6-мавзу: германиянинг бирлаштирилиши


II-BOB. TARIX TA’LIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHDA INTERFAOL TEXNOLOGIYALARNING O’RNI



Yüklə 178 Kb.
səhifə4/7
tarix10.12.2023
ölçüsü178 Kb.
#139620
1   2   3   4   5   6   7
NOSIROV hosilbek 7777

II-BOB. TARIX TA’LIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHDA INTERFAOL TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
2.1. Tarix darslarida interfaol metodlaridan foydalanish

Bugungi kunda tarix darslarini samarali tashkil etishda bir qancha interfaol metodlardan samarali foydalanilmoqda. Shulardan ayrimlariga to’htalib o’tami. Bevosita jamoa bo’lib “Fikrlar xujumi” (“Mozgovaya ataka”) olib borish1. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni engishdir. Bu metod A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan2. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g’oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoibani rag’batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi - mashg’ulot rahbariga bog’liq. “Fikrlar hujumi” ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg’ulotning davomiyligi bir soatgacha3.


Yalpi “Fikrlar hujumi”. Bu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 dan 60 tagacha bo’lgan) yangi g’oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik- kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo’linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo’yicha 15 minut davomida mustaqil ravishda to’g’ri “Fikrlar hujumi” o’tkazadi. Shundan so’ng har bir kichik guruh vakili o’z guruhlarida ishlab chiqilgan g’oya haqida axborot beradilar va o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod
E. A.Aleksandrov tomonidan taklif qilingan va G.Ya.Bush tomonidan o’zgartirilib yo’lga qo’yilgan. Dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo’lib g’oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g’oyalar qo’yiladi1. Mashg’ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o’tkaziladi: 1-bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish; 2-bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash; 3-bosqich. To’g’ridan-to’g’ri “Fikrlar hujumi” qoidasiga asosan har bir guruhda g’oyalar ishlab chiqish; 4-bosqich. G’oyalarni tartibga solish va tasniflash; 5-bosqich. G’oyalarni destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash; 6-bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalarga baho berish. Ishtirokchilar: 1) g’oyalar ishlab chiquvchi; 2) muammoli vaziyatni tahlil qilish va g’oyalarni baholovchi; 3) zid (qarshi) g’oyalarni ishlab chiquvchi guruhlarga bo’linadigan bo’lsa samarali natijaga erishish mumkin. Keyingi davrlarda “Yashirin fikrlarning shiddatli hujumi” shaklidagi metod keng rivojlanmoqda. Shu tufayli “yashirin fikrlar hujumi”da ikki g’oya ishlab chiquvchi guruhcha: biri-odatdagi fikrlarning shiddatli hujumi davomida g’oyani olg’a suruvchilar; ikkinchisi - yashirin, ya’ni ular birinchi guruh muhokamalarida qatnashmaydilar, ular uchun «yashirin xona» tashkil etiladi va joylashtiriladi.
“Qora quti” metodi. Bu metod asosida echiladigan muammolar konkret vaziyatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi, ya’ni tahlil davomida ishtirokchilar beixtiyor kamchiliklar (defektlar)ning yuzaga kelishi masalalariga to’xtaladilar. Ishtirokchilarni bunga maxsus, maqsadga muvofiq quyilgan savollar undaydi. Masalan, “Bu vaziyat nimaga olib keladi?” yoki “Bu holatda mexanizmlar ishi qay darajada barqaror?” va b. “Qora quti” metodining mohiyati shundaki, unda kamchiliklar sababi yo’l-yo’lakay aniqlanadi. Bunda kishilarning ijodiy tashabbuslari rivojlantiriladi. Kundalik tutish metodi. Guruhning har bir a’zosiga yon cho’ntak daftarchasi tarqatiladi. Unga, aytaylik, bir hafta davomida muhokama qilinadigan muammo bo’yicha tug’ilgan fikrlar qayd qilib boriladi. Barcha ishtirokchilarning yozib borgan fikrlari peshqadamlar tomonidan tahlil qilinib, tayyorlangan material oxirgi muhokamaga olib chiqiladi. Bu metod quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, tug’ilgan g’oya, konkret ratsional taklif o’sha guruhning fikri darajasiga ko’tariladi, ikkinchidan, turli xildagi tortishuvlar, nuqtai nazarlar guruh majlisigacha hal qilinadi, keskinlashgan nuqtai nazarlar ham tekislanadi4.
6x6 metodi: Olti kishidan kam bo’lmagan guruh 6 minut davomida guruh oldida turgan muammoni echishga yordam beradigan konkret g’oyani shakllantirishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi alohida sahifalarga o’z fikrlarini yozib boradi. Bu juda ixcham tarzda amalga oshiriladi: jipsliklarning buzilishi, materiallarning buzilishi, texnologiyalarning buzilishi tarzida. Shundan so’ng guruhda barcha tayyorlangan ro’yxatlar muhokama qilinadi5. Muhokama jarayonida o’ta xato qarashlar chiqarib tashlanadi, munozarali masalalarga aniqlik kiritiladi, boshqa barcha aniqlangan xususiyatlar guruhlashtiriladi. Vazifa - bir necha muhim muqobillarni saralab olish, binobarin, ularning miqdori ishtirokchilar miqdoriga nisbatan kam bo’lishi lozim.
“O’z o’rningni top” agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning echimini topish mumkin. Undan ko’pincha darsning kirish qismida foydalanishadi va o’tilayotgan mavzuni o’rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchilarga o’z fikrini bayon qilishga, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Uchinchidan, dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin.
2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
3. qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etildi.
4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarshilarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi.
5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirganlar va boshqa guruhga o’tuvchilar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ular o’z o’rnini o’zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo’ladi.
6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so’raladi6.



Yüklə 178 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin