A. A. Yusupxodjayev, M. S. Saidova



Yüklə 7,34 Mb.
səhifə29/98
tarix01.12.2023
ölçüsü7,34 Mb.
#136896
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
2 (4)

1.9-rasm. Titrlash uskunasi
Titrlashga sarflangan reaktiv eritmasining hajmini byuretkadan o‘lchab olingan miqdor eritmaning titriga ko‘paytirilsa, reaktivning grammlarda ifodalangan miqdori topiladi. Bundan reaksiyaning tenglamasi bo‘yicha eritmadagi aniqlanayotgan modda miqdorini agar eritmaning hajmi ma’lum bo‘lsa, uning titrini topish qiyin emas.Analatik tarozida tortish byuretkada hajm o‘lchashga nisbatan aniqroq bo‘lgani uchun, tortma tahlil hajmiy tahlilga nisbatan aniqroq bo‘ladi. Lekin to‘g‘ri ishlansa bu farq shunchalik oz bo‘ladiki, ko‘pincha uni nazarga olmaslik ham mumkin. Shuning uchun, tahlilni tezroq bajariladigan hajmiy metod bilan olib borishga harakat qilinadi.
Titrlashni turli usullar yordamida amalga oshirish mumkin.
To‘g‘ri, teskari va almashtirib titrlash usullari ma’lum. To‘g ri titrlashda aniqlanayotgan modda eritmasiga oz-oz miqdorida titrant beriladi. Masalan,
NaOH + HCl → NaCl + H2O
NaCl + AgNO3→ AgCl↓ + NaNO3
Teskari titrlashda ikkita titrantdan foydalaniladi. Tekshirilayotgan moddaga avval titrant 1 dan ortiqcha miqdorda qo‘shiladi.Titrant 1 ning reaksiyaga kirishmay, ortib qolgan qismini titrant 2 bilan titrlaymiz. Titrant 1 moddasi bilan reaksiyaga kirishish uchun sarf bo‘lgan miqdori uning hammasi bo‘lib qo‘shilgan miqdoridan titrlash uchun sarf bo‘lgan miqdorining ayirmasidan topiladi. Masalan, eritmadagi NaCl miqdorini AgNO3 eritmasi yordamida to‘g‘ ri titrlash yo‘li bilan aniqlash mumkin, natriy xloridning miqdorini shuningdek, teskari titrlash usuli bilan ham aniqlash mumkin, buning uchun ortiqcha miqdorda titrant AgNO3 eritmasidan qo‘shiladi va uning AgNO3 reaksiyaga kirishmagan qismini titrant 2 eritmasi bilan titrlanadi. NaCl bilan reaksiyaga kirishgan kumush nitrat eritmaning miqdori V, uning umumiy qo‘shilgan miqdori V1va V2 – NH4CNS moddasi eritmasi bilan titrlangan miqdori orasidagi farq bilan aniqlanadi:
V=V1-V2;
NaCl + AgNO3 = AgCl↓ + NaNO3 ortiqcha miqdori,
AgNO3 + NH4CNS = AgCNS↓ + NH4NO3 qolgan miqdori
qachonki, moddani to‘g‘ri yoki teskari titrlash usullari mumkin emas bo‘lsa, almashtirib titrlash usulidan foydalaniladi. Bunda tekshirilayotgan moddaga shunday bir modda qo‘shiladiki, u ta’sirlanishi natijasida ma’lum ekvivalent miqdorda mahsulot hosil bo‘ladi, mos keladigan titrant yordamida titrlanadi. Masalan, K2Cr2O7, KJ va HCl qo‘shib aniqlanadi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan U2ning miqdorini Na2S2O3 bilan titrlab aniqlanadi:
K2Cr2O7 + 6KJ + 14HCl = 2CrCl3 + 3J2 + 8KCl + 7H2O
J2+Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6
Teskari titrlash sekin boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishlatiladi. Bunda titrlanayotgan aralashmaga titrant (1) dan ortiqcha miqdorda qo‘shiladi va ma’lum muddat tindiriladi (reaksiya oxirigacha borishi uchun). Keyin titrantning ortiqcha miqdori boshqa titrant 2 yordamida titrlanadi.Bu usul masalan, olganda, sulfidlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Natriy sulfid eritmasiga titrant 1-J2 eritmasidan ortiqcha miqdorda qo‘shiladi, uning shu ortiqcha miqdorini titrant 2-Na2S2O3 eritmasi bilan titrlanadi, reaksiya quyidagicha boradi:

Na2S + J2 + 2HCl = S↓ + 2NaCl + 2HJ


J2+ 2Na2S2O3 = Na2S4O6 + 2NaJ

Almashib titrlash usuli, aniqlanayotgan moddaning biror boshqa modda bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotga ekvivalent miqdorida ajralib chiqadigan o‘rinbosar moddani aniqlashda ishlatiladi. Bu usul yordamida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kirishmaydigan moddalar titrlanadi. Masalan, CaCO3 ni HCl da eritib, tahlil qilish mumkin. Eritma neytrallashtirilgandan keyin ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 yordamida CaC2O4 holida cho‘kmaga tushiriladi. Cho‘kmaga H2SO4 yordamida ishlov beriladi va hosil bo‘lgan oksalat kislota (o‘rinbosar modda) KMnO4 eritmasi bilan titrlanadi, reaksiyalar quyidagicha sodir bo‘ladi:


↓CaCO3 + 2HCl → CaCl2 + H2CO3
CaCl2 + (NH4)2C2O4→ CaC2O4↓ + 2NH4Cl
↓CaC2O4 + H2SO4→ CaSO4 + H2C2O4
5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 → 2MnSO4 + 10CO2↑ + 8H2O +K2SO4

Titrlashga asos bo‘ladigan har qanday reaksiya bir qator talablarga javob berishi kerak.





Yüklə 7,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin