Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent viloyat
1-bosqich. O`quvchilar diqqati quyidagi grammatik topishmoqqa qaratiladi. (shuo`rinda“Aqliyhujum”usulidanfoydalaniladi). Namuna:
Qalam bilan yozamiz,Men bilan sen yozamiz.Bunda ikki “bilan”bor.Bir-biridanfarqibor, Toping,qandayfarqibor?o`quvchilar tomonidan topishmoqning javobi aytiladi.
2-bosqich. So`z birikmasi yuzasidan o`tilgan mavzularni takrorlash maqsadida o`quvchilarga perfokartalar tarqatiladi va ular bilan ishlash tartibi tushuntiriladi. Slaydda quyidagilar aks ettiriladi.
A – Bitishuv usuli
B – Moslashuv usuli D – Boshqaruv usuli
So`ngra o`qituvchi birin-ketin quyidagi so`z birikmalarning har birini navbati bilan 2-3 martadan o`qiydi. So`z birikmalari proyektor orqali ekranda ham ko`rsatilib turiladi. O`quvchilar so`z birikmalarini diqqat bilan tinglab kerakli ustundan to`g`ri javobni X shaklida belgilaydilar.
O`qituvchi tomonidan oldindan javoblar belgilangan perfokarta tayyorlangan. O`quvchilarning perfokartalari yig`ib olingandan so`ng tekshiriladi va baholanadi. (bunda o`quvchilarning tayyorlagan perfokartasi ustiga o`qituvchining perfokartasiqo`yiladivato`g`rijavoblaraniqlanadi). So`z birikmasi mavzusi yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim va ko`nikmalari shu yo`sinda tekshiriladi.