oʻz hosilin xom yeb tugatar,
Kuz kuni xirmondan mashoqlar terar[1].
Shunday xayollarga borib, oʻylab koʻrganimdan soʻng, oxirida pushaymon qilmaslik va kelgusida oʻz sha’nimga quyidagi baytni ep bilmaslik uchun xilvatga chekinishim, doʻstlar suhbatini tark qilishim, siyna daftaridagi behuda soʻzlardan qutulishim kerak, degan qarorga keldim.
Biror burchakda tilsiz, gungu lol oʻtirguvchi odam
Tilin tiymoqni bilmovchi kishidan afzalu koʻrkam.
Shu vaqt bir mahallar gʻam kajavasida hamrohim, hujramda dilxohim boʻlgan doʻstlarimdan biri, eski odati boʻyicha, eshigimdan kirib keldi. U qanchalar xazil-mutoyibalar qilmasin va xandon tashlab kulmasin, men unga javob bermadim, ibodatdan bosh koʻtarmadim. Shunda uning koʻngli oʻksidi, menga qarab dedi:
Bukun soʻzlamoqqa senda imkon bor,
Har qancha yaxshi soʻz topsang, aytib qol.
Ertaga ajalning elchisi kelgach,
Tiling qimirlashga topmagay majol.
Yaqin doʻstlarimdan biri unga voqeani tushuntirib, dediki: «Sa’diy qolgan umrini toat-ibodatda, xomushlik, sukunatda kechirmoqqa azm va jazm etdi. Agar qurbing yetsa, sen xam shunday qilmogʻing maslahatdir».
Doʻstim javobida dedi:
«Xudoning azimligi va oramizdagi doʻstlikning qadimiyligiga qasamki, agar u men bilan avvaldagi yangligʻ muomalada boʻlmasa, uni tashlab ketolmayman, nafas olmayman, tashqariga yoʻl solmaymash Chunki doʻstni ranjitgan nodon, ammo qasamni buzmoq osondir. Ichgan qasamining gunohini osongina bartaraf eta oladi, biroq uning tanlagan yoʻli nodurustdir. Oqillar nazdida Alining qilichi gʻilofida va Sa’diyning tili komida, harakatsiz turmogi mantiqdan xorijdir».
Ogʻiz ichida til nedur, ey oqil?
Hunar xazinasin kalididur u.
Eshik yopiq ekan bilib boʻlmagay
U yerda nima bor, munchoqmi, inju.
Agarchi bilimdonlar huzurida jim turish
Odobdur. Ammo payti kelganida soʻzlab qol.
Ikki hol aqlsizlik: gap kelganda gapirmay,
Zarur chogʻda jim turmay, boʻlib ketish soʻzamol,
Xulosai kalom, u bilan soʻzlashmaslikning ilojini topa olmadim, shunday odam suhbatidan yuz oʻgirishni muruvvatdan deb bilmadim, zeroki, u mening samimiy oʻrtogʻim, sadoqatli doʻstim edi.
Biror kishi bilan qilur boʻlsang jang,
Boplab tushirginki holi boʻlsin tang.
Zarurat yuzasidan gaplashmoqqa boshladikda, shavqu zavqqa toʻlgan holda sayr etgali shahar tashqarisiga chiqdik. Fasli navbahor, qahraton sovuqning kuchi kettan, gulu chechaklar davroni yetgan edi.
Daraxtlar ustida yashil koʻylagi
Bayramda baxtlilar kiyganday yangi.
Jaloliy oy-Urd-bihisht avvali —
Bulbullar sayraydi gul butogʻida:
Qizil gul bargida injuday shabnam
Ter kabi gʻazabli yor yonogʻida.
Doʻstlarimizdan birining bogʻida tunab qolishga toʻgʻri keldi. Bu juda ajoyib bir joy boʻlib, gʻoyatda safobaxsh, dilrabo, daraxtlari bir-biriga ayqashib ketgan, yeriga rango-rang shisha parchalari toʻshalganga oʻxshar, tepadan osilib turgan uzum boshlari esa, Surayyo yulduzlar turkumini eslatardi:
Irmoqlar shildiroq, jannatday bogʻlar,
Qushlarning sayrashi mukammal, mavzun.
Uru qir lolalar bilan rango-rang,
Mevali daraxtlar ajib gunogun.
Daraxtdan quyiga tushgan koʻlanka
Yerlarni gilamday bezar bus-butun.
Erta tongda, shaharga qaytmoq fikri bogʻda qolmoq orzusidan gʻolib kelgan mahalda, doʻstim etagini atirgul, rayhon, sunbul, nozboʻ va boshqa gullar bilan toʻldirib, yoʻlga chiqmoq taraddudida ekanini koʻrdim. Unga dedim: «Oʻzingdan maxfiy emaski, gulning baqosi va gulistonning vafosi yoʻqdir. Donishmandlar: «Har nimarsaki, bevafodir — muhabbat qoʻyishga noravodur!» deb juda toʻgʻri aytganlar. Doʻstim dedi: «Xoʻsh, u holda tadbir nimadir?» Men unga javob berib dedimki: «Mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin, uning yaproqlariga kuz faslining shafqatsiz qoʻli yetmaydi va zamona oʻzgarishlari uning xurram bahorini hazin kuzga aylantira olmaydi».
Har nechuk gul dilingni qilmas chogʻ,
«Guliston»imdan ol biror yaprogʻ.
Gul zamoni besh, olti kundur bas,
Bu «Guliston» hamisha pok nafas.
Shu soʻzlar ogʻzimdan chiqar-chiqmas doʻstim etagidagi gullarni yerga toʻkib, mening etagimga yopishdi-da, xitob qildi: «Karam sohibi boʻlgan odam va’da berdimi — va’dasiga vafo qilmogʻi lozim!»
Usha kunning oʻzidayoq kitobning notiqlarga fasohat, adiblarga mahorat baxsh etadigan «Muomala va suhbat qoidalari» deb atalmish dastlabki ikki fasli bitdi. Qisqasi, gulistonda gullar tugamay hamon» bitib tayyor boʻldi «Guliston»...
* * *
...To shoh saltanatining tiragi, hukumat ishlarining kengashchisi, faqirlarning panohi, musofirlarning takyagohi, ulamolarning murabbiysi, taqvodorlarning doʻsti, fors xalqining iftixori, saltanatning quvvati, saralangan arkoni davlatning raisi, dinu dunyoning sha’nu shavkati, sultonlaru podshohlarning tayanchi, olamdagi eng buyuk odamlarning tillarida doston boʻlgan, barcha fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan olim, odil va gʻolib Abu Bakr ibn Abu Nasr (olloh uning umrini uzun, martabasini baland, qalbini keng, ezgu ishlariga beradigan mukofotini farovon aylasin)ning tabarruk iltifoti ziynati bilan bezanmagunicha fikrimning kelinchagi koʻrksizlikdan xalos boʻlib, kasbi husn etmaydi, xijolatdan bosh koʻtarib, umidsizlik nazarini yerdan olmaydi va donishmandlar davrasida porlamaydi...
Tangri iltifoti menga boʻlsa yor,
Kitobni bezasa naqshi arjangiy.
Umidim shudurki, tortmayin malol
«Guliston» oʻqigan chekmas diltangiy.
Xususan kitobim tojin bezatsa
Muborak zot ismi — Sa’d bin Zangi.
Kimga koʻlka solsa, qilsa inoyat
Dushmani doʻst boʻlur, gunohi toat.
Uning barcha qullari va mulozimlariga ma’lum bir vazifa topshirilgandir. Oʻlardan qay biridir zimmasidagi mazkur vazifani ado etishda beparvolikka yoʻl qoʻysa yoxud kamhafsalalik qilsa javobgar boʻladi, koyish eshitadi...
Darveshlar toifasi esa, buyuklarning ne’matlariga shukur qilib, ularni duoda yod etadilar. Bu ishni oshkora qilishdan koʻra yashirincha qilmoq yanada muvofiqroqdir, zeroki, birinchisi, ya’ni oshkora shukur etib, duoda boʻlmoq xushomadga yaqindir, ikkinchisi, ya’ni yashirincha hamdu sano oʻqib, duoda boʻlmoq takallufdan yiroqu ijobatga yaqin boʻladi:
Zamonaning onasi senday oʻgʻil koʻrarkan,
Quvonchidan tiklandi koʻkning bukri qomati.
Kuyning egiligichun bir bandani ilgʻamang
Jahonlar yaratguchi tangrining chin hikmati.
Kimki ezgu nom bilan abadiy davlat topar
Oʻlsa ham yaxshilikla esga olingay oti.
Fazilat egalari maqtasin, maqtamasin,
Goʻzal qizga kerakmas pardozchining xizmati.
Saroy xizmatini tark etib, goʻshanishin boʻlmogʻimning sababi quyidagichadir: hind faylasuflaridan bir guruhi bir joyga yigʻilib, Buzurjmehrning fazilatlaridan bahs etadilar, oxirida uning shoshilmay, salmoqlanib gapirib, tinglovchilarni maxtal qilib qoʻyishidan boʻlak nuqsonini topa olmaydilar. Buzurjmehr bu gapni eshitib, shunday javob beradi: «Nima desam ekan?» deb oʻylash, «Nega shunday deb qoʻydim?» deb pushaymon boʻlishdan yaxshiroqdir».
Dunyoni xoʻp koʻrgan, soʻz ustasi chol,
Soʻzlashdan ilgari aniqlar ahvol.
Ogʻzingga kelganni valaqlay berma,
Keyinroq soʻzlaysan, bundan gʻam yema.
Uylab koʻr ogʻzingdan chiqarkan nafas,
Toki demasinlar: «Qil gapingni bas!»
Soʻz bilan hayvondan ajralur inson,
Bema’ni gapirgan hayvondan yomon.
Ulugʻ hukmdorning donishmand vaziru vuzarolari oldida soʻzlashga ygʻin ochmoqqa jur'at etsam, huzuri muborakka hech qanday qimmatga ega boʻlmagan, arzimas narsani keltirganday boʻlaman. Gavhar bozorida munchoqning narxi bir arpa donacha ham boʻlmaydi-ku axir! Quyosh oldida chiroq nursizlanadi, Alvand togʻi yonida yuksak minoralar pastakkina koʻrinib qoladi.
Kimiki maqtanib, desa «manman»
Unga hujum aylar atrofdan dushman.
Sa’diy tushkunduru koʻngli ozoda,
Tushkunla jang etmas hech kim dunyoda.
Soʻzlashdan ilgari oʻylab ol bir bor,
Avval tamal bosib, soʻngra qoʻy devor.
Gulchilik qilaman, boʻstondan uzoq,
Goʻzal insonmanu Kan'ondan uzoq.
Men sun'iy gul yasay olaman, lekin gulzorda emas, gavharfurushlik qila olaman, ammo Kan'on shahrida emas. Luqmoni hakimdan: «Hikmatni kimdan oʻrgangansan?» deb soʻradilar. Luqmoni hakim shunday javob berdi: «Koʻrlardan, ular oyoqlari ostini yaxshilab tekshirmay turib, qadam bosmaydilar». Arablarda: «Bir joyga kirishdan avval, u yerdan chiqish tadbirini koʻr!» degan gap bor.
Xoʻroz urisharkan juda pahlavon,
Burgut changalida gʻoyatda nimjon.
Sichqon qarshisida mushuk arslonu,
Arslon qarshisida misoli sichqon.
Lekin ulugʻlarning qoʻl ostilaridagi kishilarning ayrim nuqsonlaridan koʻz yumish va kichiklarning qusurlarini oshkor qilmaslikdek olijanob xususiyatlariga amin boʻlganimdan, muxtasar qilib, bir turkum nodir hikoyalar, masallar, hikmatlar, she’rlar, shuningdek, oʻtmish podshohlarning hayot va odatlari haqida bahs etadigan rivoyatlarni ushbu kitobimga toʻpladim, aziz umrimning bir qismini shu ishga sarfladim. Kitob yozishimning sababi shu edi.
Bu nazmu bu tartib yillar qolajak,
Biz esa zarradek toʻzgʻib ketamiz.
Bizdan qolajagi naqshlardur xolos
Va bu borliq esa yoʻqolur izsiz.
Endigi yaxshilar bizni eslarkan,
Ezgu soʻzlar bilan, rahmat kutamiz.
Kitobni bitirib, boblarga ajratar ekanman, maqsadni muxtasar ravishda ifodalamoqqa alohida e’tibor berishni lozim koʻrdim va kitobxonlar zerikib qolmasinlar uchun jannat bogʻlariga oʻxshab ketadigan ushbu «Guliston»ni sakkiz bobga taqsim qildim:
Birinchi bob — Podshohlar odati bayoni.
Ikkinchi bob — Darveshlar axloqi bayoni.
Uchinchi bob — Qanoatning fazilati bayoni.
Toʻrtinchi bob — Sukut saqlashning foydalari bayoni.
Beshinchi bob — Ishq va yoshlik bayoni.
Oltinchi bob — Zaiflik va keksalik bayoni.
Yettinchi bob — Tarbiyaning ta’siri bayoni.
Sakkizinchi bob — Suhbat qoidalari bayoni,
Bu muddat juda ham xushvaqt ediq, bil,
Olti yuzu ellik olti hijriy yil.
Ishimiz toʻgʻri yoʻl koʻrsatmoq edi,
Tangriga topshirib, joʻnaymiz endi.
Birinchi bob — Podshohlar odati bayoni.
Hikoyat
Eshitdimki, bir podshoh bir asirni oʻldirishga farmon berdi. Shoʻrlik asir hayotdan umidi uzilib, podshohni boplab soʻkishga boshladi. Zeroki: «Kishi jondan umid uzgani zamon, koʻnglida borini etadi bayon» degan xalq maqoli bor.
Kochishning iloji boʻlmasa agar,
Qoʻl bilan xanjarning damidan tutar.
Nochor qolgan kishi zoʻr berar tilga,
Magʻlub boʻlgan mushuk tashlanur itga.
Podshoh: «U nima deyapti?» deb soʻradi. Sofdil vazirlardan biri: «Ey podshohi olam: «Har kimki gʻazabin ichiga yutar, u, gunoh qilganning gunohin oʻtar», deyapti», deb javob berdi. Podshohning rahmi kelib, asirni afv etdi. Sofdil vazirning payini qirqib yuradigan ikkinchi vazir gapga aralashib dedi: «Bizning mavkeimizda boʻlgan odamlar podshoh huzurida faqat rost soʻzlashlari lozim. Bu asir podshohni haqorat kildi va sha’niga yomon gaplar aytdi». Podshoh bu soʻzni eshitib, qosh-qovogʻini solib dedi: «Sen aytgan rost gapdan koʻra uning yolgʻoni menga koʻproq ma’qul tushdi, chunki uning Yolgʻoni xayrixohlik yuzasidan aytilgan edi, seniki esa, jinoyatga boshlash uchun aytildi, donishmandlar: «Fitna qoʻzgʻatuvchi rostdan, maslahatli yolgʻon yaxshi», deganlar.
Shohlarga oʻz gapin oʻtkazgan qishi
Lozimdir yaxshi gap topib aytishi.
Faridun qasrining peshtoqiga shu soʻzlar yozilgai edi:
Bu jahon hech kimga qolmas, birodar,
Dilingni tangriga topshirsang yetar.
Tayanch deb bilmagil bu dunyo molin,
Koʻplarni oʻstirib, berdi zavolin.
Jon berar ekansan, farqi yoʻq sira,
Taxtda oʻlasanmi, yo tuproq uzra.
Hikoyat
Xuroson podshohlaridan biri tushida sulton Mahmud Sabuktaginni koʻrdi, uning butun vujudi chirib, tuproqqa aylanib ketgan edi, lekin faqat koʻzlarigina xuddi tirik vaqtidagi singari hali ham koʻz kosasida aylanar va atrofga boqar edi. Bir darveshdan boʻlak barcha ulamolar bu tushning ta’biridan ojiz qoldilar. Tushning ma’nosiga tushungan darvesh dedi: «Koʻrmoqdaki oʻzgalar boʻlmish uning mulkiga hukmron, shu boisdan u beqarordir hamon».
Yer ostiga koʻmildilar talay nom chiqarganlar
Va ularning borligidan yerda nishon qolmadi.
Oʻlaksani tuproqlarga topshirib ketgandan soʻng,
Tuproq uni yeb bitirdi-yu, bir ustuxon qolmadi.
Noʻshirvonning qutluq nomi haligacha tirikdir,
Ammo qancha oʻtib ketib Noʻshirvon qolmadi.
Ey falonchi, yaxshilik qil, umringni bil gʻanimat,
To kishilar aygunicha, «falon, falon» qolmadi.
Hikoyat
Arab qaroqchilaridan bir guruhi togʻ choʻqqisini oʻzlariga makon qilib, karvon yoʻlini toʻsgan edilar. Ular togʻ choʻqqisidagi baland, mustahkam joylarni egallab olganlari sababli, u yerlarning aholisi qaroqchilar chopqinidan vahimada, sulton lashkarlari esa, ular bilan jang qilganda magʻlub boʻlardi.
Oʻsha atrofning tadbirkor kishilari bu falokatni daf' etish fikriga tushdilar, chunki ish shunday davom etaversa, keyinchalik ularni yengish mushkullashib ketgan boʻlardi.
Koʻchat endigina tomir qoʻygan on
Bir odam sugʻurib olishi oson.
Vaqt oʻtib ildizin otganidachi,
Qoʻpora olmaydi boʻronlar kuchi.
Buloqni toʻssa boʻlar bel bilan,
Toʻlsa kechib boʻlmas hatto fil bilan.
Tadbirkor kishilar qaroqchilar siridan xabardor boʻlib turish uchun odam yuborib, qulay fursat kelishini kutishga jazm qildilar.
Kunlardan bir kun qaroqchilar ov ovlagani ketib, makonlari xoli qolgan vaqtda u yerga janglarda chiniqqan, koʻpni koʻrgan bir necha azamatlarni yubordilar. Bular qaroqchilar qarorgohiga yaqin joyda pistirma qurib yotdilar. Qaroqchilar kechasi el-yurt molini talon-toroj qilib, topgan gʻanimatlarini orqalab keldilar. Ular qurol-aslaha-yu oʻljalarini yerga qoʻydilar. Shunda qaroqchilarga dastavval xujum qilgan dushman — Gʻaflat uyqu boʻldi. Bir tovuq oʻtgan mahalda:
Quyoshning gardishi zulmatda yitdi,
Misoli Yunusni zoʻr nahang yutdi.[2]
Dovyurak bahordirlar pistirmalaridan chiqib, barcha qaroqchilarning qoʻllarini birma-bir orqalariga bogʻlab, tong saharda podshoh saroyiga haydab keldilar. Podshoh qaroqchilarning hammasini oʻlimga buyurdi. Ittifoqo, bandilar orasida oʻn gulidan bir guli ochilmagan, moʻylovi hali sabza urmagan oʻspirin bir bola bor edi. Vazirlardan biri uning holiga achindi, podshoh taxti oyogʻini oʻpib, ehtirom bilan ta’zim bajo keltirib dedi: «Bu bola hali hayot bogʻi mevasini totib koʻrmagan va yoshlik lazzatini surmagan ekan. Shu boisdan shohona lutfu karamingizga sigʻinaman va umid qilamanki, shahanshohim men kaminai kamtarin qullariga iltifot etib, shu bolaning gunohidan kechgaylar. Podshoh bu soʻzlarni eshitib, royiga xilof oʻlaroq yuzini teskari burib, dedi:
Yaxshilardan ibrat olmas, tegi yaramas inson,
Yum-yumaloq gumbaz usti yongʻoq turmagansimon.
Bularning nasl-nasabini qirib tashlamoq, tuxumini toshloqqa yoymoq lozim. Olovni oʻchirib, uchqunini qoldirmoq, ilonni oʻldirib, bolasini asramoq donishmandlar ishi emasdir.
Bulutdan chin hayot yomgʻiri yogʻsa,
Tol daraxt shoxida meva pishmaydi.
Urinma yomonni yaxshi qilishga,
Boʻyrabop qamishdan shakar chiqmaydi.
Vazir podshoh aytgan gaplarni tilar-tilamas qabul etdi va uning zakovatiga tahsin-ofarinlar oʻqib, dedi: «Shahanshohim har nimani degan boʻlsalar, ayni haqiqatdir. Basharti, shu bola manavi muttaham nobakorlar orasida uzoq qolganda edi, ularning hamma yomon qiliqlari bunga singib ketgan boʻlardi. Ammo kamina qulingiz umidvorki, agar u yaxshilar tarbiyasida boʻlsa, donishmandlar odatini oʻrganadi, chunki hali goʻdak, qaroqchilarning qabih odatlari bunga unchalik ta’sir etmagan chiqar...
Yomonlarga qoʻshilgandan soʻng Lutning xotini,
Yoʻqotdi paygʻambarlik xonadoni otini.
It esa ashobi kahfga ergashib har doim,
Odam deb ataldi, oʻzgartirdi zotini.
Podshohning yaqin odamlaridan bir nechalari ham bolani himoya qilishdi, vazirga koʻmaklashdilar. Podshoh yigitchaning gunohini bagʻishlab dedi: «Shunday qilishga ragʻbatim boʻlmasa-da, gunohini kechdim».
Bir kuni Zol dedi oʻgʻli Rustamga:
«Dushmanni oʻylama kuchsizu kamtar.
Birtalay suv kelib kichik buloqdan
Yukli tuyani ham oqizib ketar».
Xulosai kalom, vazir bolani nozu ne’matlar bilan parvarishlashga kirishdi va podshoh saroyida xizmat qilishga tayyorlash maqsadida unga notiqlik, hozirjavoblik hamda boshqa odob qoidalarini oʻrgansin, deb nihoyatda bilimdon bir muallimga topshirdi. Bola olgan odobu tarbiya barcha darbor ahli nazdida maqbul boʻldi.
Kunlardan bir kun podshoh huzurida vazir bolaning ilmu odobda qozongan muvaffaqiyatlari xususida soʻzlarkan, dedi: «Oqilu donolar tarbiyasini koʻrish bolaga yaxshi ta’sir koʻrsatdi, tabiatidagi yaramas qiliqlardan hech qanday asar ham qolgani yoʻq». Podshoh vazirning bu soʻzlarini eshitgach, tabassum qilib dedi:
Odamlar nechogʻlik qilsa tarbiyat:
Boʻrining bolasi — boʻri oqibat.
Oradan bir-ikki yil oʻtgach, shu mahallada istiqomat qiladigan oʻgʻrilar boyagi bola bilan topishib, apoq-chapoq boʻlib ketdilar. Bola qulay fursat topib, vazirni hamda uning ikki oʻgʻlini oʻldirdida, son-sanoqsiz molu mulkini olib, qaroqchilar gʻoriga borib joylashdi va otasining oʻrnini egallab, isyonchilik bilan shugʻullana boshladi. Podshoh bu voqeadan xabar topgach, hayrat barmogʻini tishlab, dedi:
Keskir xanjar boʻlmas yomon temirdan,
Odam qilib boʻlmas kim esa nokas.
Goʻzal tabiatli yomgʻir ming yogʻsin:
Bogʻdan lola unar, shoʻrxok yerdan xas.
Shoʻra tuproq yerdan gul unib chiqmas,
Don sochmoq — ovora boʻlmoq demakdir.
Yaxshiga yomonlik qilmoq misoli
Yomonga yaxshilik qilmoq demakdir.
Hikoyat
Sulton saroyida aql-zakovat va fahm-farosatda yagona bir amirzodani koʻrdim. Hali goʻdaklik vaqtlaridayoq peshanasida buyuklik alomatlari namoyon edi.
Aqlli manglayi ustida soʻzsiz
Porlab turgan kabi bir yorugʻ yulduz.
Xulosai kalom, sultonning nazdida manzur boʻldi, chunki suratda sohibjamol, aql-idroki barkamol edi. Donishmandlar haq gapni aytganlar: «Boylik molda emas, kamolda, aql yoshda emas, boshdadir». Kunlardan bir kun amirzodaning hamqatori boʻlgan bir guruh mansabdorlar amaliga hasad qilib, uni xoinlikda aybladilar va oʻldirtirib yuborishga behuda urindilar.
Dushman na qilur, doʻsting agar boʻlsa mehribon.
Sulton amirzodani oʻz huzuriga chorlab, undan: «Ularning senga bunchalik xusumat qilishlarining boisi nima?» deb soʻradi. Amirzoda shunday javob berdi: «Shahanshohimning soyai davlatlarida — ilohim, davlatlari barqaror boʻlsin — hammani oʻzimdan rozi va mamnun qila oldim, ammo hasadchilarni rozi va mamnun qilish uchun men ne’matu davlatimdan mahrum boʻlmogʻim kerak».
Hech kishining ich hissiga ozor berish qasdim yoʻq,
Nima qildi, hasadchining ichini oʻt oʻrtasa.
Hasad degan qiynalishdan oʻlib qutulganing xoʻb,
Mashaqqatdan qutqaradi oʻlim degan zoʻr narsa.
Qora baxt kishilar, baxtiyorlarning
Hamisha zavolin orzu qiladi.
Shabparak kunduzi koʻra olmaydi,
Xoʻsh, bunda quyoshning aybi nimadi?
Minglarcha shabparak koʻr boʻlsa boʻlsin,
Quyosh porlay bersin koʻkda abadiy.
Hikoyat
Deydilarki, Ajam podshohlaridan biri fuqarolarining boru yoʻgʻini tortib oldi va zulmini haddan oshirib yubordi. Bu jabr-zulmga bardosh bera olmagan xalq mamlakatdan bosh olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Fuqaro kamaygandan keyin farovonlik yoʻqoldi, xazina boʻshab qoldi. Bundan xabar topgan dushmanlar chekka-chekkadan hujum qilishga boshladilar.
Dodimga yetsinlar desang qiyin kun,
Salomat kunlaring juvonmardlik qil.
Qochar silamasang, halqali quling.
Lutf qilar boʻlsang, yot ham boʻlar qul.
Bir kun podshoh huzurida «Shohnoma» kitobidan Zahhok hokimiyatining inqirozga yuz tutishi va Faridunning zafari haqidagi qissani oʻqidilar. Shunda vazir podshohdan soʻradi: «Faridunda mulk ham, zar ham, zoʻr ham yoʻq edi, bas, shunday ekan, qay yoʻsinda u butun mamlakatni oʻz tasarrufiga kirita oldi?» Podshoh dedi: «Oʻz qulogʻing bilan eshitdingki, xalq uni qoʻllab-quvvatlaganligi sababli toju taxtga ega boʻldi».
Vazir aytdi: «Ey shahanshohim, xalqning birligi va sadoqati shohlikning negizi boʻlsa, nima sababdan sen xalqni toʻzgʻitib yuboryapsan? Demak, podshohlik qilishga ragʻbating yoʻq ekanda?»
Qoʻshinni hurmatlab boqqil har zamon,
Qoʻshinga suyanar har qanday sulton.
Podshoh soʻradi: «Lashkar va xaloyiqni atrofimizga toʻplash uchun nima qilmoq kerak?»
Vazir javob berdi: «Xaloyiqni atrofga toʻplamoq uchun podshoh lutfu karamli va soyai davlatida osoyishta yashamoqlari uchun adolatli boʻlishi kerak, senda na lutfu karam bor va na adolat».
Jabriga teng turib qolmas sulton
Boʻla olmaganday boʻridek choʻpon.
Qaysi bir podshoh zulm etsa pesha
Oʻz mulki tagiga uradi tesha.
Dono vazirning oqilona maslahati podshohga yoqmadi. U dargʻazab boʻlib, vazirni zindonga tashladi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, amakivachchalari podshohga qarshi bosh koʻtardilar va otalarining mulkini qaytarib olmoq uchun lashkar tortdilar. Jabr-zulm koʻrib jonidan bezgan va har tarafga tarqab ketgan xaloyiq podshohning isyon koʻtargan amakivachchalari atrofiga toʻplanib, ularga sidqi dildan xizmat qildilar, natijada mamlakat podshohning qoʻlidan ketib, amakivachchalari tasarrufiga oʻtdi.
Oʻz xalqiga jabru zulm ravo koʻrgan podshohning
Oʻz doʻstlari yov boʻladi qiyin dam kelgan kuni.
Fuqaroga shafqat qilsang, dushmandan omondasan,
Adolatli shahanshohning xalqi — bu oʻz qoʻshini.
Hikoyat
Bir podshoh ajamlik quli bilan birga kemaga mindi. Qul umrida dengizni koʻrmagan va kemada safar qilish mashaqqatini chekmagan edi. U kemaga minishi bilanoq vahimaga tushdi, butun vujudiga qaltiroq turib, faryod urib yigʻlay boshladi. Kemadagilar qanchalik iltifot koʻrsatib, tasalli bermasinlar, baribir' uni ovutishdan ojiz qoldilar. Qulning bu ahvolini koʻrib podshohning kayfi buzildi. Biroq uni tinchitish uchun hech qanday chora topib boʻlmadi. Ittifoqo, kemada bir donishmand bor edi. U podshohga dedi: «Agar ijozat etsangiz, men uni tinchitishning chorasini qilaman». «Basharti shunday qilsang, bizga nihoyatda zoʻr lutfu marhamat etgan boʻlasan», dedi podshoh.
Donishmand qulni dengizga tashlab yuborishni buyurdi. Qul bir necha bor choʻkib, qalqdi. Shundan keyin uning sochidan tutib, kemaga yaqin keltirdilar. Qul ikki qoʻli bilan kema sukoniga (ruliga) yopishib, jon holatda kemaga chiqdi-yu, miq etmay kemaning bir burchida oʻtirdi. Podshoh bu holdan taajjubda qolib, donishmanddan: «Bunda qanday hikmat bor?» deb soʻradi.
Donishmand javob berdi: «Bu odam dengizda gʻarq boʻlish mashaqqatini boshidan kechirmagani sababli kemadagi tinchlik va salomatlikning qadrini bilmadi. Musibatga giriftor boʻlmagan odam tinchlik-salomatlikning qadriga yetmaydi».
Ey toʻq kishi, sening uchun arpa noni yoqimsiz,
Senga xunuk koʻringanlar menga xurshid tal'atdir.
Jannatdagi hurlar uchun a’rof boʻlsa jahannam.
Doʻzaxdagi kishilarga a’rof oʻrni jannatdir.
Farqi shuki, bittasining quchogʻida goʻzal yor,
Bittasining ikki koʻzi yor yoʻlida intizor.
Hikoyat
Hurmuzdan: «Otangning vazirlaridan qanday xatolik oʻtganini koʻrdingki, ularni zanjirband qilishga buyurding?» deb soʻradilar. Hurmuz javob berdi: «Hech qanday xatolik oʻtganini koʻrganim yoʻq. Lekin ular mening haybat va salobatimdan nihoyat darajada qoʻrqayotganlari hamda bergan va’dalarimga ishonmayotganlarini payqadim. Ular oʻz hayotlarini saqlamoq uchun mening jonimga kasd qilmasinlar, deb xavfsiradim. Shu sababdan donishmandlarning Soʻzlariga amal qildim».
Sendan qoʻrqqanlardan qoʻrqqil, ey dono,
Agar yuztasini jangda yengsang ham.
Mushukni koʻrgil-a, yengilib qolsa,
Yoʻlbarsning koʻziga chang solur shul dam.
Ilon nechun choʻpon tobonin chaqar?—
«Boshim yanchilmasin» debon chekar gʻam.
Hikoyat
Arab podshohlaridan biri keksaygan chogʻida qattiq kasal boʻlib, hayotidan umidini uzgan edi. Qoʻqqisdan bir otliq xushxabar keltirib qoldi. U dedi: «Siz a’lohazratimning soyai davlatingizda falon qal'ani zabt etdik, dushmanlaringiz asir olindi va u mamlakatning lashkarlari-yu fuqarolari sizga itoat qildilar». Podshoh bir sovuq oh tortib dedi: «Bu men uchun emas, balki dushmanlarim — ya’ni mamlakatimning vorislari uchun xushxabardir».
Bir umidda butun aziz umr ham oʻtib ketdi,
Dilimdagi orzular eshikdan kirgaymu deb.
Umid qilgan narsalarim qoʻlga qirdi, ne foyda
Umidim yoʻq oʻtgan umr qaytib kelgaymu deb,
Ajal chaldi joʻnamoq nogʻorasin
Ey koʻzlarim, boshga ayting, xayr endi.
Ey qoʻllarim, oyoqlarim, qomatim,
Kipriklarim, qoshga ayting, xayr endi.
Menga yovuz dushmanim qildi hujum,
Siz axir yoʻldoshga ayting, xayr endi.
Umrimni nodonlik ila tugatdim,
Men borgan bu yoʻldan qayting, xayr endi.
Hikoyat
Bir yili Damashq shahrining Jome’ masjidida hazrati Yahyo paygʻambar alayhissalomning maqbarai shariflari yonida ibodat qilmoqda edim, ittifoqo, oʻzining adolatsizligi bilan dong chiqargan arab podshohlaridan biri oʻsha yerga ziyoratga kelib qoldi. U namoz oʻqib boʻlganidan keyin fotihaga qoʻl ochib, xudodan madad tiladi:
- Boy ham, kambagʻal ham xudoga quldur,
Va lekin boylari yana yoʻqsuldur.
Keyin u men tomonga boqib dedi: «Darveshlarga xos boʻlgan himmat va sadoqat yuzasidan meni duoda yod aylang, zeroki, zoʻr dushmandan xavfim bor». Unga shunday javob berdim: «Zaif fuqaroga shafqat etsang, kuchli dushmandan zahmat koʻrmaysan».
Zoʻrmenu kuchliman, quvvatim bor deb
Kuchsizning panjasin sindirmoq xato.
Birov yiqilganda suyamaganning
Qoʻltigʻin tutmaslar, yiqilsa hatto.
Yomon urugʻ sochib, yaxshi don kutish,
Boʻlmagʻur xayoldur, botildur — bejo.
Xalqning arzi dodin tinglamas boʻlsang,
Haq-hisob kunlari kelar mutlaqo.
Bir-birin muchasi bor barcha kishi,
Bitta gavhardandir yaratilishi.
Biror mucha boʻlsa ogʻriqqa duchor,
Boshqa a’zolarda kolmagay qaror.
Oʻzgalar haqida chekmaguchi gʻam,
Nechuk sanaladi qatori odam.
Hikoyat
Bagʻdod shahrida duosi maqbul boʻladigan bir darvesh paydo boʻldi. Bu toʻgʻrida Hajjoji Yusufga xabar berdilar. Hajjoj darveshni oʻz huzuriga chorlab, dedi: «Mening haqqimga duo qil!»
«Ey xudo, Hajjojning jonini ol!» dedi darvesh. Hajjoj soʻradi: «Xudo haqqi, tushuntirib ber, bu qanday duo boʻldi?» Darvesh dedi: «Bu duo senga ham va barcha musulmonlarga ham foydali».
Hoy zoʻravon, qachongacha berasan elga ozor,
Tokaygacha qizgʻin qolar, deb oʻylaysan bu bozor.
Jahondorlik bir umrga sening uchun qoʻl bermas,
Xalqqa ozor berganingdan oʻlganing yaxshidir — bas.
Hikoyat
Zolim podshohlardan biri bir namozxondan soʻradi:
«Ibodatlarning eng yaxshisi qaysisi?» Namozxon javob berdi: «Sen uchun peshindagi uyqu yaxshi, chunki hech boʻlmaganda, ana shu vaqt ichida xalq sening zulmingdan omonda boʻladi».
Bir zolimning kun oʻrtada uxlab yotganin koʻrdim,
Bu fitnaning uygʻogʻidan uyqusi yaxshi — dedim.
Birovning kim bedorlikdan uxlagani xoʻb boʻlsa,
Shu yaramas tiriklikdan oʻlganin ma’qul bildim.
Hikoyat
Eshitdimki, podshohlardan biri tuni bilan ishrat qilib, tongotar chogʻda sarxushlik bilan shunday dedi:
Bizning uchun bu dunyoda bundan afzal dam yoʻqdir,
Yaxshi, yomon oʻylamoqqa oʻzgalardan gʻam yoʻqdir.
Tashqarida, qattiq sovuqda yalangoch yotgan bir darvesh podshohning soʻzini eshitib aytdi:
Bu olamda iqbolim bor debon ey chiranguchi,
Sening qaygʻung boʻlsa boʻlmas, xoʻsh, bizlarning qaygʻu-chi?
Darveshning gapi podshohga juda xush keldi. Podshoh ming tilla solingan hamyonni unga hadya qilmoqchi boʻlib, derazadan uzatib dedi: «Etagingni och, darvesh!» «Egnimda libosim boʻlmagach, etakni qayoqdan olaman?» dedi darvesh.
Darveshning nochor ahvoliga podshohning yanada koʻproq rahmi keldi, haligi ming tilla yoniga bir libos ham qoʻshib hadya qildi.
Qoʻli ochiq kishilarning kaftida mol-ku turmas,
Sevgan dilda chidam turmas va gʻalvirda suv turmas.
Darvesh qisqa muddat ichida tillalarni xarajat qilib, yana podshoh saroyiga keldi.
Podshohning arz tinglashga hech qanday fursati boʻlmagan bir mahalda darveshning kelganini xabar qildilar. Podshoh dargʻazab boʻlib yuzini teskari oʻgirdi. Shu sababdan ham ahli donishlar deydilar: «Podshohning qahru gazabidan hazar qilmoq lozim, zeroki, aksar vaqt ular muhim davlat ishlari bilan mashgʻul boʻlganligidan avom xalq olomonini yoqtirmaydilar».
Foydalana olmasang qulay fursatdan,
Koʻz tutma podshoh berar ne’matdan.
Har bitta gapning ham vaqti yetada»
Behuda gapirsang qadring ketadi.
Podshoh shunday farmon berdi: «Shuncha mabdagʻni qisqa muddatda koʻkka sovurgan bunday isrofgar gadoni quvib yuboringlar, chunki xazina moli shayton lashkarining luqmasi emas, faqir fuqaroning non-nasibasidir».
Ahmoq kishi kunduz kuni kofuri sham yondirsa,
Tez orada yogʻ topolmas oqshom qora chiroqqa.
Podshohning nasihatgoʻy vazirlaridan biri dedi: «Ey shahanshohim, bunday odamlarga tirikchilik xarjini oz-ozdan berib turmoq maslahatdir, zeroki, birdaniga isrof qilib yubora olmasinlar. Uni jazolash va saroyga yaqin yoʻlatmaslik haqida bergan farmoningiz masalasiga kelganda, shuni aytishim kerakki, avvalda lutfu karam bilan kishini umidlantirib, keyin esa noumid qilib, koʻnglini vayron etmak — himmat ahli sha’niga munosib ish emasdir.
Ochkoʻz kishilarga eshiging ochma,
Ochdingmi, haydama, qahringni sochma:
Hech kishi koʻrmadi hijozli tashna
Shoʻr daryo labida kezib yurganin.
Qaerda totli suv bir buloq boʻlsa,
Koʻrasiz qush, odam maskan qurganin.
Hikoyat
Avvalgi podshohlardan biri davlatni idora qilishda noʻnoqlik koʻrsatar va lashkarning ahvoliga yaxshi e’tibor bermasdi. Shu sababdan mamlakatga kuchli dushman hujum qilgan mahalda barcha lashkarlari jang maydonidan tumtaraqay boʻlib qochdi.
Agar jangchilardan pul-mol ayalsa,
Jangchi qilich tutmas, bu turgan narsa.
Koʻrnamaklik qilgan oʻsha lashkarning bir nafari mening doʻstim edi. Men uni malomat qilib dedim:. «Valine’matning ahvoli sal oʻzgargan vaqtda shuncha yilgi lutfu karamini unutib, undan yuz oʻgirmak — muttahamlik, koʻrnamaklik, qabihlik va razillikdir».
Doʻstim menga bunday javob berdi: «Soʻzlarimni eshitgach, meni ma’zur tutarsan, degan umiddaman, oʻsha jang chogʻida otim yemsiz, egar-jabdugʻi garovda edi. Lashkarga maosh toʻlashga baxillik qilgan podshoh uchun lashkari hech mahal jonbozlik qilmagan».
Jangchiga zar bersang, boshni tikadi,
Pulsiz, boshi oqqan yoqqa ketadi.
Qorni toʻq askarlar urushar chandon,
Qorni och qolsachi, toʻzgʻir har tomon.
Hikoyat
Bir podshohning vaziri amaldan olinib, saroydan quvildi. U borib darveshlar davrasiga qoʻshildi. Darveshlar suhbatining fayzu barakati unga ta’sir etdi, qalbida huzur paydo boʻldi, xotiri jam boʻldi. Podshoh yana unga iltifotlar koʻrsatib, avvalgi amalini qaytarib berishga jazm qildi, lekin vazir bu taklifni qabul etmadi. «Xizmatdan koʻra iste’foda yurgan yaxshiroq», deb javob berdi.
Qanoat burchida tinch olgan kishi,
Itu gʻiybatchining sindirar tishin.
Qalamin sindirib, qogʻozin yirtib
Bekorga chiqarar igʻvogar ishin.
Podshoh dedi: «Davlatni idora qilmoq uchun bizga tadbirli, donishmand vazir lozim». Vazir dedi: «Shunday ish bilan shugʻullanishga rozilik bildirmaslikning oʻzi donishmandlik alomatidir».
Shuningchun ham humoy qushi qushlar ichra sharafdor,
Ustuxonlar chaynaydiku, jonvorga bermas ozor.
Hikoyat
Bir kun doʻstlarimdan biri yonimga kelib, tirikchiligining ogʻirligidan shikoyat-shikvalar qilib dedi: «Daromadim roʻzgʻorimga kifoya qilmaydi, ahli ayolim esa koʻp, faqirona hayot kechirishga tobu toqatim qolmadi. Koʻp vaqtlardan buyon boshqa yurtlarga bosh olib ketsam, mening yaxshimi, yoxud yomonmi, tirikchilik oʻtkazayotganimni hech kimsa bilmaydi-ku, degan xayollarga boraman.
Koʻp och kishi bordirki, hech kim holini bilmas,
Jon bergani vaqtida kimsa unga yigʻlamas.
Lekin dushmanlarim shod boʻlib, ta’na-malomatlar bilan ustimdan kulishlaridan andisha qilaman, ular bola-chaqamni tashlab ketganim uchun meni nomard sanab, deydilar:
Manov behamiyat kishiga qara,
Unga qanday qilib baxt kulib boqsin.
Uzining tinchligin koʻzlaydi, xolos.
Mayli bola-chaqa qiynalib qolsin.
Ma’lumdirki, men hisobchilik ilmidan xabardorman. Basharti sizning nufuzingiz soyasida biror vavifaga tayinlansam, xotirim jam boʻlib, qolgan umrim sizga minnatdorchilik izhor etishga kifoya qilmaydi».
Men dedim: «Aziz doʻstim, podshohga xizmat qilishning ikki jihati bor: biri— non topish umidi, ikkinchisi — jondan judo boʻlish qoʻrquvi. Non umidida jonni xavf-xatarga solmoq ahli donishga munosib emasdir.
Hech kim darveshlarning eshigin qoqmas,
«Yering va bogʻingga toʻla, deb—oʻlpon».
Yo shu gʻam, tashvishga rozi boʻlgilu,
Yo jigar-bagʻringni itga qil talon».
Doʻstim dedi: «Bu soʻzingni mening holimga muvofiq aytmading va savolimga javob bermading. Eshitmaganmisan, xiyonatkorlarninggina hisob chogʻida qoʻli qaltiraydi, deydilar.
Xudoning rizosi toʻgʻrilik ishi,
Adashmas toʻgʻri yoʻldan borgan kishi».
Donishmandlar bunday deganlar: «Toʻrt odam toʻrt odamdan oʻlguday qoʻrqadi: qaroqchi — sultondan, oʻgʻri — posbondan, qallob — chaqimchidan va fohisha — mirshabdan. Oʻziga toʻgʻri odamning hech nimadan xavotiri boʻlmaydi.
Amalda vaqtingda qaltis ish qilma,
Boʻshasang, dushmaning aybing topolmas.
Oʻzing toza boʻlgach kimdan qoʻrqasan,
Iflos kiyimni kirchi ishqalar, bas».
Men dedim: «Sening bu soʻzing oʻtakasi yorilgan holda goh yiqilib, goh turib qochayotgan tulkining hikoyasiga oʻxshaydi. Bir odam oʻsha tulkini koʻrib:; «Qanday falokatga duchor boʻldingki, bunchalik vahimaga tushib qolibsan?» deb soʻraganida, tulki javob berdi: «Ogʻir ishlarda ishlatish uchun barcha tuyalarni tutib ketayotgan emishlar deb eshitdim». U odam dedi: «Ey ahmoq, tuyaning senga nima aloqasi va qanaqangi oʻxshashligi bor?» Tulki dedi: «Ovozingni oʻchir, agar hasadchilar gʻalamislik qilib «bu — tuya» deb koʻrsatishsa bormi, meni tutib ketsalar, soʻngra kim meni xalos etishga urinadi-yu, kim haqiqiy holni isbotlashga harakat qiladi? Iroqdan taryok keltirilguncha, ilon chaqqan kishi oʻlib qoladi».
«Sen fozil, pokiza, halol va sadoqatli boʻlsang-da, lekin hasadchilar pistirmalarda va dushmanlar esa orqavoratda poylab turadilar. Ular sening yaxshi sifatlaringni podshoh huzurida nuqson qilib koʻrsatmoq uchun qulay fursat koʻzlaydilar. Basharti ular niyatlariga yeta olsalar, sen podshoh oldida badnom boʻlasan, podshoh senga gʻazab qiladi. Shunday hol yuz berguday boʻlsa, podshoh oldida seni yoqlab gapirishga kim jur'at eta oladi? Ana shu sababdan men ozga qanoat etib, mansabdor boʻlish fikridan qaytishingni maslahat koʻraman».
Daryoning ichida foydalar-ku koʻp,
Tinchlikni istasang, qirgʻoq oʻzi xoʻb.
Bu soʻzlarimni eshitib, doʻstim qattiq oʻksindi va mendan yuzini oʻgirib, ta’na toshlari irgʻitmoqqa boshladi, u dedi: «Bu qanday fahmu farosatu, aqlu zakovat boʻldi?» Hukamolar toʻgʻri aytganlar: «Zindonga tushganingda doʻstlaring ish beradi, dasturxon ustida barcha dushman doʻstday koʻrinadi».
Qoʻling ochiq, dasturxoning moʻl kuni,
Doʻstu yoring mana, menman deganmas.
Doʻst oʻshaki, qiyin kunga tushganda,
Qoʻltigʻingdan dast koʻtarib qoʻygan kas.
Doʻstimning qattiq xafa boʻlgani va nasihatimga gʻazab bilan quloq solayotganini koʻrib, sohibdevonning yoniga joʻnadim. U zot bilan eskidan tanish ekanimizdan foydalanib, doʻstimning hol-ahvolini unga gapirib berdim, iste’dod va sadoqatli odam ekanini aytdim. Doʻstimni kichik bir vazifaga tayin etdilar. Oradan bir necha vaqt oʻtgach, muloyim tabiatli, fozil odam ekanini koʻrib, doʻstimni yoqtirib qoldilar va uni yuqoriroq vazifaga koʻtardilar. Shu yoʻsinda doʻstimning tole yulduzi porlab yuksala bordi, nihoyat yuqori martabaga erishdi. Sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylandi, uning kengashchisi va e’timodli kishisi boʻldi. Uning bunchalik moʻ'tabar odam boʻlib ketganini koʻrib quvonib dedim:
Ishing chappa ketganida diling ogʻrib, chekma gʻam,
Chunki zulmat ichidadir obi hayot suvi ham.
Yomon kunga qolganingda, tutma dilingni hazin,
Tangri berar marhamat koʻp, lekin koʻzdan yashirin.
Zamonaga oʻpka qilib yuzingni burushtirma
Chidam-achchiq keladi-yu, mevasi gʻoyat shirin.
Shu orada bir necha doʻstlarim bilan safarga joʻnaydigan boʻlib qoldim. Makka ziyoratidan qaytarkanman, ikki manzillik yoʻl qolganda boyagi doʻstim meni kutib olgali chiqdi. U parishon hol va libosi ham darveshona edi.
Men undan: «Ahvollar qalay?» deb soʻradim. «Xuddi aytganingday boʻldi», deb javob berdi u. «Ba’zilar hasad qilib meni xiyonatkorlikda aybladilar. Sulton ishning haqiqatini surishtirmadi, eski oshnalarim va yaqin doʻstlarim haq soʻzni aytishni istamadilar va eski doʻstlikni tamoman unutib qoʻydilar.;
Koʻrmadingmi,— biror kishi ulugʻ martaba topsa,
Xushomadga keladilar, ta’zim bilan qoshiga.
Toyrilsa-yu, ishi chappa ketar boʻlsa, qarabsiz
Hech tap tortmay oyoq qoʻyib chiqadilar boshiga.
Xulosai kalom, bandi zindon qilib, turli-tuman azob-uqubatlarga mubtalo etdilar. Shu haftada hojilarning sogʻ-salomat qaytib kelayotganlari toʻgʻrisida xushxabar kelgach, barcha molu mulkimni tortib olib, meni hibsdan ozod qildilar».
Men dedim: «Oʻsha vaqtlarda senga: «Podshoh saroyida xizmat qilmoq — dengiz safari singaridir: ham nafi bor, ham xavfi bor, yo davlatga yetasan, yo dengizga botasan», deganimda, gapimga quloq solmading».
Ye daryodan dur yigʻasan siqqanicha quchoqqa,
Yo toʻlqinlar oʻlaksangni uloqtirar qirgʻoqqa.
Men ortiq uning yarali koʻngliga tuz sepmoqni, dardini yangilamoqni oʻzimga ep bilmay, shu soʻzlarni aytish bilan kifoyalandim:
«Odamlarning nasihatin qulogʻingga olmading,
Bilmadingki, oyogʻingga kishan solinur — qiynoq.
Ogʻu toʻla nishlariga toqating yetmas ekan,
Nega chayon uyasiga tiqib koʻrasan barmoq?»
Hikoyat
Bir necha darveshlar bilan suhbatdosh edim. Ular koʻrinishda pokiza odamlar edilar. Katta mansabdorlardan biri ularga nihoyatda ixlosmand boʻlib, ma’lum miqdorda maosh tayinlagandi. Bir kun shulardan biri darveshlar sha’niga yarashmaydigan bir ish qilib qoʻydi. Shundan keyin mansabdorning bu odamlar haqidagi fikri oʻzgardi va ularning bozori kasod boʻlib qoldi.
Men bir iloj qilib, doʻstlarimning nafaqai ahli ayollarini saqlab qolish maqsadida haligi mansabdorning qasriga yoʻl oldim. Darvozabon meni kiritmadi, qattiq tahqirladi, lekin men uni ma’zur tutdim, chunki shunday bir masal bor:
Amiru, vaziru podshohlarning,
Yoniga besabab bormaslik kerak.
It bilan eshikchi gʻaribni tutar,
Birisi yoqadan, birisi etak.
Mansabdorning yaqin kishilari mening ahvolimdan xabar topib, e’zoz-ikrom bilan uning huzuriga olib kirdilar va toʻrga oʻtkazmoqchi boʻldilar, lekin men tavoze bilan quyiroqqa oʻtirib, dedim:
Qoʻya qol holimga, men kamtar banda,
Bandalar oʻrni albatta tubanda.
Mansabdor hayratga tushib: «Xudo saqlasnn, xudo saqlasin, bu nima deganing?»—dedi.
Boshimiz, koʻzimiz ustiga oʻltir,
Har qancha noz qilsang, maloli yoʻqdir.
Xulosai kalom, oʻtirib har borada suhbatlashdim. Nihoyat soʻz doʻstlarimdan biri tomonidan sodir boʻlgan nojoʻya qiliq ustiga yetganda, dedim:
Avval saxovatli boʻlgan xoʻjamiz,
Ne gunoh oʻtdiki, kamsitib boqar.
Xudoga yarashar ulugʻvorlikkim,
Gunohkor bandasin non berib boqar.
Bu soʻzlar mansabdorga nihoyatda maqbul boʻldi, u qaytadan doʻstlarimga avvalgiday maosh toʻlab turishni va shu orada olinmay qolgan mablagʻlarini ham berishni buyurdi. Men mansabdorga lutfu karami uchun minnatdorchilik izhor etdim, huzurida yer oʻpdim-da, qimmatli vaqtini olishga jur'at etganim uchun uzr aytib, chiqib ketarkanman, dedim:
Ka’ba qadimlardan hojat qiblasi,
Yiroq-yiroqlardan xalq kelar qator.
Sen chidam koʻrsatib bizni qabul et,
Mevasiz daraxtga kim ham tosh otar?
Hikoyat
Bir shahzodaning otasidan behadu hisob molu mulk meros qoldi. Shahzoda saxovat qoʻlini ochib, mislsiz in'om-ehsonlar bilan lashkar va fuqarolariga sovgʻa-salomlar berishga boshladi.
Qutida turganda burkimaydi ud,
Sen olov ustiga uni tashlagil.
Ulugʻlik niyating boʻlsa saxiy boʻl,
Urugʻ sochilmasa, unmaydi hosil.
Kunlardan bir kun shahzodaning tadbirsiz, nodon oshnalaridan biri unga nasihatga kirishib, dedi: «Oʻtgan podshohlar bu mol-dunyoni zoʻr urinish va harakatlar bilan qoʻlga kiritib, yomon kunda yarar, deb toʻplaganlar. Bunday saxiyligingni bas qil, chunki koʻplab hodisalar oldinda-yu, dushmanlar esa ortdadirlar. Muhtojlikka tushgan mahalingda nochor qolish durust emasdir».
Hamma omboringni xalqqa ulashsang,
Har bir oilaga bir guruch tegar.
Hammaga guruch, kumush oʻlpon sol,
Xazinang kundan-kun boy boʻlib ketar.
Bu soʻz shahzodaga yoqmadi, u yuzini teskari oʻgirib, nasihatgoʻyni tanbehlashga buyurib dedi: «Ollohi taolo bu mollarni menga saqlab qoʻyish uchun emas, balki oʻzim yeyishim va boshqalarga berishim uchun baxsh etgandir».
Qirq xazina davlati bor Qorun oʻlib yoʻqoldi,
Noʻshirvonning yaxshi nomi dunyoda mangu qoldi.
Hikoyat
Deydilarki, bir kuni ovda Noʻshiravoni odilga kabob qilib bermoqchi boʻldilar, lekin tuz yoʻq edi. Qullaridan birini qishloqdan tuz olib kelgani joʻnatdilar. Noʻshiravon u qulga dedi: «Tuzni bahosini toʻlab ol, toki tekinga olish odat qatoriga kirib, qishloq xarobalikka yuz tutmasin». Undan soʻradilar: «Shu zigʻirday narsadan qishloqqa qanday zarar yetadi?» Noʻshiravon javob berdi: «Avvalda olamda zulm oz edi, keyinchalik har bir kelgan odam bir oz-bir oz qoʻshdi, natijada zulm hozirgi darajasiga kelib yetdi».
Fuqaroning bogʻchasidan sulton uesa bir olma,
Navkarlari qoʻporadi daraxtlarning ildizin.
Zoʻrlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh,
Askarlari sixga tortar tovuqlardan besh yuzin.-
Dostları ilə paylaş: |