Milliy-ma'naviy tarbiya o`zining muayyan uslublar tizimiga ega.
Bu tizimda tushuntirish, namuna kursatish, odatlantirish (o`rgatish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, maslahat berish, undash, ma'qullash, raxmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo`l tilash), taqiqlash, ta'na qilish, tanbex berish, koyish, qarg`ash, qo`rqitish, o’zr so`rash, la'natlash, urish, kaltaklash singari uslublar jamlangan.
"Avesto"da ayol va farzandlari sarson va sargardon yuradigan yer eng yomon yer deyilgan... Qarindoshlar orasida nikox nuqsonli farzandlarga sabab bo`lib, ajralishga olib kelishini bilib, qarindoshlar orasidagi nikoh taqiqlangan. Islom dinida farzandlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor beriladi. Masalan, "Me'roj" tunidan keyin rasululloxning saxobalariga aytgan 12 o`gitidan 4 tasi:
1) ota-onangizga hamisha mehribon bo`ling;
2) qarindosh-urug`larga yordamlashing, beva-bechoralar va musofirlarga madadkor bo’ling;
3) bolalaringizni faqirlik tufayli o`ldirmang;
4) yetim-yesirlarning moli va puliga ko`z tikmang.
Buyuk alloma ajdodlarimiz ham o`z komusiy asarlarida ma'naviy birlikka erishish, ma'na-viy tarbiya orqali oilalarni saklab kolishga da'vat qilishtan. "Ey qizim, deb ta'kidlaydi Abu Rayxon Beruniy o’zining "Mineralogiya" asa-rida: - "Rashk qilishdan saqlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir. Eringga ha deb gina qilishlarni man qilaman, chunki u nafratni uyg`otadi. Yaxshisi sen o`zingga ziynat, pardoz bergin...
Agar saxroga chiqar bo`lsang, doimo yoningda suv bo`lsin... O`z eringni xomush ko`rganingda sen xushchaqchaqlikdan saqlan. Erni sirini fosh et-magin, aks holda, uning oldida o`zingni kamsitgan bo`lasan..."
Yusuf xos Hojibning "Qutadg`u bilig"(1069-1070) asarida o`sha davrning ijtimoiy, oilaviy muammolari keng yoritib berilgan. Asarda ug`il va qizning sababi oila, ug`il va qizning xulqi bo’zilsa, bunga ota-ona sabab, deyiladi. ShuningdeQ obidada qanaqa qizga uylanish xususida ham (XI asrda berilgan) muayyan ko`rsatmalar mujassam:
Agar xotin olmoqdikni istasang, Sarasini ista, ko`zingni juda o`tkir qil Ey sen, yetuk boy xotin istovchi, Sen qul bo`lib qolmagin, ey bilimi tuda.
O`zbek oilaviy tarbiyasida tasavvuf she'riyati ham ijobiy qo`lanmalardan bo`lib hisoblangan. Chunki Sulaymon Boqirgoniy, Shayx Najmiddin Kubro, Paxlavon Maxmud, Baxovuddin Naqshband, Mashrab, So`fi Olloyor, Ziyovuddin Haziniylarning g`azal, muhammas, musaddas va tar-je'bandlarida tarbiyaviy mazmundagi go`zal, ibratli manzaralar ifodalangan.
Jadid pedagogikasi namoyandalaridan Avaz O`tar, Fitrat, Cho`lpon, Maxmudxuja Bexbudiy, Ibrat va boshqa millatparvarlar ijodida oila, millat tarbiyasi, ma'naviyati milliy pedagogik g`oyalar keng bayon qilinadi. Ular xalqimiz oilalaridagi (tarbiya ishidagi) kamchiliklarni tanqid ostiga oldilar. Bunga Fitratning "Oila", "Xind sayyoxi" asarlari yaqqol misol bo’la oladi. ShuningdeQ Turkiston jadidlarining otasi Maxmudxuja Bexbudiyning "Padarkush" (1913) asaridagi "...Joningizdan aziz farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umri ayritadur. Bo-langizni otasi tarbiya etmadi, o`qitmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon rafiqlar yo`ldan chiqardilarki, qurboni jaholat bo`ldingiz" kabi ibratli da'vatlari bevosita oila tarbiyasiga qaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida oila tarbiyasiga oid maxsus risolalar chop qilina boshlandi. Shulardan biri bo’lgan Aliy Nozimoning "Qizlar tarbiyasi" risolasida muayyan misollar orqali yaxshi va yomon xulqlarning milliy ma'naviy tarbiya mezonlari bayon qilinadi. Jumladan, yaxshi xulqli qiz-ayol haqida shunday yozadi: "Har kim ila yaxshi munosabatda bo’ladir; xar kimga raxmli, ezgulik tilovchi bo’lur. Hech bir narsaga achchiqlanmas. Har narsaning yaxshi tarafini tutar va har vaqt boshqalarga xush ko`rinurga tirishar. Har vaqt ochiq chehrada bo`lur. YumshoqliQ ochiq tabiatliQ shodiyona chexrada bo`lish bir pok ko`ngilning alomatidir".
Buning aksini esa, yomon xulqli xotin misolida ko`rsatadi: "Yomon xulqli xotun buning aksicha bo’lib, hech kimni kunglini xushlamas. Xaar kim ila so`z urishtirishga yo`l izlar. O`zi hech narsadan shodlanmas. Doim boshqalardan ham, o’zidan ham zorlanur. O`zidan bezdiruvchi, g`amgin yo’zli bo`ladir, xech kimning nasixatini tinglamas, o`ziga bir narsani oq desalar, qora deb da'vo qiladi. Kishilar bir odam maktab so`zlasalar, u yomonlab so`zlaydir. Agar birovning yomonligini so`zlasalar, u maktab so`zlaydir. Juda tez achchiqlanadir. Bunday kishi ila umr baqiriq-urush ichida o`tadir. Bu ravishda bo`lgan odam hech to’zalmaydigan kasalga uxshaydir. Har kim uning to`g`risida:
''Yo rabbim, o`zing sakla, qanday uyalmas maxluq, qanday og`ir yuk ekan", - deydi. Shuning uchun xar bir xotinga eng kerakli sifat ko`rkam xulqqa bog`langan yumshoqlikdir".
Sho`ro davrida oiladagi milliy-ma'naviy muhit, munosabatlar "esqiliq sarqitlari" - deya tazyiq ostiga olindi. Biroq o`zbek oilasi, mahallasi o`z asriy udumlarini asrab qololdi. Milliy mustaqillik yillarida respublikamiz hukumatining sa'y-harakatlari tufayli mahalla, oila ma'naviyatining tarixiy qadriyatlarini tiklash muvaffaqiyatli kechmoqda.
Dostları ilə paylaş: |