Qurilish ishlab chiqarishni tayyorlashda bajariladigan rejali iqtisodiy chora- tadbirlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
buyurtmachi tomonidan mo‘ljallangan hajmlar va ishlar tuzilmasining ularning qurilish bo‘linmalari ishlab chiqarish quvvatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan, ob’yektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish imkoniyatini hisobga olgan holdagi tahlili bilan qurilish-montaj ishlar (QMI)ining pudrat ishlari istiqbolli va joriy rejalarini tayyorlash;
QMI ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, joyini o‘zgartirish yoki ularni ko‘chirish zarurati to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish;
buyurtmachi bilan qurilishning bosh va yillik pudrat shartnomalarini tuzish;
davlat buyurtmachisi bilan qurilish ichi ishlarini kelishib olish va ularni tasdiqlatish.
Qurilish ishlab chiqarishini tayyorlashning dasturiy ta’minoti mavjud dasturiy paketlar vositasida ishlab chiqarishni tayyorlashga doir asosiy vazifalari hal etilishining to‘liq kompyuterlashtirish imkonini beradi:
QMI tezkor haftalik-sutkalik (dekadalik) grafiklarini ishlab chiqish;
qurilish ashyo, qism, buyum, konstruksiya, uskuna va qurilmalariga bo‘lgan ehtiyojni hisob-kitob qilish va ularni yetkazib berish grafiklarini ishlab chiqish;
ishchi kuchining umumqurilish va alohida pudratchilar bo‘yicha harakatlanish grafiklarini ishlab chiqish.
Nazorat savollari:
Qurilishni tayyorlash tizimi nima uchun mo‘ljallangan?
Qurilishni tayyorlash tizimining tashkiliy-texnik davri va uning tarkibi.
Ishga tushirish va shahar qurilish majmualari tushunchalari va ularning tarkibi.
Xorijda o‘tkaziladigan qurilish oldi konferentsiyasining maqsadi.
Tayyorgarlik davrining maydon ichi ishlari tarkibi.
Tayyorgarlik davrining maydon tashqarisida bajariladigan ishlar tarkibi.