6-variant – topshiriq



Yüklə 29,96 Kb.
səhifə3/6
tarix23.04.2022
ölçüsü29,96 Kb.
#115472
1   2   3   4   5   6
5 topshiriq bajarilgan lekin yuborilmagan109533 16-variant

Eksperiment metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro‘y berishida va o‘zgarishida o‘rganiladi, ya’ni haqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi. Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar – narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek, maxsus asboblar qo‘llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi.

Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi.

Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti. Tabiiy eksperiment pedagogik-psixologik masalalarni hal qilinganda qo`llaniladi. (Sinfda sun’iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o`rganishda sinaluvchilarning o`zlari bexabar bo`lishi, kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, mumkin.


Yüklə 29,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin