Simatic s7 dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar bilan tanishish. Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari



Yüklə 137,93 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü137,93 Kb.
#140660
1-amaliyot


1-Amaliy mashg‘ulot: SIMATIC S7 dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar bilan tanishish.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari

Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mơljallangan bơlib, barcha arifmetik va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmlarda xisoblash mashinalarida qơllaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari keltirilgan.




«VA» - mantiqiy kơpaytirish, «Konyunktsiya» elementi



X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya`ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z chiqishda “1” signali xosil bơladi (ya`ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya`ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan xolda bơlsa), chiqishda «0» signali xosil bơladi (ya`ni lampa ơchgan xolda bơladi).


«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X  Y , xamda Z = X·Y yoki Z = X ^ Y kơrinishlardan birortasini tasvirlanashi mumkin.


«YOKI» - mantiqiy qơshish, «Dizyunktsiya» elementi



X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa (ya`ni ulagichlar bir vaqtda ulanmagan xolda bơlsa), Z chiqishda “0” signali xosil bơladi (ya`ni lampa ơchiq xolda bơladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya`ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda k-kalasi ulansa), chiqishda «1» signali xosil bơladi (ya`ni lampa yorishadi).


«YoKI» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X+Y xamda Z = XvY kurinishlarda tasvirlanadi.


«INKOR» - mantisiy inkor etish («EMAS») elementi



«INKOR» elementining chiqishidagi son uning kirishidagi songa nisbatan teskari kodga ega bơladi.


«INKOR» elementi mantiqiy funksiya sifatida kơrinishda tasvirlanadi.


«VA – INKOR» - mantiqiy kơpaytirishning inkori elementi



X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa, Z chiqishda “0” signali xosil bơladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa, chiqishda «1» signali xosil bơladi.




«YOKI - INKOR» - mantiqiy qơshishning inkori elementi



X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa, Z chiqishda “1” signali xosil bơladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa, chiqishda «0» signali xosil bơladi.




1.2. Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari.

Raqamli hisoblash texnikasida asos elementlari bơlib mantiqiy “VA”, “YOKI” hamda “INKOR” elementlari xizmat qiladi.


Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalarining bir qator turlari mavjud bơlib, ularning xar biri ơz yutuq va kamchiliklariga ega.
Masalan:
- unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnalogiyalar (n-MOP, p-MOP, KMOP) kristalda joylashgan elementlar zichligini yuqoriligi, kam quvvat talabligi, narhining arzonligi bilan xarakterlanadi, lekin tashqi tasirlarga ơta ta`sirchan, nisbatan tezkorligi past;
- bipolyar texnologiyadagi (DTL, TTL, TTLDSh, ESL, I2L) elementlar ơta tezkorligi va ishonchli ishlashi bilan xarakterlanadi, lekin elementlar zichligi kam va kơp energiya talab qiladi, tan narxi qimmat;
- integral-injeksion texnologiyadagi (I2L) elementlar yuqoridagi ikki texnologiya orasidagi kơrsatkichlarga ega.


1.1­rasm. Mantiqiy elementlar: а) «yoki» elementi; b) «va» elementi;


c) «inkor» elementi.



1.3. Mantiqiy elementlar asosida turli qurilmalarni loyihalash.

Raqamli xisoblash texnikasining asosiy qurilmalaridan biri – summatordir. Bir razryadli ikkilik sonlarni qơshish uchun qơllaniladigan «Yarim summator» sxemasini loyihalash jarayonini kơrib chiqamiz:


Berilgan “a” xamda “b” bir razryadli ikkilik sonlarni qơshish natijasida “s” - yig’indi razryadi va “p”- ơtish razryadi xosil bơladi.
“a” va “b” bir razryadli qơshiluvchilardan faqat bittasi «1» ga teng bơlsa, yig’indi razryadi s=1 bơladi, “a” va “b” bir vaqtda «1» ga teng bơlgandagina p=1 bơladi. Shu xolatlar uchun mantiqiy funksiyalar quyidagi kơrinishga ega bơladi:

Bir razryadli yarim summator sxemasini shu ifodalarga mos ravishda mantiqiy elementlar asosida qurish mumkin.

1.2-rasm. Bir razryadli yarim summatorning sxemasi.


Nazorat savollari
1. Mantiqiy elementlar.
2. Va mantiqiy elementi?
3.Yoki mantiqiy elementi?
Yüklə 137,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin