Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Yüklə 167,52 Kb.
səhifə3/24
tarix02.02.2022
ölçüsü167,52 Kb.
#114014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………...……79-80

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, milliy qadriyatlarimiz, ayniqsa, boy va qadimiy mumtoz adabiyotimizning beqiyos namunalarini o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Vatanimiz tarixini o’qitish va o’rganish birinchi prezidentimiz Islom Karimov so’zlari bilan aytganda, “Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. O’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”1.

Mustaqillik sharoiti bilan muqaddas qadamjolarimiz va ziyoratgohlarimizga e’tibor kuchaytirildi. Bu albatta yoshlar tarbiyasida ham katta ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron Amir Temur ham davlat tepasiga kelgan dastlabgi kunlardan boshlab buyuk bobokolonlarimiz islom dinining to’g’ri yo’lboshchilari bo’lgan aziz avliyolar qo’nim topgan maskanlarga maqbaralar o’rnatildi, obodonlashtirildi, bu bejiz emas albatta. Inson borki, ulug’ insonlar ruhidan madad olib yashaydi, ularning o’gitlariga amal qiladi.



Islom ta’limotchilari qabrlari ustiga o’rnatiladigan maqbaralar ularning islom dinini to’g’ri talqin qilishdagi bebaho xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida qo’yildi.

Insonlar o’zlarining qilgan ishlari bilan o’zlarini abadiylikka muhrlaydilar. Islom dini targ’ibotchilar, ta’limotchilari ham o’z faoliyati orqali ko’pchiligi yuksak e’zozlarga loyiq bo’lishdi. Mustaqillik yillarida buyuk shaxslarning xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni yanada kamol toptirish hamda xalqimiz, yoshlarimiz ma’naviy hayotida katta ahamiyatga egadir. Buyuk olim mutafakkiri G.Fabrisius “ Hech kim o’limga chap berolmaydi, lekin odamlar o’zlarining buyuk ishlari bilan o’zlariga shunday haykal qo’yadilarki, bu haykal qo’yosh turguncha turadi.”- deb ta’kidlagan. Milliy qadriyatlarimiz va me’moriy obidalarimizni qayta tiklash, bu obidalarni tarixan o’rganish ishlariga mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq alohida e’tibor qaratildi. SHu jumladan 1998-yili sulton Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo’lib otdi. Bundan tashqari Samarqnd viloyati hududidagi islom madaniyati obidalarining o’rganilish tarixiga katta e’tibor qaratildi. SHu kungacha bo’lgan davirda islom madaniyati obidalarini o’rgangan, tarixan xulosa chiqargan arxealog tarixchi olimlarning ilmiy xulosalari o’rganib chiqildi. SHu jumladan, Ulug’bek rasatxonasini 1908-yilda arxealogik tadqiq qilgan rus olimi Vyatkin bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g’isht bo’lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo’shaloq yoyda iborat ulkan bosh qurulmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalar bo’lgan. Boburning yozishicha, Ulug’bek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasatxona ichiga o’rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar aniqlik bilan o’rganilgan. Rasatxonada kutubxona bo’lganligi alohida takidlangan. Hozirgi kunda bu ilmiy xulosalardan keng miqiyosida foydalanilib keliniladi. Bundan tashqari bu obidalarni tarixan o’rganishda ularga yozilgan yozuvlar, bitiklar alohida ahamiyat kasb etadi. "O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi" jamg’armasi tomonidan nashr qilingan “O’zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitobi (Ijodiy guruh: Baxtiyor Bobojonov, Komiljon Rahimov, Qurbon Hasanov, Behruz Ma’rufiy, Abdujalil Ergashev, Sarvarxoja Boboyev, Alla Sobirova) bu yo‘nalishdagi ilmiy asarlari tom ma’nodagi gavhari bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Ushbu asarda Samarqand me’moriy obidalari peshtoq yozuvlari masalalari aniq dalillar asosida isbot qilingan va ko‘p o‘rinlarda me’moriy obidalarni qaysi yozuvda berilganligi, mazmuni berilgan. Tarixchi olimlarimiz tomonidan bugungi kunga qadar me’moriy obidalar peshtoq yozuvlari haqida qator asarlar yozilib ilmiy tahlildan o‘tkazilganligi bizga ma’lum. “Samarqand me’moriy yodgorliklari yozuvlari” ayrim mavzular turli tadqiqot-chilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, lekin yozuv hali yaxlit holda ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o‘rganilmagan. Ushbu yozuvlar komil insonni tarbiyalashga oid badiiy xattotlik san’ati gultoji deya baholash mumkin hamda bu sabablar yozuv-ning naqadar muhimligi va uning o‘rganilishini talab etadi. Demak bu mavzuni o‘rganishning dolzarbligini belgilab beradi. SHu o’rinda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “O’zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og’ir sinovlar bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mart va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir deb barilla aytishga to’la asosimiz bor” 2SHu o’rinda Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi qonun hamda “islom dini obektlarini tarixan o’rganish to’g’risida”gi qonunlar 2001-yil 30-avgustda qabul qildi. Qonun strukturaviy jihatdan 8 bo’lim va 36 moddadan iborat. SHu kundan boshlab bu obektlarni o’rgangan, bu yerlarda qazishma ishlarini olib borgan arxeolog olimlarning ilmiy xulosalarini o’rganishga kirishildi. Jumladan, Ubaydulla Uvatov tomonidan Imom al-Buxoriy majmuasi o’rganib chiqildi va ilmiy xulosalar berildi. Shu o’rinda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning 2017-yil 14-15 aprel kunlari Samarqand vloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasi o’rganib chiqildi va bu yerda xalqaro ilmiy markaz qurush bo’yicha topshiriq berildi.

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan keyin me’moriy obidalarning o’rganilish tarixi arxiv hujjatlari asosida qayta tiklandi. Islom obidalarining o’rganilish tarixi, o’tmishi falsafiy olamni yoritishda asosiy manba sifatida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. “Samarqand me’moriy yodgorliklari tarixi”ni o’rganishimiz asosida o’tmish davr madaniy merosimizni ilmiy- tarbiyaviy sohada alohida o’rin tutganligiga guvohi bo’lamiz. Samarqand islom obidalarining o’rganilish tarixi yuzasidan olib borilgan tahliliy, ilmiy ishlar va tasavvufiy qarashlar haqida alohida tadqiqot ishi olib borilmagan bo’lsa ham qator ilmiy maqolalar chop etilgan”3.

Keyingi paytda jadal rivojlangan tarixiy davirda qator xalqlarning moddiy va ma’naviy merosini qiyosan o’rganishga olimlar o’z e’tiborlrini qaratgan va bunda asosiy e’tibor islom obidalarini tarixan o’rganish, va ilmiy xulosalar chiqarish asosiy o’rinni egallaydi.


Yüklə 167,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin