A. A. Yusupxodjayev, M. S. Saidova



Yüklə 7,34 Mb.
səhifə28/98
tarix01.12.2023
ölçüsü7,34 Mb.
#136896
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
2 (4)

Nazorat savollari:

  1. Gravimetrik va tlеktrоgrаvimеtrik tahlillar nimani aniqlashga asoslangan?

  2. Gravimetrik tahlil necha turga bo‘linadi?

  3. O‘ta kuchlanish deb nimaga aytiladi?

  4. Ajralishdagi kuchlanish deb nimaga aytiladi?

1.8. HAJMIY (ТITRIMETRIK) TAHLIL. HAJMIY TAHLILNING MOHIYATI
Hajmiy tahlil bajarilish tezligi jihatidan tortma tahlilga nisbatan katta afzalliklarga ega. Hajmiy tahlilda reksiya mahsulotini tarozida tortish o‘rniga, reaksiyaga sarflangan va konsentratsiyasi yoki, boshqacha aytganda, titri aniq ma’lum bo‘lgan reaktiv eritmasining hajmi o‘lchanadi va shuning uchun aniqlash tez bo‘ladi. Ya’ni titrimetrik tahlilda ekvivalent miqdorida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o‘lchanadi va ulardan birining ma’lum konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma’lum konsentratsiyasi aniqlanadi. Konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan va uning yordamida boshqa eritmadagi moddaning miqdori aniqlanadigan eritma titrlangan yoki standart ishchi eritma deb ataladi.
Titr deb, odatda, 1 ml eritmadagi erigan moddaning grammlar soniga aytiladi.Masalan, H2SO4 ning titri 0,0049 g/ml ga teng, ya’ni bu sulfat kislota shu eritmasining har bir millilitrida 0,0049 g H2SO4 bo‘lishini ko‘rsatadi. Titr T harf bilan belgilanadi:
TH2SO4 = 0,0049 g/ml
Titri aniq ma’lum bo‘lgan eritma titrlangan eritma deyiladi.Tomchiatgich uchun qurilma 1.8-rasmda keltirilgan.



1.8-rasm. Tomchilatgich uchun qurilma

Tahlil reaktivning titrlangan eritmasi byuretka deb ataladigan o‘lchov idishiga solinadi va aniq o‘lchamgacha keltiriladi, shundan keyin hajmiy tahlilning eng muhim operatsiyalaridan biri titri aniq ishchi eritmani konsentratsiyasi aniqlanishi kerak bo‘lgan modda eritmasiga asta-sekin qo‘shish, ya’ni titrlashdir (titrlash operatsiya). Eritmalarni titrlash – ikkala eritmadagi erigan moddalarning o‘zaro ekvi-valent miqdorini topishdir.Titrlashning qo‘shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo‘lgan payt ekvivalent nuqta deb ataladi.Ekvivalent nuqtani aniqlash eritma rangining o‘zgarishiga, titrlanayotgan eritmaning fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishiga yoki indikatorlar qo‘llanishiga asoslanadi.


Ekvivalent nuqtaga erishilgandan so‘ng titrlash to‘xtatiladi. Titri aniq ishchi eritmaning sarflangan hajmi vakonsentratsiyasiga asoslanib tahlil natijasi hisoblanadi. Aytaylik, eritmadagi sulfat kislota miqdorini aniqlash kerak bo‘lsin. Buning uchun konussimon kolbaga tahlil qilinadigan eritmadan aniq hajmi o‘lchab pipetka bilan (1.9-rasm) va unga byuretka orqali tomchilatib titri aniq natriy gidroksid eritmasi tomiziladi. Ekvivalent nuqtasini aniqlash uchun fenolftaleindan foydalaniladi, chunki eritma bir tomchi ortiqcha natriy gidroksid ta’siridan ham pushti rangga bo‘yaladi. Kislota eritmalarida esa fenolftalein rangsiz bo‘ladi.






Yüklə 7,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin