1.2. IMOM AL-BUXORIY MAQBARASI VA IMOM AL-MOTRUDIY YODIGORLIGI VA ULARNING O’RGANILISH TARIXI.
“Har qaysi xalq va millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odati va an’analarini hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”25. Inson borki, ulug’ insonlar ruhidan madad olib yashaydi, ularning o’gitlariga amal qiladi. Insonlar o’zlarining qilgan ishlari bilan o’zlarini abadiylikka muhirlaydilar. Islom dini targ’ibotchilari, ta’limotchilari ham o’z faoliyati orqali ko’pchiligi yuksak e’zozlarga loyiq bo’lishadi. SHu jumladan, “Sahih” yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo‘minin», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning peshvosi») degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. U 810 -yilning 13-mayida (ba’zi manbalarda 810 -yilning 20-iyulida) (hijriy 194 -yil shavol oyining 13-kuni) Buxoroda tug'ilgan. Go'dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og'zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo'r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o'rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi ibn Jarroh kabi olimlar to'plagan hadislarni yod olgan, hadis rivoyatchilari xususida so'z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan. 26
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 -yili, o'n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munawarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bag'dod, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar suhbatlarida ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab boradi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda etuk muhaddislardan hadis ilmi bo'yicha, Damashq, Qohira, Basra va Bag'dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fiqh ilmi bo'yicha talim oladi. Allomaning o'zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, sohblarga dars ham beradi.
Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o'tkir zehnli hamda ziyrak olim bolgan. Manbalarga ko'ra, Bag'dod shahrida istiqomat qilgan vaqtida ko'pincha qorong'u kechalari sham yorug'i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o'sha fikrni qog'ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o'chirib-yoqar ekan»(U. Uvatov).
Imom Buxoriyning o'tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarg ko'ra, u qaysi bir kitobni qo’liga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlami yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchh) va ikki yuz ming g'ayrisahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos «Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriyga ma’lum bo'lmagan hadis, albatta, ishonchh hadis emasdur», - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, U «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi ohm chiqqan emas». 27
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: «Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: «Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan? - deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og'zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o'qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo'ldik».28
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko'p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to'qson nafarga yaqin bo'lgan deb ko'rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G'artobiy, Ubaydulla ibn Musa al- Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ah al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'zi ham yirik va mashhur olimlar - Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masna- diy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o'ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo'lgan. U hadis ilmining etuk olimi sanalsa-da, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o'rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o'zidan esa to'q son ming nafar kishi ishonarli hadislarni eshitgan. Ma’lumotlarga ko'ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to'plagan, 100 ming «sahih» va 200 ming«g'ayrisahih» hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xohd az-Zuhahy uni saroyga kehb hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifga:
«Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak boisa, bolalami (ikkinchi rivoyatda saroyidagilami) uyimga yoki masjidimga yuborsin»,29 - deb javob beradi. Shu bois alloma bilan amir Xohd ibn Ahmad az-Zuhaliy o'rtasidagi munosabatga putur etadi. Bunga ayrim hasadgo'y shaxslaming igvolari ham sabab boladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishiga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o'z yurtlariga taklif etadilar. Yo'lga chiqqan Imom Is moil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bolgan Hartang qishlog'i (ho zirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo'lib qoladi va shu erda hijriy 256 -yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 -yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu erga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning «Al- jome’ as-sahih» («Ishonchli to'plam»), «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «At-tarix al-kabir» («Katta tarix»), «At-tarix as-sag'iyr», («Kichik tarix»), «Al-qiroatu xalfa-l-Imom» («Imom ortida turib o'qish»), «Vaf ul-yadini fi-s-saloti» («Namozda ikki qo'lni ko'tarish») kabi asarlari mavjud bo'lib, ularning qo'lyozmalari bizgacha etib kelgan. Ammo «At- tarix al-avsat» («O'rta tarix»), «At-tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al- jome’ al-kabir» («Katta to'plam»), «Kitob ul-hiba» («Hadya kitobi») nomli asarlari ham bo'lganligi ma’lum. Biroq ular bizgacha etib kelmagan. Shubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o'tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari «Al-jome’ as-sahih»dir. Bu asar «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobga 600 ming hadisdan 7275 eng «sahih» hamda 4000 takrorlanmaydigan hadis kiritilgan. Bu kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. 30
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi ta’limotdir. Shu sababh Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilaming qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ'ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan boisa, «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari») nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o'rtasida o'zaro munosabatlar ni tashkil etish chog'ida amal qilinishi lozim bolgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisni o'z ichiga oladi.
Imom al Buxoriy yodigorlk majmui – Samarqanddagi me’moriy yodigorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafin etilgan chelak tumani, Hartang qishlog’idagi qabiriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgohlaridan bo’lib kelgan. XVI – asrda Imom al-Buxoriy qabri ustigagina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlsiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho’ra tuzimi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushub qolgan. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yolida baxsheda etgan ulug’ zotlar xotiralarini e’zozlash, ularning nomlari bilan bog’liq joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila bohlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi “Imom al-Buxoriy tavalludining, hijriy-qamariy taqvimi bo’yicha 1225-yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarori asosida allomaning maqbarasi o’rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodigorlik birinchi Prezidentimiz Islim Karimov rahbarligida yaratilgan loyha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo’qon, Shahrisabiz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda quruldi.31
Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so’ng kundalik, juma, hayit nomozlari o’qiladigan joy vazifasini o’taydi. Bu yerda hadis ilmini o’rganish va boshqa ma’rifatli ishlarni amalga oshirish ham ko’zlangan.
G’.Igorlik majmuaning bosh rejasini tuzishda an’anaviy, milliy, me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqalari) asosida barpo etilgn binolar (maqbaralar, masjid, ma’muriy va boshqa inshoatlar)ning hovli atrofida ranglar bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishko’k shaffof oniks toshdan ishlangan sag’ana o’rnatilgan. Maqbaraning ong tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostgi qavatiga-daxmaga tushuladi. Yuqori qavatdagi sag’ananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo’yilgan qabir marmartosh bilan qoplangan. Hovlining chap tomonida masjid joylashgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasi hududida xalqaro tajribani o’rgangan holda xalqaro ilmiy markaz qurulishi bo’yicha topshiriq berilgan edi. SHu munosabat bilan majmuaga tutash hududdan 5,8 gektar yer maydoni ochilib, ilmiy markaz hamda markaz qarshisida 3 ta 3 qavatli turar joy qurilishi uchun ajratib berildi. Prezidentimizning joriy yili 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tshrifi davomida bergan topshirig’I bilan Imom Bxoriy majmuasini qayta qurish loyha-taklif va Xartang qishlog’ining bosh reja loyhasi maqullandi.32 Imom Buxoriy majmuasini tarixan o’rganish hozirgi kunda ham amalga oshirilib kelinmoqda.
SHonli tariximizdan ma’lumki, Movarounnahrdan nafaqat islom sivilizatsiyasi, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shgan ko’plab buyuk mutafakkir va allomalar yetishib chiqqan. Istibdod davrida ulardan ko’pining nomini tiliga olish ham mumkun emasdi. Ayniqsa, musulmon dunyosida barchaga ma’lum va mashhur zotlarni ularni yetishtirgan ona xalqining o’zi-o’zbeklar tanimasligi juda ayanchli holat edi. SHukurki, istiqlol yillarida milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimini tiklash, ulug’ allomalar merosini o’rganish ishlari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi- muqaddas qadamjolar taminlanib, obodonlashtirilmoqda, yangi ilmiy tadqiqot muassasalari ochilib, eng so’ngi texnika va texnalogiyalar bilan jihozlanmoqda. Yana bir islom madaniyatining yirik namoyandalaridan biri Abu Mansur al-Moturidiy (to’liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy ) (870- Samarqand-944)-imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqim asoschisi. Samarqand shahrining kuhna qismida joylashgan, bir necha yuzlab ulug‘ allomalar, sayyidlar, shayxlar, imomlar va g‘oziylar dafn etilgan CHokardiza qabristoni islom olamida Madinadagi Boqea va Makkadagi Muallo qabristonlaridan keyingi sharafli uchinchi o‘rinda turadi.33
CHokardiza guzari, so‘ngra qabristoni joylashgan maydonda IX-XIII asrlarda Samarqand shahrining rabodi joylashgan bo‘lib, uning g‘arbiy qismida bahavo bog‘lar, ko‘shklar barpo qilingan. CHokardiza nomi «chokar» - lashkar, «diza» qal’a so‘zlarining birikmasidan paydo bo‘lib, sig‘dcha lashkarlar qarorgohi, qal’asi» degan ma’noni anglatadi. Ilk o‘rta asrlarda bu erda shaharni qo‘riqlashga mo‘ljallangan harbiy istehkom qurilgandir.
Samarqand tarixi bir muncha yoritilgan «Qandiya» va «Samariya» kitoblarida yozilishicha, bu erda alloma Abu Ishoq bin Ibrohim Samosiyning bog‘i bo‘lgan. Alloma vafot etgach o‘z vasiyatiga binoan uni ushbu bog‘ning eng baland joyiga dafn etganlar.
944 yili shayx Abu Mansur al-Moturidiy Samarqandda vafot etgach uni ham ushbu boqqa dafn etganlar. SHu tariqa bu erda yangi kabriston shakllana boshlagan. CHokardiza qabristoniga ayniqsa XI-XIII asrlarda juda ko‘plab ulug‘ allomalar dafn etilganligi tarixiy manbalarda ham qayd etilgandir.
1999 yilning dekabr oyida Prezidentimiz I.A. Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qaroriga imzo chekdi. Toshkent va Samarqndda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqiyiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o’tkazildi. Moturidiy merosni o’rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o’rnatildi.
2001-yilda Gyottin-gen (GFR) unverstetining professori Ulrix Rudolf qalamiga mansub “Al-Moturidiya va Samarqand sunniylik ilohiyati” kitobi o’zbek tilida nashir etildi.
2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o’quv yurtining talabalari va o’rta maktablarning yuqori sinf o’quvchilarga mo’ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan o’z ona tilida tanishish imkoniga ega bo’ladi.
Vazirlar mahkamasi huzuridagi Islom universitetida 1999- yil 19-20 noyabr kunlari “Motrudiyya ta’limoti va uning Sharq xalqaro madaniyatidagi o’rni” mavzusida Xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tadi. Toshkent Islom universiteti, O’zbekiston Respublikasi FA, O’zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi hamda Olmoniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg’armasi tomonidan uyushtirilgan bu olimlardan tashqari Qozog’iston, Qirg’izston, Olmoniya olimlari ham ishtirok etishdi. Moturidiy tavallud tantanalarining debochasi desa mubolag’a bo’lmaydi.
SHundan so‘ng davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi va bevosita ko‘rsatmalari bilan CHokardiza qabristonida, Imom Moturidiy qabri ustida memorial majmua qurilishi boshlandi. Muqaddas CHokardiza qabristoni 1948 yildan boshlab buzilganligi va uning ustida hovli joylar qurilganligi uchun O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti olimlariga CHokardiza qabrisonini ilmiy jihatdan o‘rganish va Imom Moturidiy qabrini aniqlash vazifasi topshirildi.34
Arxeologlar to‘rt oy mobaynida CHokardiza qabristoni o‘rnida tadqiqotlar olib borishib bu qabristonning umumiy maydoni va qatlamlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.
Tadqiqotlar natijasida CHokardiza qabristonining umumiy maydoni 4,5 ga ekanligi, bu erda qab- rlar ayrim joylarda 5-6 qavatga etishi aniqlandi. SHuningdek, XIV-XV asrlarda Sohibqiron Amir Temur tomonidan sayyidlar uchun qurdirilgan maqbara, Imom al-Moturidiyning qabri yonida barpo qilingan masjidning poydevori, Imom Moturidiy va uning nabirasi Maxmud ibn Umar Xasan al-Moturidiy al-Ansoriyning qabrlari aniqlanib o‘rganildi.35
Qazishmalar paytida hali shaxsiyatlari fanga noma’lum bo‘lgan 30 dan oshiq allomalarning qabr- lari ustiga qo‘yilgan qabrtoshlar ham topildi. CHokardiza qabristoni ustiga qurilgan bir necha hovli joylar ko‘chirilib, Imom al-Moturidiy qabri ustiga hashamatli maqbara bunyod qilindi. Maqbara ichiga Imom Moturidiyga bag‘ishlab marmar kabrtosh o‘rnatildi. Ushbu toshning ustiga: «Inson vafot etgach barcha amallari to‘xtaydi, magaram uch amali davom etadi: birin- chisi, sadaqai joriyalari; ikkinchisi o‘rgangan ilmi-amallari va uchinchisi undan qolgan soliq farzandlari» degan hadis yozilgandir. Maqbaraning naqshinkor eshiklariga ham yozuvlar bitilgan bo‘lib, uning janubiy va shimoliy eshiklariga bir xilda: «Fuqarolarga jannat eshiklari ochiqdir. Marhumlarga Ollohning rahmatlari nozil bo‘ladi» degan yozuv bitilgandir.
Maqbaraning sharqiy eshigini ikki tabaqasiga ikki xil yozuv bitilgan. 1-tabaqaga «Ollohning xuzuriga qaytadtgan kundan qo‘rqinglar», 2-tabaqasiga esa «Ey, Parvardigor, bizlarga rahmat eshiklarini ochgin» degan yozuvlar bitilgandir. Ushbu mo‘jaz maqbarada o‘zbek me’morchiligining bir necha ming yillik boqiy an’analari o‘z ifodasini topgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2000 yilning 17 noyabrida birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov yangi majmuani tantanali ochdi va Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yillik tantanalarini boshlab berdi. Bir necha ming yillik Samarqandda yana bir muqaddas maskan CHokardiza qabristoni yana ziyoratchilarni qabul qila boshladi.36
2020-yilda o’tkazilgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiy ta’limoti: o’tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbon etib aynan Samarqand belgilanganida ham ushbu shaharning jahon ilmi va tarixida o’zining mumtoz o’rniga egaligi va musulmon madaniyati durdonalaridan biri ekanligi, qadimda ahli va mehmonlari qoldirgan merosning beqiyosligiga ishorat namoyon bo'ladi.’ Samarqandning tanlanishi Imom Moturidiyning tabarruk maqbarasi joylashgan bu shaharda eng noyob va betakror ma’naviy-ruhiy muhit mavjudligi bilan ham asoslanadi.
Konferinsiya moturidiylik ta’limotining tub mazmun-mohiyatini ochib berish, Imom Moturidiy merosini o’rganish va uning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan bebaho hissasaini xalqaro miqiyosida targ’ib etish kabi ishlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |