9-amaliy mashg’ulot mavzu: Mitoz va meyoz bo’linish bo’yicha masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi


Topshiriq: Mavzuga doir masala va mashqlar tuzing. Тopshiriq



Yüklə 273,93 Kb.
səhifə2/2
tarix26.11.2023
ölçüsü273,93 Kb.
#135902
1   2
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Topshiriq:
Mavzuga doir masala va mashqlar tuzing.


Тopshiriq:
1.Hujayraning elektron mikroskopda ko‘rinishini chizib, sitoplazma organoidlari va yadro tuzilishini 2-jadval shaklida to‘ldiring.
2.Hujayraning mitoz va meyoz bo‘linishi fazalarini chizib, ularning ta’rifini 3-jadval shaklda to‘ldiring.
3.Mitoz va meyoz bo‘linishning o‘xshashligi va farqini aniqlab, 4-jadvalni to‘ldiring.
4.Mustaqil bajarish uchun masalalarni yeching.






Hayvon hujayrasining diploid nabori 34 ga teng. Mitoz bo‘linishdan oldingi, mitozdan keyingi, birinchi va ikkinchi meyoz bo‘linishdan keyingi DNK molekulsi miqdorini toping.
Yechilishi:
Masala sharti bo‘yicha genetik to‘plam 2 n=34 .
* Mitozdan oldin xromosoma soni va DNK miqdori 2 n 4 c, shu sababli bu hayvon hujayrasi da 68 molekula DNK mavjud bo‘lgan;
* Mitozdan keyin esa 2n 2c bo’lgan, shu sababli bu hujayrada 34 ta DNK molekulasi bo'ladi;
* birinchi meyoz bo‘linishdan so‘ng n 2 с shu sababli bu hujayrada 34 ta molekula DNK bor.
* ikkinchi meyozdan so‘ng n c, shu sababli bu hujayra 17 molekula DNK ga ega.
Javob: 68; 34; 34; 17 molekula DNK ga ega.
13. Gulli o‘simliklaming xromosoma nabori murtak hujayralarida, endospermda va bargida qanday bo’ladi? Har bir jarayondagi hodisani tushuntiring.
Yechilishi:
a) murtak urugiangan tuxum hujayradan rivojlanadi, murtak hujayralarida xromosoma nabori - 2 n
b) markaziy hujayra (2 n) bilan urug‘ hujayraning (n) qo‘shilishidan endosperm hosil bo’ladi, markaziy hujayra diploid naborga ega shu sababli endospermda xromosoma nabori - 3 n bo’ladi.
v) o‘simlik murtakdan rivojlanadi shu sababli gulli o‘simliklarning bargidagi xromosoma nabori ham - 2n bo’ladi.
Javob: 2n; 3n; 2n bo’ladi.
Mustaqil ishlash uchun mashqlar
1.Uy pashshsining somatic hujayrasida xromasoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa, shu hujayra siklining anafaza bosqichida qutblarga nechtadan xromasoma tarqalishini aniqlang. A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
2.Uy pashshsining somatic hujayrasida xromasoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa, mitoz sikli anafaza oxirida xromasoma sonini aniqlang. A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
3.Uy pashshsining somatic hujayrasida xromasoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa, mitoz sikli anafaza oxirida xro matid sonini aniqlang. A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
4.Uy pashshsining somatic hujayrasida xromasoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa, mitoz sikli interfazadan so’ng DNK sonini aniqlang. A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
5.Uy pashshsining somatic hujayrasida xromasoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa, mitoz sikli interfazadan so’ng xromatid sonini aniqlang. A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
6..Karam hujayrasida mitoz siklining G2 bosqichidagi xromatidlar sonini aniqlang A) 16 B) 18 C) 32 D) 36 7..Erkak makaka somatik hujayrasida 42 ta xromasoma mavjud bo’lib, ulardagi barcha genlar gomozigota bo’lsa, silliq mushak nhujayralarida necha xil DNK bor? A) 22 B) 21 C) 42 D) 43
8.Urg’ochi kaptarning somatik hujayrasida 80 ta xromasoma bo’lib, ulardagi barcha genlar gomozigota bo’lsa, teri hujayralarida necha xil DNK bor? A) 41 B) 80 C) 40 D) 78
9.Urg’ochi kaptarning somatik hujayrasida 80 ta xromasoma bo’lib, ulardagi barcha genlar gomozigota bo’lsa, tuxum hujayralarida necha xil DNK bor? A) 41 B) 80 C) 40 D) 39
10.Urg’ochi shinshillada 78 ta xromasoma mavjud bo’lib, ulardagi barcha genlar gomozigota bo’lsa, mushak hujayralarida necha xil DNK bor? A) 40 B) 39 C) 78 D) 76
11.Qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalari soni 20 ga teng bo‘lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida hosil bo‘lgan hujayralarda jami xromosomalar 21504 taga yetgan bo‘lsa, embrion necha marta meridian yo‘nalish bo‘ylab bo‘lingan? A) 4 B) 10 C) 6 D) 5
12.Uy tovug‘ining somatik hujayrasida 78 tadan xromosoma bo‘lsa, uning hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo’ladi? A) 156 B) 78 C) 312 D) 160
13.Blastomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa, tulki tana hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida nechta xromatid bo’ladi? A) 38 B) 76 C) 19 D) 152
14.Karam o‘simligida meyoz I jarayoni anormal kechishi natijasida bir juft xromosomalar ajralmay qutblarga noteng taqsimlandi. Ushbu hujayralardan hosil bo‘lgan spermiylar tuxum hujayra bilan qo‘shilsa, zigotada xromosomalar soni nechta bo‘ladi? A) 19 yoki 17 ta B) 28 yoki 26 ta C) 10 yoki 8 ta D) 18 yoki 19 ta
15.Sutemizuvchilarda birlamchi tuxum hujayrada interfaza davridan so‘ng 60 ta xromatida hosil bo‘ldi. Shu tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng zigotada nechta autosoma xromosomalari bo‘ladi? A) 30 B) 45 C) 60 D) 28
16. Pomidor o‘simligi hujayrasida qalampir hujayrasiga nisbatan ikki barobar kam xromosomalar bo‘ladi. Pomidor o‘simligi ildizining hujayrasida interfazaning G2 davridagi hujayra yadrosida DNK molekulalari soni nechtaga yetadi? A) 24 B) 12 C) 48 D) 76
17. turpda birlamchi jinsiy hujayra xromasomalarini ikki qutbga tarqalishiga to’sqinlik qiladigan eritma tomizilganda urug’langan tuxum hujayradagi xromasomalar sonini toping. A) 18 B) 27 yoki 9 C) 9 yoki 18 D) 36
18. Turpda birlamchi jinsiy hujayra xromasomalarini ikki qutbga tarqalishiga to’sqinlik qiladigan eritma tomizilganda urug’langan markaziy hujayradagi xromasomalar sonini toping. A) 27 B) 27 yoki 9 C) 45 yoki 9 D) 36
19.Meyozning birinchi va ikkinchi bo’linishidan keyin hosil bo’lgan hujayralardagi xromosorma soni va DNK miqdorini toping. Profaza-1 da xromosomada ketadigan jarayonlami tushuntiring.
20.Yirik shoxli qoramolning somatik hujayrasi 60 ta xromosomaga ega. Ovogenez-ning interfaza davridagi va meyoz-I dan keyingi tuxumdon hujayralaridagi xromosoma soni va DNK miqdorini aniqlang. Javobingizni izohlang.
21.Agar tekshirilayotgan erkak organizmning 10 ta xromosomasi bo’lib uning bir jufti tekishiralayotgan urg‘ochi organizmning 10 ta tuxum hujayrasini urugiantirsa, qanday tipdagi zigotalar buning natijasida hosil bo’ladi. Meyoz jarayonida urg‘ochi organism gomologik xromosomalarining turli qismlari o‘rtasida chalkashish (krossingover) bo’lib, erkak organizmda chalkashish amalga oshmasa?
22. Agar qoqio’tda 100 ta urug‘ hosil bo’lgan bo’lsa. Uning paydo bo’lishi uchun nechta spermiy va nechta ona hujayraning megasporasi ishtirok etgan?
23. Agar tekshirilayotgan erkak organizmning 100 ta spermatozoidi tarkibidagi bir juft xromosoma, tekshirilayotgan xuddi shunday urg‘ochi organizmni 100 ta tuxum hujayrasini urugiantirsa, zigota hamda ona va ota xromosomalari o‘rtasida necha xil kombinatsiya amalga oshadi?
24. Qattiq bug‘doy 28 ta xromosomaga ega. Agar barcha juft gomologik xromosomalr o‘rtasida chalkashish amalga oshsa, sakkiz yadroli murtak xaltasi nechta tipdagi yadroga ega bo'ladi?
25. Kungaboqaming ona hujayrasi 34 ta xromosomaga ega. Misol uchun meyoz natijasida bir juft gomologik xromosomalar o‘rtasida chalkashish amalga oshgan bo‘Isa. Gametofitda necha tipdagi tuxum hujayra hosil bo‘ladi?
26. Sholi hujayrasida 24 ta xromosoma mavjud bo‘Isa, ona hujayraning megasporasida nechta xromosoma mavjud?
27.Hayvon hujayrasi ning diploid nabori 20 ga teng. Mitozdan oldingi, mitozdan so‘ng, birinchi va ikkinchi meyozdan so‘ng DNK molekulasi miqdorini aniqlang.
28. Hayvon hujayrasining diploid nabori 20 ga teng. Mitoz bo’linishdan oldingi, mitozdan keyingi, birinchi va ikkinchi meyoz bolinishdan keyingi DNK molekulasi miqdorini toping.

Yüklə 273,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin