Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Yüklə 167,52 Kb.
səhifə4/24
tarix02.02.2022
ölçüsü167,52 Kb.
#114014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BMIning o’rganilganlik darajasi. Sharq me’morchiligi, dinniy obidalari, islom dini mavzeylari asosida o’z aksini topgan komil inson tarbiyasi dunyo ahlini qiziqtirib kelayotgan mavzulardan biridir. Islom madaniy obidalarini tarixan o’rganishning asosiy manzil-makoni bo’lgan yurtimizda olib borilayotgan va mamlakatimiz olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan katta tadqiqotlarni ham aytish joiz. Samarqand memoriy obidalarini o’rganish ancha oldin boshlangan bo’lsa-da, lekin bu izlanishlar sho’ralar davrida bir yoqlama olib borildi. SHunday bo’lsa ham fidoyi olimlarimiz tomonidan ko’plab izlanish va tadqiqotlar yaratildi. Jumladan 1941-yili arxeolog Yahyo G’ulomov rahbarligida Bibixonim maqbarasida qazishma ishlarini olib borishdi, shu paytgacha nomalum bo’lgan ko’pgina narsalarni aniqladilar. Bunda tashqari ular maqbaradagi qabirlarni ochib ham o’rgandilar.

Arxeolog, tarixchi olimlarimizning Qur’oni karim, hamda Hadislardan olingan ilmiy, diniy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari cheklangan tarzda bo’lsa ham, har holda o’rganilda. Bundan tashqari rus olimlari tomonidan ham ko’plab izlanishlar olib borildi. Ammo islom dini obidalarining haqiqiy bahosini belgilash, mazmun-mohiyatini ochish mustaqillik yillaridan alohida ahamiyat berila boshlandi. Olimlarimizga erkin fikirlash va o’tmish tariximizni xalqqa xolisona yetkaza olish imkonini berdi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan keyin me’moriy obidalarning o’rganilish tarixi arxiv hujjatlari asosida qayta tiklandi. Islom madaniy obidalarining o’rganilish tarixi, o’tmishi falsafiy olamni yoritishda asosiy manba sifatida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. “Samarqand me’moriy yodgorliklari tarixi”ni o’rganishimiz asosida o’tmish davr madaniy merosimizni ilmiy- tarbiyaviy sohada alohida o’rin tutganligiga guvohi bo’lamiz. Samarqand islom madaniy obidalarining o’rganilish tarixi yuzasidan olib borilgan tahliliy, ilmiy ishlar va tasavvufiy qarashlar haqida alohida tadqiqot ishi olib borilmagan bo’lsa ham qator ilmiy maqolalar chop etilgan”.




Yüklə 167,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin