8-Mavzu: Oila tarbiyasi mazmuni va mohiyati reja


Tarbiya jarayonida oilaning o`rni



Yüklə 47,48 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü47,48 Kb.
#138841
1   2   3
8-seminar

Tarbiya jarayonida oilaning o`rni.
Oila jamiyatning boshlang`ich ijtimoiy bo`g`inidir. U o`zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning o`z hayotlari, turmush tarzlari bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko`rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o`zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o`z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan o`zaro farklanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni ,tarkibi ham alohida ahamiyatga egadir.
Oilaviy tarbiyaning o`ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshliQ avlod-ajdod hislatlarini o’zatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi.
«Oilaviy tarbiya doimo o`zining murakkab va ko`p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi»_-, deb ta'kidlaydi A.Munavvarov. Har bir oila o`ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig`magan olam, u tarbiya ishida o`ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o`zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo`l-yo`riqlari mavjud emas.
O`zbek xalqining milliy xususiyatlari : axloqiyliQ o`z-o`zini anglash, milliy tuyg`u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o`z aksini topadiki, o`zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o`rganishda bo’larni chetlab utish mumkin emas. O`bek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko`p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo`lishi; qarindoshchiliQ bir necha avlodlarning birgalikda yashashi.
Bola maktabga kelguncha oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko`rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari bolalarning sog`ligini saqlashdir. Buning uchun bola to`yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim bo`ladi. Ota-onalar o`zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo`lishlari shart. Uzaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so`zlashuvni tashqil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o`quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo`l qo`ymaslik;
bolalarning mashg`uloti uchun uyda unga qulay sharoit yaratish;
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o`rgatish, bolalarning g`ayrat va chidamliligini oshirish;
bolalarni vijdonli va rostgo`y bo`lishga, mustaqil ishlarga o`rgatish.
Oila doimo maktab bilan hamkorlikda ish olib borishi bolaning ta'lim-tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi, tarbiyada yuksak samaradorlikka erishiladi.



Yüklə 47,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin