Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 6 (2): 31-rasmda tok manbaining E.Yu.K va ichki qarshiligini taxminiy aniqlashga imkon beruvchi elektr zanjiri tasvirlangan. Punktir chiziqlar reostat jilgichining 2 holatiga mos keladi.
Tasvirlangan elektr zanjirini so’z bilan bayon qiling va prinsipial sxemasini chizing.
(+, -) belgilang va zanjirdagi tokning yo’nalishini strelka bilan ko’rsating.
Reostatning 1 va 2 holatlaridagi o’lchov asboblarining ko’rsatishlaridan foydalanib, tok manbaining ichki qarshiligini aniqlang. Ampermetrning qarshiligini hisobga olmang.
Tok manbaining E.Y.Kni aniqlang.
Nima uchun zanjirdagi tok kuchining ortishi bilan manba qisqichlaridagi kuchlanish kamayadi?
Agar reostatning jilgichi chetki chap (o’ng) tomongacha surilsa o’lchov asboblarining ko’rsatishida qanday o’zgarish bo’ladi? Javobingizni asoslang.
Reostatning zanjirga kiritilgan 1 holatidagi qarshiligini va zanjirning to’la quvvatini toping.
1min davomida butun zanjirda ajraladigan issiqlik miqdorini hisoblang (1 holat uchun).
31-rasm
Variant
2
7
12
17
22
27
Mustaqil bajarish uchun topshiriq – 6 (3): 32-rasmda ikkita bir xil o’zgarmas tok manbalariga ulangan elektr zanjirining prinsipial sxemasi tasvirlangan. Manbalarning ichki qarshiliklari 1 Ω dan.
1. Sxemada tasvirlangan elektr zanjirini so’z bilan bayon qiling va zanjirni yig’ing.
Tok manbalari E.Yu.K ning haqiqiy qiymatlarini aniqlang.
3. Elektr lampaning nominal qarshiligini toping.
4. Elektr lampaning haqiqiy qarshiligini toping.
5. Elektr lampaning haqiqiy quvvatini hisoblang.
6. Elektr o’lchov asboblarining qarshiliklari hisobga olinmaganda zanjirning to’la quvvatini aniqlang.
7. Prinsipial sxemada elektr o’lchov asboblarining qutblarini
(+, -) belgilang va zanjirdagi tokning yo’nalishini strelka bilan ko’rsating.