A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 270,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.07.2023
ölçüsü270,58 Kb.
#128540
1   2   3
005Gt6tRZsnzcMLAEvjaITSAXxQvsNRFc1eIuwPT-1

 
Ta’kidiydiktant 
 
Mehnat – mehnatning tagi rohat 
Mehnat inson hayotini bezaydi. Uni elga tanitadi, ulug‘laydi. Obro‘-
e’tiborini oshiradi.Mehnat qilgan odamning vaqti bekor ketmaydi. Orzu-
maqsadiga erishadi. Bitirgan ishi bilan quvonadi. 
O‘quvchi uchun asosiy mehnat o‘qishdir. O‘qish uchun sabr-toqat, iroda 
kerak. Mehnatga yoshlikdan o‘rganish kerak. Darslarni qunt bilan tinglash, uy 
vazifalarini vaqtida bajarish ham mehnatdir. Qunt bilan qilingan ishning oqibati 
yaxshi bo‘ladi. Qunt bilan ishlashga odatlaning. (65 so‘z) 
Topshiriq. 
Mаtndаgi juft so‘zlаrni аniqlаng. 
Natija:Matnda so‘zlarni to‘g‘ri yozish va juft so‘zlarimlosini 
o‘rganishadi. 
O‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish lug‘at ustida ishlashni 
tashkil etish, ularning nutqini o‘stirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida 
yozma savodxonlikni oshirishning bir necha omillari bo‘lib, bularga mantiqiy 
fikrlash, xotira ziyrakligi kabilar kiradi. O‘quvchilarning savodxonligini 
oshirishda so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish muhim rol o‘ynaydi, ya’ni bu 
o‘rinda yozma mashqlarning ahamiyati katta. O‘qituvchi o‘quvchilarga 


so‘zlarning qanday yozilishi haqida izchillik bilan bilim berib boradi. Natijada 
ularning lug‘at boyligi o‘tilgan mavzularga oid so‘zlar hisobiga boyiydi.
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birik-masi 
aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud 
boigan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksiko 
deyiladi. Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir. 
Leksikologiya lug‘at tarkibidagi so‘zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, 
qo‘llanish faolligi, boyib borislii, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib 
ketishi, ma’no ko‘chish hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya 
lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. 
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, 
mazmunga mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikda 
joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan 
bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon 
etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-
xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim 
sharti hisoblanadi. 
O‘quvchi lug‘atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o‘rab olgan muhit, 
tabiat, kishilarning hayoti, kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqatlari 
asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda 
bo‘lishi natijasida so‘z, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni o‘rganadi, 


ularni o‘z so‘zlariga aylantiradi. Badiiy asarlar o‘quvchilar lug‘atini va nutqini 
boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. Ona tili darslarida badiiy asarlar 
bilan tanishish, tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar lug‘ati ma’lum mavzular 
bo‘yicha ham boyib boradi. 
Yozma savodxonlikni oshirish borasidagi yana bir usul “Imlo lug‘ati” 
bilan ishlashdir. “Imlo lug‘ati” bilan ishlash o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga 
o‘rgatishning muhim vositalaridan hisoblanadi.Ta’limning bu turi o‘quvchilarda 
kuzatuvchanlikni tarbiyalaydi, ularning nutq madaniyatini, fikrlash qobiliyatini 
o‘stradi, lug‘at boyligini kengaytiradi, o‘quvchilarda savodli yozish malakasini 
takomillashttiradi. “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga alohida e’tibor berilishi kerak. 
“Imlo lug‘ati” ustida ishlash alifboni o‘rganish bilan bog‘liq. O‘quvchilar 
alifboni yaxshi o‘rganib olgach “Imlo lug‘ati” bilan ishlashga o‘tiladi. Bunda 
ko‘roq imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Masalan, allaqaysi, 
allaqayer, parvona, vazifa, insof kabi so‘zlar tanlanadi. O‘quvchilarda “Imlo 
lug‘at’’ bor-yo‘qligini aniqlanadi, kimda lug‘at bo‘lmasa, tayyorlab qo‘yilgan 
lug‘at beriladi. Darsda “allaqaysi” so‘zini toppish topshirig‘i berilsa, o‘quvchi 
alifboni yaxshi bilsa, tezda topadi va yozisho‘qishni yaxshi o‘zlashtirib oladi. 
Bunda shunday xam bo‘ladi-ki o‘quvchi ayrim so‘zlarning birinchi harfini 
bilmaganligi uchun qiynaladi. Bu ko‘proq p yoki f , x va H xarflarini bilan 
boshlanuvchi so‘zlarda kuzatiladi. Mashqlarning bu turi, bir tomondan, 
o‘quvchilarni alifbodan foydalanishda o‘rgatsa, ikkinchi tomondan, topilgan 
so‘zlarning yozilishini esda saqlab qolishiga yordam beradi. Har bir o‘quvchi 
savodxonlikni oshirishda imlo lug‘atidan foydalanishi juda muhim. Lug‘at 
daftarlarini yuritish ham ijobiy natija beradi. Uyga vazifalar ham ko‘proq imlo 
bilan ishlashni ko‘zda tutsa, bu savodxonlikni oshirishda yaxshi samara beradi. 
Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishdaginyana bir usul 
“Lug‘at doskasi” dir. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda “Lug‘at 
doskasi”dan ham keng foydalaniladi.O‘quvchilarning yozma ishlarida 
ko‘pincha xato yozilgan so‘zlar, yozilishi haar xil bo‘lgan so‘zlar, Ruscha va 
internotsional so‘zlar “Lug‘at doskasi” orqali o‘rnatiladi va har haftada yangilab 
turiladi. O‘quvchilar ko‘proq qo‘shma otlarda adashishlarini inobatga olib
mashqlarni shunga qaratish kerak. Masalan: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, 
ko‘zoynak, nosqovoq kabi. Bugungi kunda texnika tez sur’atlar bilan rivojlanib 
borayotganligi sababli boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni ham yozib 
yuborish talab etiladi. Masalan: akademik, akkordeon, aksionerlik, kalkulator
kaleydoskop.


Yozma savodxonlikda “Xatolarni tuzatish” usuli alohida o‘rin tutadi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning yozma ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormaasa, 
o‘quvchi kekyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi yoki beparvo qaraydi. 
O‘quvchi o‘zining har qanday yozma ishi o‘qituvchining e’tiborida bo‘lishini 
sezib turishi kerak. Bu o‘quvchiga ruhiy dalda beradi. Xatolarni tuzatishga 
o‘quvchining o‘zini jalb qilish kerak. Sinfda bajarilgan mashqlar shu yerning 
o‘zida o‘qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o‘quvchi o‘z yozganlarini 
tekshiradi va xatolarini tuzatadi.

Yüklə 270,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin