9-Mavzu: Integral microsxemalar haqida umumiyma’lumotlar



Yüklə 159,97 Kb.
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü159,97 Kb.
#126319
1   2   3   4
9-dars-микросхемалар (1)

Loyiha darajasi.
Fizik xossasi – bitta tranzistorda amalga oshirish usuli (YOKI-katta bo‘lmagan guruhlarda) maxsus ravishda kristall zonasi ko‘rinishida.
Elektr-prinsipial elektr sxemasi (tranzistorlar, kondensatorlar, rezistorlar va hokazo).
Mantiqiy – mantiqiy sxema (mantiqiy inventorlar, elementlar YOKI-YO‘Q, HAYO‘Q) Sxema va texnik tartib darajasi – sxemo- va texnik tartib sxemalari (triggerlar, komparatorlar, shifratorlar, deshifratorlar va hokazolar).
Topologiyasi – ishlab chiqarishga topologik fotoshablon.
Dasturlashtirilgan darajasi (mikrokontroller va mikroprotsessorlar uchun) dasturchilar uchun assembler buyruqlari.
Hozirgi vaqtda integral sxemalarning katta qismi SAPR yordamida integral sxema tayyorlanadi, qaysi biri avtomatlashtirishga ruxsat berilsa, topologik fotoshablonni olish anchagina tezlashadi.
Elementlarni bir-biriga qo‘shib (integrallash) turkumlarga ajralish darajasi. MDH davlatlarida integrallash darajasi elementlarining soni. Kristallda 100 tagacha element joylashtirilsa, mitti integral sxema (МИС – малая интекгральная схема), 1000 tagacha element joylashtirilsa, o‘rta me’yordagi integral sxema (СИС – средняя интегральная схема), 10000 tagacha element joylashtirilsa, katta integral sxema (БИС – большая интегральная схема), 1 million element joylashtirilsa, o‘ta katta integral sxema (СБИС – сверхбольшая интегральная схема), 1 milliardgacha element joylashtirilsa, ultrakatta integral sxema (УБИС – ультрабольшая интегральная схема), 1 millarddan ko‘p element joylashtirilsa, gigakatta integral sxema (ГБИС – гигабольшая интегральная схема) deyiladi (lekin amaliyotda hozirgi kunda GBISlar qo‘llanilmaydi). Texnik tayyorlanishi.
Yarimo‘tkazgichli mikrosxema hamma elementlar va uning oralig‘idagi elementlar ulanishi bitta yarimo‘tkazgichli kristallda tayyorlanadi (masalan, kremniy, germaniy, galliy). Plyonkali mikrosxema hamma elementlar va elementlar oralig‘i plyonka sifatida ulab bajarilgan; Qalin plyonkali integral mikrosxema
Yupqa plyonkali integral mikrosxema
Gibridli mikrosxema yarimo‘tkazgichli kristalldan tashqari bir-necha korpussiz diodni saqlaydi, boshqa elektron komponentlar bitta korpusga joylashtirilgan. Signallarni qayta tiklaydigan turlari 3 xil bo‘ladi: analogli, raqamli va analogliraqamli.
Analogli mikrosxemalar – kirish va chiqish signallari o‘zgarishi cheksiz funksiya qonuni bo‘yicha musbatdan manfiygacha oziqlanish kuchlanishi.
Raqamli mikrosxemalar – kirish va chiqish signallari ikki ahamiyatga ega mantiqiy nol yoki mantiqiy bir, ularning muayyan tegishli diapazon kuchlanishi har biri uchun bir xil.
Analogli-raqamli mikrosxema ikki vazifani birga o‘taydi, ular raqamli va analogli signallarni qayta ishlaydi. Texnologiyaning rivojlanishi kengayib bormoqda, shuning uchun bunday mikrosxemalar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.

Yüklə 159,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin