5-mavzu. “Vertical Thinking” (Vertikal fikrlash) va “Lateral Thi
Lateral fikrlashning o’ziga xos namunasi: Bir kuni siz do’stlaringiz bilan tennis o’ynadingiz, uyga kelganingizda juda chanqadingiz. Siz oshxonaga kirdingiz va muzlatgichdan bir shisha ichimlik suvini oldingiz. Biroq, siz ochqichni topa olmadingiz. Yechimlar chanqoqni qanday qondirishga qaratilgan. Bunday yechimlar ehtiyojni qondirish bo’yicha ma’lum nazariyalar, bilim va tajribalarni qayta ishlash natijasidir. Siz ehtiyojni qondirishga turli yo’nalishlarda hujum qila boshlaysiz. Shuning uchun ushbu yechimlar guruhi lateral fikrlash natijasida hosil bo'ladi.
Ehtimoliy yechimlar quyidagicha:
boshqa biron narsani iching, masalan oddiy jo’mrakdan oqayotgan suv;
Lateral fikrlash bo’yicha umumiy xulosa: Noan’anaviy usullar yoki odatda mantiqiy fikrlash e’tiborsiz qoldiradigan elementlar orqali hal qilinmaydigan muammoni hal qilishga intiladigan fikrlash usuli. Tez o’zgaruvchan tendensiyalar, qattiq raqobat va byudjetga qaramasdan mo’jizalar yaratish zarurati bilan duch kelganingizda, siz lateral fikrlashingiz kerak. Ilg’or g’oyalarni ishlab chiqish omad yoki majburlash kabi harakatlarning natijasi bo’lishi shart emas. Lateral fikrlash, shuningdek, kundalik muammolardan tashqarida strategik rejalashtirish va noodatiy yondashuv orqali fikrlashga yordam beradi.
1 Whetten, David (2011). Developing Management Skills. Upper Saddle River, N.J.: Prentice Hall. p. 744. ISBN 978-0-13-612100-8.
2 “Vertical Thinking Vs. Lateral Thinking”. Custom training and elearning, anywhere anytime!. Retrieved 2015-11-04.
3 “Oxford English Dictionary: Lateral thinking”. Oxford University Press. Retrieved 19 December 2016.