8-sinf “A” “B” 4–ix 2017 yil 1-dars Mavzu


II O’tgan mavzuni mustahkamlash



Yüklə 244,89 Kb.
səhifə9/19
tarix26.04.2023
ölçüsü244,89 Kb.
#125857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
8 sinf kimyo konspekt 2017 2018 (1)

II O’tgan mavzuni mustahkamlash “Tushunchalar taxlili”usulida

Tushuncha turi

Tushuncha taxlili



Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi

  • Metallar Metallmaslar Amfoter element

  • Asoslik xossasi Kislotalik xossasi

  • Amfoter asos

III Yangi mavzu bayoni
Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o‘rganish davomida bir xil xossalarini namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan engil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarini hosil qiladi.
2Na+O2=Na2O2 2K+O2=K2O2
2Na+2H2O=2NaOH+H2 2K+2H2O=2KOH+H2
Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o‘z xossalari jihatidan Na va K metallariga o‘xshash. Bu metallar bir oilani, ya’ni, ishqoriy metallar oilasini tashkil qiladi.
Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega:

  • Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli.

  • Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi.

  • Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi.

Ishqoriy metallarning fizikaviy xossalari

Fizik va kimyoviy xossalari

Li

Na

K

Rb

Cs

Nisbiy atom massasi Ar

6,9

23

39,1

85,5

132,9

Suyuqlanish temperaturasi (ºC)

179

97,8

63,6

39

28,6

Qaynash temperaturasi (ºC)

1370

883

760

696

685

Zichligi (g/sm3)

0,53

0,92

0,85

1,52

1,87

Havoda oksidlanish

Kuchayadi

Gidroksidlarining eruvchanligi

Eruvchanlik ortadi

IV Mustahkamlash: o’quvchilar bilan og’zaki savol javob o’tkazish orqali usuli yordamida;
V Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
VI Uyga vazifa: darslikdagi mavzusga oid savollarga javob yozish.
8-sinf “A” “B” 25–IX 2017 yil 7-dars
Mavzu: Kimyoviy elementlar davriy qonuni
Darsning maqsadi:.
Ta’limiy – o’quvchilarga kimyoviy elementlar davriy qonuni.haqida tushuncha berish.
F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning kimyoviy elementlar davriy qonunni.tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

  1. Ishqoriy metallar oilasiga mansub kaliy, rubidiy elementlarining kimyoviy xossalari aks etuvchi reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Galogenlarning qanday umumiy xossalari ularni bitta tabiiy oilaga mansub ekanligini isbotlaydi?

  3. Elementlarning tabiiy oilalarida atom massalari bilan xossalari o‘rtasida qanday muvofiqlik mavjud?

III Yangi mavzu bayoni
1869 yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi:
Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi”.
Davriy qonunning yaratilishida o‘sha davrga qadar kimyo, fizika, biologiya singari tabiiy fanlarda yaratilgan bir qator kashfiyotlar va qonunlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday kashfiyotlar va qonunlarga quyidagilarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin:

  • Markaziy Osiyolik ensiklopedist olim Ar-Roziy (865-925) atomlarning bo‘linishini va atom mayda bo‘laklar bilan bo‘shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo‘lishini izohlab berdi.

  • 979-1048 yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e’tirof etgan.

  • Buxorolik buyuk tabib Abu Ali ibn Sino dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarni tarkibi va xossalariga ko‘ra sinflarga toifalashtirgan.

  • Ingliz kimyogari va fizigi R.Boyl (1627-1691) kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan modda bo‘lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini tushuntirdi.

  • 1756 yil M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonunini kashf etdi.

  • 1801-1808 yillarda Prust tarkibning doimiylik qonunini kashf etdi.

  • 1803-1804 yillarda Dalton atom-molekulyar ta’limotni rivojlantirdi va atom massa haqida tushunchani fanga kiritdi.

  • 1814 yili Berselius 46 elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi.


Yüklə 244,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin