7 sinf Fizika fanidan IV chorak uchun testi



Yüklə 28,6 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#130191
7 sinf fizika fanidan iv chorak 1396-6-20-6-41


7 – sinf Fizika fanidan IV chorak uchun testi
1. Purjinaga m massali yoki osilganda 9 smga cho’ziladi , purjinali mayatnik hosil bo’ladi, hosil bo’lgan mayatnikning tebranish davrini topilsin.
A) 0,6 s
B) 0,6 kg
C) 0,6 gs
D) 0.6 m
2. Ko`ndalang to`lqin…..
A) Muhit zarrasining tebranish yo`nalishi bilan to`lqin tarqalish yo`nalishi perpendikulyar bo`lgan to`lqin.
B) Muhit zarrasining tebranish yo`nalishi bilan to`lqin tarqalish yo`nalishi har xil
bo`lgan to`lqin.
C) Muhit zarrasining tebranish yo`nalishi bilan to`lqin tarqalish yo`nalishi mos kelmagan to`lqin.
D) To`g`ri javob yo`q.
3. Vaqt davomida takrorlanadigan harakatlar yoki jarayonlar ………………….. deyiladi.
A) tebranish chastotasi
B) tebranish amplitudasi
C) tebranish
D) siljish
4. Jismning muvozanat holatdan og’ishi …………………. deb ataladi.
A) tebranish chastotasi
B) tebranish amplitudasi
C) tebranish
D) siljish
5. Jismning muvozanat holatidan eng kata siljishi ………………….. deyiladi.
A) tebranish chastotasi
B) tebranish amplitudasi
C) tebranish
D) siljish
6. Bir marta to’la tebranish uchun ketgan vaqt ………………….…, vaqt birligi ichidagi tebranishlar soni ………………………. deb ataladi.
A) tebranish davri, tebranish chastotasi
B) tebranish amplitudasi
C) tebranish
D) siljish
7. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying: “Tashqi kuchlar ta’sirida xoli bo’lgan berk sistemalardagi amplitudasi o’zgarmas bo’lgan tebranishlar ...................... deb ataladi”.
A) rezonans
B) so’nuvchan tebranishlar
C) majburiy tebranishlar
D) erkin tebranishlar
8. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying: “Amplitudasi kamayib boradigan tebranishlar ........................... deb ataladi”.
A) rezonans
B) so’nuvchan tebranishlar
C) majburiy tebranishlar
D) erkin tebranishlar
9. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying: “Sistemaning tashqi davriy kuch ta’siridagi tebranishlari ............................. deb ataladi”.
A) rezonans
B) so’nuvchan tebranishlar
C) majburiy tebranishlar
D) erkin tebranishlar
10. Tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoni nima deb ataladi?
A) to’lqin
B) erkin tebranish
C) rezonans
D) majburiy tebranish
11. To’lqinning bir davr ichida tarqalish masofasi ................... deb ataladi va (lambda) harfi bilan belgilanadi.
A) to’lqin
B) to’lqin uzunligi
C) ko’nlang to’lqin
D) bo’ylama to’lqin
12. Zarralarning tebranishi to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’lgan to’lqin ................................ deb ataladi.
A) to’lqin
B) to’lqin uzunligi
C) ko’nlang to’lqin
D) bo’ylama to’lqin
13. To’lqinning tarqalish yo’nalishi zarralarning tebranish yo’nalishi bilan bir xil bo’lgan to’lqin ............................. deb ataladi.
A) to’lqin
B) to’lqin uzunligi
C) ko’nlang to’lqin
D) bo’ylama to’lqin
14. Jismning mexanik tebranishlari ta’sirida havoda tarqaluvchi bo’ylama to’lqinlar-ning eshitish organlarimiz sezadigan sohasi ..................... deb ataladi. Tovush to’lqinlari havosiz bo’shliqda tarqalmaydi.
A) tovush to’lqinlari
B) ko’ndalang to’lqinlari
C) bo’ylama to’lqinlari
D) to’lqini
15. To’lqin bu ...................
A) tebranishlar
B) to’lqinning bir davr ichida tarqalish masofasi
C) muhitda tebranishlarning tarqalish jarayoni
D) ko’ndalang yoki bo’ylama bo’ladi
Test Kaliti

Savol:

01.

02.

03.

04.

05.

06.

07.

08.

09.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

Javob:

A

A

C

D

B

A

D

B

C

A

B

C

D

A

C



Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin