A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 123,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix24.11.2023
ölçüsü123,57 Kb.
#134087
1   2   3   4
12PFfMXNp5g10kn5emEmoXC7TLKqGzktz00FeJlr

5.
 
MA’LUMOT IDROK QILISH ZANJIRI 
Inson ma’lumotni idrok qilishi ma'lum ketma-ketlikda boladi. Bu ketma-ketlik 
ma’lumotni idrok qiluvchi bloklar bilan boʻgliq. Ma’lumot birinchi boʻlib His-
tuygʻu blokidan oʻtadi. Shuning uchin ma’lumotni idrok qilish jarayonida, inson 
birinch soniyalarda ma'lumotning shakliga, uning QANDAY aytilganiga (yumshoq 
yoki qoʻpol, xayrixoh yoki agressiv, teng pozitsiyadan yoki yuqori pozitsiyadan va 
hkz) munosabat bildiradi. Keyingi soniyalarda insonning Ongi (aqli) ishtirok etishini 
boshlaydi va u ma'lumot mazmuniga, ya'ni NIMA deyilganiga qaraydi. Agar 


ma'lumot qiziq boʻlmasa, idrok etuvchi kishi uchun zarur boʻlmasa u uni 
eshitmasligi, qabul qilmasligi ham mumkin. Aksincha, agar inson kiruvchi 
ma’lumotga qiziqsa, uning zarurligini tushunsa u holda idrok tezroq borishi 
mumkin.
Keyingi bosqichda idrok etuvchining shaxsi ishtirok etishni boshlaydi va u 
ma’lumot yetkazuvchi, ya'ni KIM gapirganiga munosabat bildira boshlaydi. Agar 
ma'ruzachining (ma'lumot beruvchining) imidji ijobiy boʻlsa, u holda tinglovchi 
ma'lumotni tezroq, toʻliqroq va ijobiy qabul qilishi mumkin. Ma’lumotni idrok 
qilishning bu ketma-ketligi Ma’lumotni idrok qilish zanjiri deb ataladi. 
QANDAY? NIMA? KIM? 
(ma'lumot shakli) (ma’lumot mazmuni) (ma’lumot yetkazuvchisi) 
Agar tinglayotgan, ma'lumot qabul qilayotgan odam ma'lumot beradigan 
(taqdim etadigan) odamni yaxshi tanisa, bilsa, u holda axborotni idrok qilish zanjiri 
boshqacha, yani oxiridan boʻshiga qarab ishlaydi. 
KIM? NIMA? QANDAY? 
Samarali muloqot vositalarini bilishi va ulardan foydalana olinishi oʻqituvchiga 
qanday yordam berishi mumkin? 
Agar oʻqituvchi sinf bilan ishlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini 
hisobga olsa, sinf bilan ishlash maqsadlari va oʻquvchilarning holatini hisobga olsa, 
ma'lumotni taqdim etishda savodli ketma-ketlikni, verbal va noverbal muloqot 
vosintalarini savodli birlashtirsa va ishlatsa u holda bolalar ma’lumotni qabul 
qilishlari, darsda faollashishlari sezilarli darajada oshishi mumkin. 
Nazorat savollari:
1.
Samarali muloqot vositalarini sanab oʻting.
2.
Verbal va noverbal muloqot turlari haqidagi bilimlar oʻqituvchiga nima 
berishi mumkin? 


3.
Samarali muloqotning tashkil etuvchilari va vositalari oʻrtasidagi farq 
nimada? 
4.
Ma’lumotni idrok qilish zanjiri nima va u qanday ishlaydi? 
 

Yüklə 123,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin