9-innovatsion loyihani amalga oshirish: startapdan korporasiyagacha



Yüklə 234 Kb.
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü234 Kb.
#129476
  1   2   3   4   5   6

9-INNOVATSION loyihani amalga oshirish: startapdan korporasiyagacha.

Reja


  1. Innovatsion salohiyatning mazmuni, tarkibi va amal qilish tamoyillari.

  2. Innovatsion salohiyat shakllanishi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar.

  3. Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini baholash uslubiyati va uning O‘zbekistonda qo‘llanilishi.

  1. Innovatsion salohiyatning mazmuni, tarkibi va amal qilish tamoyillari


Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi innovatsion faoliyatning muhim jihati ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga emas, balki, iste’molchining talablariga qarab ish yuritilishidir. Ushbu faoliyatning asosini «tadqiqot-ishlab chiqarish-iste’mol» tsikli tashkil qiladi. Umumiy holda jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilgan bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchining muayyan o‘zaro iqtisodiy munosabatlariga asoslanadigan mahsulotni sotish sohasi deb baholash mumkin. Uning maqsadi jamiyat ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdan iboratdir.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida innovatsion salohiyat iqtisodiy rivojlanishning asosiy manbasi sifatida qaraladi va milliy boylikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda innovatsion salohiyatni shakllantirish, qo‘llash, uning mexanizmlarini joriy qilish va undan samarali foydalanish muammolari hozirgacha o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shunday ekan, innovatsion salohiyatdan samarasiz foydalanish raqobatbardosh, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi va mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi.
Innovatsion salohiyat deganda iqtisodiy salohiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yuqori samaraga erishish, ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘zgartirib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida yuqori
texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirishi mumkin bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyatga yo‘naltirilgan tuzilmaviy unsur tushuniladi.
Innovatsion salohiyat resursli hamda natijali komponentlarni o‘zida mujassam qiladi. Resursligi innovatsion salohiyat shakllantirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga moliyaviy, moddiy va xodimlar bilan bog‘liq tarkibiy qismlarni oladi. Moliyaviy tarkibiy qism ilmiy sohaga kiritilgan moliyaviy qo‘yilmalarning hajmi bilan tasniflanadi. Moddiy tarkibiy qism esa, ilmiy sohadagi asosiy va aylanma kapital holatiga qarab belgilanadi. Xodimlar bilan bog‘liqlik mehnat resurslarining soni va sifati, ilmiy faoliyat bilan bandligi hamda mehnat unumdorligi bilan belgilanadi.
Natijali komponent innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, innovatsiyalarning soni hamda milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi innovatsion faollik va yuqori iqtisodiy samaradorlik darajasiga qarab aniqlanadi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimining innovatsion salohiyati hududlar, tarmoqlar, sohalar, korxonalar va insonlarning innovatsion salohiyatlari jamlanmasini o‘zida mujassamlashtiradi.
Mamlakatning innovatsion salohiyati bir tomondan, innovatsion faoliyatni tashkil etish uchun muhim bo‘lgan mamlakatdagi mavjud yalpi resurslarni, ikkinchi tomondan - takror ishlab chiqarish jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil etish, barcha innovatsion imkoniyatlarni turli xo‘jalik subyektlari faoliyatida iqtisodiy munosabatlar tizimini shakllanishidan iborat bo‘ladi.
Hududning innovatsion salohiyati tarmoq va korxona innovatsion salohiyatlarining birlashish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Hududning innovatsion salohiyati uning yalpi innovatsion imkoniyatlari, takror ishlab chiqarish jarayonida innovatsion faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi va hududning yalpi innovatsion resurslari bilan ifodalanadi.
Tarmoqning innovatsion salohiyati deganda iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarmoqlar innovatsion imkoniyatining shakllanishi bo‘yicha turli xo‘jalik faoliyatidagi subyektlarning
takror ishlab chiqarish jarayonidagi innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Innovatsion salohiyat korxonalar darajasida iqtisodiy munosabatlar tizimini turli xo‘jalik faoliyatidagi subyektlar takror ishlab chiqarish jarayonida innovatsion faoliyatni amalga oshirishi uchun korxonaning innovatsion imkoniyati shakllanishi ifodalaydi. Ushbu imkoniyat korxonaning innovatsion resurslari jamlanmasi bilan ta’minlanadi.
Cheklangan resurslar sharoitida mavjud salohiyatdan samarali foydalanish va yangi tovar hamda xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Innovatsion salohiyatni turli darajalarda tahlil qilish mumkin: makrodarajada (mamlakat miqyosida), mezodarajada (tarmoq yoki soha miqyosida) va mikrodarajada (korxonalar miqyosida).
Makro darajada innovatsion salohiyat mamlakatdagi innovatsion faoliyat uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va nomoddiy ne’matlarni yig‘indisi bo‘lib quyidagi elementlardan iborat:
Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiyotda innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish uchun ilmiy-texnikaviy, investitsion, ya’ni, innovatsion faoliyatga yo‘naltiriladigan moliyaviy imkoniyatlarni; intellektual va iste’molchilik salohiyatni, resurs salohiyatini, ya’ni, texnologiyalar, uskunalar, asosiy fondlar, mehnat resurlari, axborot resurslarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish va rivojlantirish zarur. Bu erda intellektual salohiyat deganda, innovatsiyalarni joriy etishga etarli bo‘lgan insonlarning aqliy qobiliyatlari tushuniladi. Iste’molchilik salohiyati yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarga nafaqat ehtiyoj, balki pul bilan qoplangan talabning mavjudligini anglatadi. Infratuzilma salohiyati esa, innovatsion jarayon uzluksizligini ta’minlaydi va o‘z ichiga ishlab chiqarish, ijtimoiy, innovatsion infratuzilma obbyektlarini qamrab oladi.
Innovatsion salohiyatni makrodarajada tahlil qiladigan bo‘lsak, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati ish samaradorligini yanada sifatli,
innovatsion asosda amalga oshiradigan jami obbyektiv sharoitlari (imkoniyatlari)ni to‘laligicha o‘zida aks ettiradi.
Uning tarkibiy qismlari quyidagilar .

    1. Iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradigan ilmiy-texnik salohiyat.

    2. Milliy iqtisodiyotda innovatsion rivojlanishning resurs salohiyati:

  • zamonaviy ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari;

  • mavjud materiallar va xomashyo;

  • innovatsion rivojlanishni ta’minlaydigan axborot resurslari;

  • innovatsiyada bevosita novatsiyani qamrab oluvchi inson resurslari;

    1. Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish imkoniyati sifatida qaraladigan investitsion salohiyat .

    2. Innovatsion jarayonning ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo‘lgan industrial, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmani ifodalovchi infratuzilmaviy salohiyat.

    3. Inson resurslarining tashabbuskorlik, innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish, innovatsion jarayonni amalga oshirish va innovatsiyalarni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi intellektual salohiyat.

    4. Iqtisodiy tizimning iste’molchi salohiyati iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish darajasi va imkoniyatlarini yaratish imkoniyati, samarali talabning mavjudligi sifatida namoyon bo‘ladi.

    5. Tadbirkorlik salohiyati innovatsion jarayonda ishtirok etuvchilar tomonidan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etuvchisi sifatida qaraladi.

Tarmoq darajasidagi innovatsion salohiyat ular faoliyatining davomiyligidan va rivojlangan texnologiyalar ta’siridan kelib chiqqan holda tarmoqlarning mustaqil ravishda rivojlanish imkoniyatlarini belgilab beradi. O‘z navbatida, tarmoqlarning ilmiy-texnik salohiyati, ustuvor tarmoqlarda amaliyotga tadbiq etish uchun innovatsion resurslarni ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.
Tarmoq darajasida resurs salohiyati korxonalar va sanoatning innovatsion rivojlanish talablariga mos keladigan imkoniyat sifatida quyidagi tarkibiy qismlar orqali amalga oshiriladi:

  • sanoatning umumiy aktivlari (ishlab chiqarish mashinalari, uskunalar);

  • mavjud xomashyo va materiallar (aylanma mablag‘lar);

  • axborot resurslari,

  • sanoat korxonalaridagi jami bo‘sh turgan moliyaviy resurslari;

  • innovatsion jarayonni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishchi kuchi resurslari.

Tarmoqlardagi ishchi kuchi resurslarining tashabbuskorligi, tadbirkorlik layoqati, yangiliklarni amaliyotga joriy etishi, innovatsion jarayonlarni amalga oshirish va uni yaxshi qabul qila olish imkoniyatlari intelektual salohiyat hisoblanadi.
Tarmoqning iste’mol salohiyati ularning mahsuloti egallagan bozor segmentini saqlab qolish va uning hajmini oshirish imkoniyati hamda iste’molchining ushbu mahsulotlardan yuqori darajada naflilikka erishishi sifatida qaraladi.
Hozirgi kunda ilmiy-texnikaviy sohaning, ya’ni, fan, ta’lim, texnika taraqqiyoti, texnologiya bozorining rivojlanishi iqtisodiy o‘sishning barqaror davom etishi uchun asos yaratib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim omillardan biri sanaladi. Innovatsion salohiyat jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida imkoniyatlarni kengaytiradi, kapital va tabiiy resurslarni tejaydi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holatda fan texnika taraqqiyoti hamda ishchi kuchi innovatsion faolligi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatda ham shuncha katta innovatsion salohiyat vujudga keladi.
“Innovatsion salohiyat” tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi. Iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi sifatida innovatsion salohiyat ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi murakkab mexanizm bilan belgilanadi. Bundan kelib chiqqan holda innovatsion salohiyat: bir
tomondan, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli xil resurslar to‘plami; ikkinchidan, turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy munosabatlar tizimini takomillashtirish jarayonida innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun umumiy innovatsion salohiyatni shakllantirishga qaratilgan majmua hisoblanadi.
Innovatsion salohiyat - har qanday tizimda jamiyat rivojlanishi uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy resurslarning miqdori hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy resurslar uchta asosiy sektor o‘rtasida taqsimlanadi: ilmiy-texnik, ta’lim, investitsion. Ushbu taqsimot natijasida ilmiy-texnik salohiyat, ta’lim salohiyati va investitsion salohiyat shakllantiriladi. Ushbu segmentlarning jamlanmasi makroiqtisodiy darajada innovatsion salohiyatini tashkil etadi.
Innovatsion salohiyatning tuzilishini uchta tarkibiy qism (resurs, ichki va natijali) bir-birining o‘rnini egallashi, to‘ldirishi va birlashishi bilan ifodalanadi hamda ularni qo‘llash jarayonida yagona tarkibiy qism sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, innovatsion salohiyatning taklif etilayotgan tuzilmasi to‘liq emas, chunki u innovatsion faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllarini va innovatsion faoliyatni boshqarishning cheklangan darajadaligi, ilm-fan materiallari yoki intellektual mahsulot, shuningdek, ilmiy muassasalar, loyiha tashkilotlari va innovatsion korxonalar tarmoqlarini (innovatsion salohiyatning tashkiliy komponent) o‘z ichiga olmaydi.
Innovatsion salohiyatning asosi - xodimlar, tashkiliy, moddiy va texnik axborot, boshqaruv va moliyaviy komponentlar, shuningdek, ilmiy-texnik komponentlari hisoblanadi.
V.K.Lisin va V.N.Fridlyanovlar31 sanoat va ilmiy-texnik tashkilotlarning innovatsion salohiyati to‘rt qismdan iborat deb hisoblaydilar:

  1. Xususiy ishlanmalar va ixtirolarning ilmiy-texnik jarayonning uzluksizligini ta’minlash uchun tayyorlab qo‘yilgan zahirasi;

  2. Korxona va tashkilotlarning o‘z infratuzilmasini ta’minlovchi innovatsion imkoniyatlar.






31 Фридлянов В.Н., Лисин В.К. Развития промышленности как основы национальной инновационной системы. // Инновации. –М.: 2003 №2. с.9

  1. Xususiy ishlanmalar va ixtirolarning ilmiy-texnik jarayonning uzluksizligini ta’minlash uchun tayyorlab qo‘yilgan zahirasi;

  2. Korxona va tashkilotlarning o‘z infratuzilmasini ta’minlovchi innovatsion imkoniyatlar.

  3. Innovatsion salohiyatni sanoat korxonalarida jamlangan salohiyatning boshqa qismlari bilan hamkorligini aks ettiruvchi va innovatsion tsikl natijali bo‘lishini ta’minlashga ta’sir etadigan tashqi va ichki omillar.

  4. Innovatsion madaniyat darajasi, korxona va tashkilot xodimlarining yangiliklarni qabul qilish darajasi, uning innovatsiyalarni yangiliklar sifatida kiritilishiga tayyorligi va imkoniyatlari.

A.A.Trifilova32 innovatsion salohiyatning unsurlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:

  1. Innovatsiyaga mo‘ljallangan qismlar;

  2. Malakali kadrlar tarkibi;

  3. Moliyaviy resurslar (boyliklar);

  4. Moddiy-texnik ta’minlanish;

  5. Intellektual (aqliy) mulk;

  6. Innovatsion faoliyat natijalarini yuksaltirishning qo‘shimcha manbalari.

B.Santo33 innovatsion salohiyatni shakllantirish va kengaytirish omillariga quyidagilarni kiritadi:

  1. Insonning tasavvur kuchi va ijodiy imkoniyatlari (qobiliyatlari);

  2. Tadqiqotlar va ishlanmalarning foydaliligi;

  3. G‘oyalar, ixtirolar, ishlab chiqarish va savdo sirlarini himoya qilish;

  4. Ilk mablag‘ (kapital)larning miqdori;

  5. Zarur vositalarni sotib olish imkoniyatlari;

  6. Ishchi kuchining soni va tarkibi;

  7. Raqobat;

  8. Iqtisodiy sharoitlar va hukumat me’yoriy-huquqiy tizimining boshqarilishi va rivojlanish tendentsiyalarini oldindan aytib berish imkoniyatlari.

D.I.Kokurin34 innovatsion salohiyatni resursli, natijali va ichki tuzilmalarning jamlanmasi sifatida ta’riflaydi.
Yuqorida innovatsion salohiyat tarkibiy tuzilishiga oid yondashuvlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki ularda innovatsion salohiyat tuzilishini yoritishda bir qator unsurlarni e’tibordan chetda qoldirgan. Chunki, ular ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy shakllari, jarayonlarni innovatsion faoliyat bilan boshqarishning eng oxirgi, ilmga boy, moddiy yoki aqliy mahsulotlarni (innovatsion salohiyat tuzilishini boshqaradigan), shuningdek, ilmiy muassasalar, loyiha-konstruktsiyalash






32 Трифилова А.А. Оценка эффективности инновационного развития предприятия. –М.: Финансы и статистика. 2005. -с.34
33 Санто Б. Инновация и глобальный интеллектуализм. –М.: Инновации. 2006. №9. с.32
tashkilotlari va innovatsion korxonalar tarmog‘ini (innovatsion salohiyatni tuzilishini tashkil etadigan) e’tibordan chetda qoldirishgan.
Innovatsion salohiyat asosini, malakali kadrlar, professional tashkiliy tuzilma, moddiy-texnik baza, kuchli axborot manbalari, zamonaviy boshqaruv usullari, moliyaviy barqarorlik va ilmiy-texnik tuzilmalar tashkil qiladi.
Innovatsion salohiyatning mohiyati uning quyidagi vazifalarida namoyon bo‘ladi:

  1. Ilmiy vazifa. Bunda innovatsion salohiyat fanning rivojlanishiga, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning yangi qonuniyat va tamoyillari yaratilishiga hamda yangi sohalarga yo‘l ochilishiga ko‘maklashadi, shuningdek, g‘oyalar generatori sifatida harakat qiladi.

  2. Texnik vazifa. Bunda innovatsion salohiyat yangilangan, mukammallashgan mahsulot yaratish vositalarini ishlab chiqarish va o‘zlashtirishga imkon beradi.

  3. Ijtimoiy vazifa. Bunda innovatsion salohiyat mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat sohalaridagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi.

Birlashgan millatlar tashkilotining YuNKTAD bo‘linmasi innovatsion salohiyatning uchta tarkibiy qismlarini alohida ajratib bergan:

  1. innovatsiyalarga bo‘lgan sarmoyalar, ya’ni, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish uchun qo‘llanilgan chora-tadbirlar va investitsiyalar;

  2. davlat tomonidan amalga oshirilgan innovatsion faoliyat va fundamental tadqiqotlar natijalari;

v) xususiy sektor tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-texnologik faoliyatning amaliy natijalari.
Mazkur uchta yo‘nalishdagi tahlillar milliy innovatsiya tizimining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashda YuNKTAD mutaxasisslari tomonidan tavsiya etilgan.
Rivojlanish salohiyati mamlakatning imitatsion texnologik rivojlanish imkoniyatini belgilaydi. Uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib, xalqaro savdo uchun milliy tizimning ochiqligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, litsenziyalash va ishchi kuchi salohiyati hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu unsurlar nafaqat innovatsion rivojlanish, balki, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun ham ahamiyatlidir.
Bundan tashqari, innovatsion salohiyatni oshirishda makroiqtisodiy barqarorlik, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tizimi va iqtisodiyotdagi raqobat muhiti ham muhim rol o‘ynaydi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va ularning ijodiy sa’y-harakatlari, energetikasi va moliyaviy kapitalini investitsiyalash uchun etarli darajada rag‘batlanganligini ta’minlaydi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatning ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini barqaror saqlash hamda rivojlantirish zarur. Buning uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:






34 Кокурин Д.И. Инновации в России: системно-институциональный анализ. Монография. –М.: ТрансЛит. 2011. с.376

  1. Ijtimoiy vazifa. Bunda innovatsion salohiyat mehnat sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat sohalaridagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi.

Birlashgan millatlar tashkilotining YuNKTAD bo‘linmasi innovatsion salohiyatning uchta tarkibiy qismlarini alohida ajratib bergan:

  1. Innovatsiyalarga bo‘lgan sarmoyalar, ya’ni, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish uchun qo‘llanilgan chora-tadbirlar va investitsiyalar;

  2. davlat tomonidan amalga oshirilgan innovatsion faoliyat va fundamental tadqiqotlar natijalari;

v) xususiy sektor tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-texnologik faoliyatning amaliy natijalari.
Mazkur uchta yo‘nalishdagi tahlillar milliy innovatsiya tizimining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashda YuNKTAD mutaxasisslari tomonidan tavsiya etilgan.
Rivojlanish salohiyati mamlakatning imitatsion texnologik rivojlanish imkoniyatini belgilaydi. Uning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib, xalqaro savdo uchun milliy tizimning ochiqligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, litsenziyalash va ishchi kuchi salohiyati hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu unsurlar nafaqat innovatsion rivojlanish, balki, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun ham ahamiyatlidir.
Bundan tashqari, innovatsion salohiyatni oshirishda makroiqtisodiy barqarorlik, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tizimi va iqtisodiyotdagi raqobat muhiti ham muhim rol o‘ynaydi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va ularning ijodiy sa’y-harakatlari, energetikasi va moliyaviy kapitalini investitsiyalash uchun etarli darajada rag‘batlanganligini ta’minlaydi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mamlakatning ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini barqaror saqlash hamda rivojlantirish zarur. Buning uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:

  • milliy iqtisodiyotning turli sohalarida to‘plangan ilmiy-texnik salohiyatni restrukturizatsiyalashtirish;

  • amaldagi konunchilikka innovatsion sohadagi faollikni yanada jadallashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradigan yangi o‘zgartirishlar kiritish;

  • ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratish uchun qarovsiz qolgan, maqsadga muvofiq ravishda ishlatilmayotgan mulk hisobidan alohida jamg‘arma yaratish;

  • qiymati yuqori bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanib, ilm-fan yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun lizing mexanizmlarini jadal rivojlantirish;

  • innovatsion faoliyat ko‘lamlarini kengaytirish hamda respublikada kapital bozorini shakllantirib, uni rivojlantirish uchun bank kreditlarini jalb etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;

  • respublika miqyosida yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib, boshqarib turadigan maxsus innovatsion markazlarni yaratish;

  • respublikaning eng bilimli, tajribali, professional ilmiy-texnik xodimlari, olimlari va mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion loyihalarni ishlab chiqib, ularni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik, ushbu faoliyatni boshqarib turadigan institutni yaratish maqsadga muvofiqdir.

  1. Yüklə 234 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin