7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix09.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#120687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

Tarix 
falsafasining 
funksiyalari. 
Tarix 
falsafasining 
funksiyalari 
to’g’risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o’ziga xos jihatlarini to’la 
anglab yetish mumkin emas. Tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi ekanligiga 
asoslanib, tarix falsafasining funksiyalari umuman falsafaning funksiyalari bilan 
asosan bir xil, deb taxmin qilish mumkin. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik 
kerakki, tarix falsafasi o’z alohida obyekti, predmeti, metodlari, tadqiqot 
maqsadlari va vazifalariga ega va bu uning muayyan xususiyatlari mavjudligidan 
dalolat beradi. Quyida ularni ko’rib chiqamiz
Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi shundan iboratki, u insonda 
tarixga, ya’ni jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi, tarixiy jarayonning 
yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo’nalishiga, insonning undagi 
o’rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi.
Tarix falsafasining nazariy funksiyasi shundan iboratki, u tarixiy jarayonni 
teran anglab yetish va u haqda nazariya, ya’ni tarixiy jarayonning mavjudligi, 
mazmuni, rivojlanish yo’nalishi haqidagi qarashlar tizimi darajasida xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy o’tmishni 


nazariy darajada rekonstruksiya qilishni amalga oshirish, tarixiy dalillar va 
voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. 
Tarix falsafasining metodologik funksiyasi uning qoidalarini tarixiy 
o’tmishning u yoki bu ijtimoiy fanlar doirasida o’rganiluvchi ayrim hodisalari va 
voqyealarini o’rganish jarayonida amalga tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Bu 
holda tarix falsafasining qoidalari va xulosalari tarix, sosiologiya, iqtisod, 
siyosatshunoslik, huquq falsafasi, psixologiya va boshqa fanlar sohasida amalga 
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o’ynaydi.
Tarix falsafasining prognostik funksiyasi shundan iboratki, tarixiy jarayon 
qonuniyatlarini bilish jamiyat, uning ayrim kichik tizimlarining rivojlanish 
tendensiyalarini, tarix voqyealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi 
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu 
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin.
Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko’rib chiqilgan funksiyalari bir-
biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga o’tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda 
tutadi va ularni o’z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin