5-sinf geografiya 1-nazorat ishi 1-chorak 1-variant



Yüklə 261,56 Kb.
səhifə8/13
tarix10.12.2023
ölçüsü261,56 Kb.
#139591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5-SINF NAZORAT ISHI 2021

4-chorak 2-variant
1. Troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi (sutka, oy, fasl) holatiga nima deyiladi?
A) Ob-havo
B) Shu joyning iqlimi
C) Barqaror ob-havo
D) Havo massalari
2. Agar ob-havo bir necha kun o’zgarmay bir xil tursa nima deyiladi?
A) Ob-havo
B) Shu joyning iqlimi
C) Barqaror ob-havo
D) Havo massalari
3. Ob-havoning biror joyga xos bo’lgan ko’p yillik rejimiga ( holatiga ) nima deyiladi? A) Ob-havo
B) Shu joyning iqlimi
C) Barqaror ob-havo
D) Havo massalari
4. Yevropadagi qaysi davlatlar O’zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan?
A) Ispaniya va Belgiya
B) Gretsiya va Ispaniya
C) Gretsiya va Niderlandiya
D) Fransiya va Avstriya
5. Qishda iliq, yozda salqin va yog’in ko’p yog’adigan, dengizga yaqin joylar iqlimiga nima deyiladi?
A) Kontinental iqlim
B) Musson iqlim
C) Dengiz iqlimi
D) Tropik iqlim
6. Qish sovuq, yoz issiq va yog’in kam yog’adigan iqlimga nima deyiladi?
A) Kontinental iqlim
B) Musson iqlim
C) Dengiz iqlimi
D) Tropik iqlim
7. Sayyoramiz, ya’ni Yer taxminan necha mlrd yildan beri mavjud?
A) 4 mlrd 500 mln yildan beri
B) 3 mlrd 600 mln yildan beri
C) 5 mlrd 600 mln yildan beri
D) 4 mlrd 600 mln yildan beri
8. Sayyoramizdagi eng dastlabki hayot belgilari paydo bo’lganiga necha mlrd yil bo’ldi? A) 3 mlrd 600 mln yil
B) 4 mlrd 600 mln yil
C) 4 mlrd 800 mln yil
D) 3 mlrd 800 mln yil
9. Organizmlar faol bo’lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga necha mln yil bo’ldi?
A) 500-550 mln yil
B) 550-600 mln yil
C) 500-600 mln yil
D) 600-650 mln yil
10. Bisoferaning qalinligi necha km ni tashkil etadi?
A) 30-40 km
B) 20-30 km
C) 40-50 km
D) 50-60 km
11. Sayyoramizdagi tirik organizmlar quruqlik va chuqurlikda necha metrgacha bo’lgan oraliqda keng tarqalgan?
A) 100 m
B) 130 m
C) 160 m
D) 150 m
12. Hozirgi odamlarning ajdodlari taxminan necha mln yil ilgari paydo bo’lgan?
A) 1 mln yil
B) 3 mln yil
C) 2 mln yil
D) 4 mln yil
13. Inson tomonidan o’zgartirilgan, obod qilingan joylarga nima deyiladi?
A) Vodiylar
B) Mahallalar
C) Vohalar
D) Qishloqlar
14. Quruqlikdagi iqlimi, yog’in miqdori, o’simliklari, tuproqlari va hayvonot dunyosi birbiridan farq qiladigan yirik tabiiy komplekslar nima deyiladi?
A) Tabiat mintaqalari
B) Iqlim mintaqalari
C) Tabiat komplekslari
D) Tabiat zo’nalari
15. Zona so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) Uzun cho’zilgan, katta yer
B) Uzun cho’zilgan, o’rmonli yer
C) Uzun cho’zilgan, ensiz yer
D) Uzun cho’zilgan, yomg’irli yer
16. Ekavtor yoni o’lkalarida havo harorati yil bo’yi necha gradus atrofida bo’ladi?
A) +26º C
B) +25º C
C) +23º C
D) +24º C
17. Qaysi zona sernam ekvatorial o’rmonlar zonasini shimol va janub tomonlardan o’rab turadi?
A) Mavsumiy nam tropik o’rmonlar
B) Savannalar va siyrak o’rmonlar
C) Chala cho’l va cho’llar
D) O’rmon-dasht va dashtlar
18. Qaysi tabiat zo’nasida sher va fillar, o’txo’r antilopalar, zebra, jirafalar yashaydi?
A) O’rmon-dasht va dashtlarda
B) Savannalar va siyrak o’rmonlarda
C) Tundra va o’rmon-tundrada
D) Mavsumiy nam tropik o’rmonlarda
19. Aralash va keng bargli o’rmonlar zo’nasida yog’in miqdori necha mm ni tashkil etadi?
20. “…Bu zonaning ko’p yerlari keng bargli va aralash o’rmonlar bilan qoplangan. O’rmonlarda qarag’ay, qora qarag’ay, eman, qayin daraxtlari o’sadi “ Ushbu ta’rif qaysi tabiat zonasiga xos?
21. Mamlakatimizning g’arbiy, shimoli-g’arbiy tekislik qismida yillik yog’in miqdori necha mm ni tashkil etadi?
22. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismidagi tog’li hududlarda yillik yog’in miqdori necha mm ni tashkil etadi?
23. Bulutlarning asosan qanday turlari mavjud?
24. Isigan havo yer yuzasidan yuqoriga tez ko’tarilayotganda qanday bulutlar hosil bo’ladi?
25. Mamlakatimizga yog’inlarni asosan qaysi shamollar olib keladi?


Yüklə 261,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin