5-маvzu. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk sol
4-ilova. 1-masala.Korxona asosiy vositalarining 1 yanvar holati buyicha qiymati 1100 ming so’mni tashkil etib, aprel oyining birinchi o’n kunligida yana 250 ming so’mlik asosiy vosita kirim qilingan. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 1 yanvar holatiga 100; 1 fevral holatiga 125; 1 mart holatiga 150; 1 aprel holatiga 250 ming so’mni tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlarga asosan korxona mol-mulk solig’ini hisoblang (1-chorak uchun).
Echilishi: 1. Korxona asosiy vositalarining 1-chorakdagi o’rtacha qoldiq qiymatini topishimiz lozim, ya’ni:
QQ 1yanv. = 1100 – 100= 1000 ming so’m;
QQ 1fev. = 1100 –125 = 975 ming so’m;
QQ 1mart = 1100 – 150 =950 ming so’m;
QQ 1apr. = 1350 –250 = 1100 ming so’m.
(bu yerda, QQ - asosiy vositalarning qoldiq qiymati).
O’qq = 1yanv. : 2 + 1 fev. + 1mart + 1apr. : 2/12 = 1000 : 2 + 975+ 950 + 1100 : 2/12 =881.3 ming so’m.
2. Ms = 881.3 x 3.5 % = 30,8 ming so’m.
2-masala. 1-masala va quyidagi ma’lumotlarga asosan mol-mulk solig’ini hisoblang. 1. 1 – korxonada mahsulot eksporti - 15 % ni;
2. 2 – korxonada mahsulot eksporti - 20 % ni;
3. 3 – korxonada mahsulot eksporti - 35 % ni;
4. 4 – korxonada mahsulot eksporti - 50 % ni tashkil etadi.
3-masala. 2008 yil 1 yanvar holatiga mol-mulk solig’i to’lovchi korxonada asosiy vosita va nomoddiy aktivlari bo’lmagan. 13 yanvarda korxona 670 ming so’mga kompyuter, 25 martda esa 290 ming so’mga printer sotib olgan.
2008 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig’ini hisoblang?
4-masala. Korxona mol-mulkining o’rtacha qoldiq qiymati 9003 ming so’mni tashkil etadi, bundan:
Me’yoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 3500 ming so’m;
2275 ming so’mni O’zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.
Joriy davr uchun umumiy tushum 30300 ming so’m, bundan 7300 ming so’mligi korxona o’z mahsulotini erkin valyutaga sotgan.
Joriy davr uchun mol-mulk solig’i necha so’mni tashkil etadi?