Sobirov Mansurxo'ja ning Buxoroning tarixiy obidalari mavzusida tayyorlagan referati



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/2
tarix05.01.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#122019
növüReferat
  1   2
Buxoroning tarixiy obidalari



35 – umumiy o'rta ta'lim maktabi


8-,,T'' sinf o'quvchisi
Sobirov Mansurxo'ja ning

Buxoroning tarixiy obidalari


mavzusida tayyorlagan




REFERATI
Buxoro-2020
Uch ming yildan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo`shgan shaharlardan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat, madaniyat maskani bo`lgan bu go`sha ta’rifi butun olamga yoyilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Yurtboshimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-memoriy obidalarni asrash, ularni kelgusi nasllarga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi kabi qator asori atiqalar ta’mirlanib, asl qiyofasiga keltirildi. Bevosita Prezident I.Karimov tashabbuslari bilan tasavvuf namoyandalari, Naqshbandiya tariqati asoschilari Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ziyoratgohlari obod etildi.
Ayniqsa, Buxoro madaniy markazi bunyodkorlik ishlari doirasida alohida o`rin egallaydi. Prezidentimiz tashabbusi va g`oyasi asosida barpo etilgan 107 gektardan iborat madaniy markaz yirik inshootlar – 700 o`rinli viloyat musiqali drama teatri, 2000 tomoshabinga mo`ljallangan amfiteatr, ular o`rtasida esa “Ko`hna va boqiy Buxoro” monumentidan iborat.
Madaniy markaz turli burchaklaridan boshlangan yo`laklar balandligi 18 metrli “Ko`hna va boqiy Buxoro” monumentiga kelib tutashadi. Monumentni taniqli haykaltarosh, O`zbekiston san’at arbobi Ilhom Jabborov ishlagan.
Obida zinapoyalari orqali ko`tarilganda, diqqatingizni monument tevaragida zarhal koshinlar tortadi. Unda Buxoroning tuprog`i oltinga teng, degan ma’no mujassam. Chunki Buxoro  azaldan oltin makoni bo`lgan. Asl va toza oltin konlari, yombilar shu yerdan topilgan. Ayni chog`da monumentda nafaqat Buxoroning oltin zamini oldida, balki Buxoroni sharif shaharga aylantirgan uning fidoyi, mehnatkash odamlari oldida bosh egish kerak degan g`oya ifoda etilgan. Bu zamin kishilari ezgu ishlari bilan tilga tushganlar. Buyuk olim Abu Ali ibn Sino, tarixchi olim Narshaxiy, islom dini ravnaqi va madaniyatiga beqiyos hissa qo`shgan Imom Buxoriy, tariqat allomalari Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Orif Regariy, Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy kabilar, shuningdek, millatimiz adabiyoti, madaniyati taraqqiyotida munosib iz qoldirgan Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo`jayev, xalqimizning boshqa asl farzandlari yetishib chiqqan. Ularning nomlari obidada zarhal harflarda naqshlangan. Bu bitiklar yuqorisida “Ilm o`rganmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” degan hadis o`zbek, arab va ingliz tillarida yozilgan. Ajdodlarimiz va ularning bugungi vorislari bu da’vatni hayot mazmuniga aylantirishgan. Buxoroning dunyoda ilm-ma’rifat maskani sifatida shuhrat qozongani bejiz emas.
Xuddi shu yerda Buxoroning ko`hnaligidan darak berguvchi me’moriy yodgorliklari –Mag`oki Attor, Ismoil Somoniy, Chorbakr, Minorai Kalon, Ark qal’asi, Labihovuz, Chorminor, Bahouddin Naqshband maqbarasi boshqa qator obidalari tasviri toshda muhrlangan. “Dil va yoru, dast ba kor”—ulug` pir Bahouddin Naqshbandning monumentga bitilgan bu hikmati donishmand ajdodlarimizning qoldirgan ulkan ma’naviy merosning o`ziga xos namunasi sifatida ko`zga tashlanish barobarida bugungi avlodni mazkur da’vatga amal qilishga chaqiradi.
Eskizlari bevosita Prezidentimiz g`oyalari asosida tayyorlangan monument markazida uch avlod—baxtiyor yosh oila—ota, ona va bola, nihol o`tqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota va o`g`ilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Bunda chuqur falsafa bor: hayot adabiy, umr o`tkinchi, insonning ezgu amallari mangu qoladi, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilmog`i, farzandlari kelajagini, el-yurtining ertasini o`ylamog`i kerak.
Obida tepasiga o`rnatilgan balandligi 5 metr, vazni 32 tonnadan iborat, aylanib turuvchi ulkan Yer shari uzoq-uzoqlardan ko`zga tashlanadi. Unda O`zbekistonimiz xaritasi tasvirlangan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, dunyo bilan yuzlashdi, jahon hamjamiyatida o`z o`rnini egalladi, degan teran ma’no ifodalangan. Ushbu obida milliy ma’naviyatimizning monumental ifodasidir.

Istiqlolning dastlabki yillarida respublikamizda qator teatrlar rekonstruktsiya qilinib, ijodiy jamoalar ixtiyoriga topshirilgan edi. Buxoro davlat musiqali drama teatrining madaniy markazdagi muhtasham binosi so`nggi chorak asrda mamlakatimizda poydevordan qurilgan yagona teatrdir. San’atkorlar va tomoshabinlarning bir necha avlodi armonlari ro`yobga chiqib, barpo etilgan bu teatr o`zining ko`rkamligi, zamonaviy sahna imkoniyatlari va yoritkichlari bilan jihozlangani, unda yaratilgan qulay shart-sharoitlari bilan Markaziy Osiyodagi eng go`zal san’at maskanidir.
“Ko`hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat teatrining yangi binosi hamda zamonaviy loyiha asosida barpo qilingan amfiteatrni o`z ichiga olgan, gulzor va xiyobonlardan iborat madaniy markaz ham ular qatoridan o`rin olib, istiqlolimiz sharofati, xalqimiz qudrati hamda Prezidentimiz tashabbuskorligi va rahnamoligi bilan sharif shahar yanada go`zallashib, chinakam Sharq gavhariga aylandi.

“KO`HNA VA BOQIY BUXORO” PANORAMASIDA AKS ETTIRILGAN TARIXIY OBIDALAR


- Mag`oki Attor masjidi (IX asr)
- Buxoro arki (V asr)
- Ismoil Samoniy maqbarasi (X asr)
- Minorai Kalon (1127 yil)
- Sayfiddin Boxarziy maqbarasi (XIV-XV asr)
- Xoja Abduxolliq G`ijduvoniy me’moriy majmuasi (XV asr)
- Mir Arab madrasasi (XIV asr)
- Bahouddin Naqshband majmuasi (XIV asr)
- Chorbakr (XIV asr)
- Labi Hovuz majmuasi (XVII asr)
- Chorminor (XIX asr)

Mag'oki Attor Masjidi



Mog‘aki Attor masjidi XII asrda qoraxoniylar hukmronligi davrida bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, yog‘och, loy, maxsus “qir” qotishmasi, tosh, ganj va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni: Qadimiy 4 ustunli Moh masjidi (IX asr) o‘rnida XII asrda eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934-yilda arxeologik tadqiqotlar asosida aniqlangan). XIV asrda ta’mirlangan, XV asrda peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Shayboniy Abdulazizxon davrida (1541-1542-yillar) binoning yuqori qismi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosidagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri, Mag‘ok (chuqurlik)da va Attor bozori yaqinida joylashganligi sababli Mag‘oki Attori madrasasi deb atalgan. Inshootning bezaklari XII asr Buxoro me’morchilik maktabining yuksak na’munasi sifatida O‘zbekiston me’morchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. Vaqt o‘tishi bilan masjid ko‘milib ketgan. Masjidning sharqiy peshtoqidagi yozuvlarga ko‘ra, 1547-yilda Abdulaziz ibn Abdulloh masjidni buzdirib, o‘rniga yangi masjid qurdirmoqchi bo‘ladi. Ammo naqshbandiya tariqatining o‘sha davrdagi peshvosi va xonning murshidi Maxdumi A’zam bunga yo‘l qo‘ymaydi. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Mag‘oki Attor masjidi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kabilar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.

Buxoro Arki
Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (9— 10-asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan.
Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan.
Balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. O‘pirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan.
Ko‘tarila boruvchi yo‘l orqali g‘arbdagi ulkan darvozadan (16-asr) ichkariga kiriladi. Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi "guldasta" va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyo‘lakning chap devorida 12 va o‘ng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yerto‘lalar bo‘lgan.
Ark qo'rg'onining shimolida esa qurolyarog‘lar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qo‘rxona) bo‘lgan. Arkning shimoliy-sharqidagi "Childuxtaron" maqbarasi, janubiy-g‘arbda "Battol G‘oziy xonaqohi", xos hammom qoldiqlari saqlangan.

Ismoil Somoniy Maqbarasi


Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan.
Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.
Uning qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Maqbaraning dizayniga to‘xtaladigan bo‘lsak, jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-mayda g‘ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bino bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatidan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar – ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqtida (1927) xona sahnida 2 yog‘och sag‘ana borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida, uning tuzilishida qadimiy sug‘d me’morchiligining an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asar.
Ismoil Somoniy maqbarasi IX asrda Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ana o‘sha davrdan boshlab binokorlikda yuqori sifatli pishgan g‘isht, albastrli qorishmalar ishlatilgan.

Minorai Kalon
Minorai kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. M.k.ning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan. Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi. handasiy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va ma-hobatlilik M.k. ga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi. 
Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan M.k.da taʼmirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va qoʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.

Labi hovuz majmuasi
Labi Hovuz (“hovuz bo‘yida”, “havza bo‘yida”) — Buxoroning markaziy maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambr XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil topgan, atrofi Nodir begi hovuzi bilan birlashtirilgan. Ansambl o‘lchami, taxminan 150x200 metrdir. Labi Hovuzda saqlanib qolgan ilk inshoot 1569 yilga tegishli bo‘lib, u shayboniylarning mansabdorlaridan bo‘lmish Abdullaxon II ning O‘rta Osiyoda yirik Ko‘kaldosh madrasasini qurilishi haqidagi buyrug‘i bilan boshlangan. 1619-20 yillar boshlarida vazir Imomqulixon davrida o‘zbeklarning arlat sulolasi vakili bo‘lmish Nodir Devonbegi tashabbusi va mablag‘iga qurilgan. 1623 yil vazir Nodir Devonbegi tomonidan keyinchalik Devonbegi madrasasiga aylangan karvonsaroy binosi qurdiriladi. 20 yillar Buxoroning ko‘plab boshqa hovuzlari kabi ko‘pchilik tomonidan barpo qilingan hovuz mo‘’jizaviy tarzda qurishdan to‘xtaydi, hovuzning saqlanib qolishida ansamblning badiiy qimmati katta rol o‘ynagan.
Keyinroq maydonga Xo‘ja Nasriddin haykali o‘rnatiladi. Shaharning ko‘plab hovuzlari kabi Labi Hovuz ham Ulug‘ Vatan Urushidan so‘ng quritilgan va o‘zga xos sport maydoni qurdirilib, u yerda voleybol hamda kurash bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilgan. Hovuzga yaqin yerlarda sovet hukmronlishi paytida “Gastronom”, “Buxoro” restorani, “Komsomolets” kinoteatrlari joylashgan. 50-yillar Gastronomda yong‘in sodir bo‘lib, do‘kon batamom kul bo‘ladi, yonidan oqib o‘tuvchi “Shoxrud” arig‘idan oqib o‘tuvchi suv ham yong‘inni to‘xtatishga yetmaydi. Ushbu nohush hodisadan so‘ng shahar ma’muriyati hovuzni suv bilan to‘ldirib qo‘yishga qaror qilishadi. 50-yillar oxirida esa hovuz atroflariga quvurlar o‘tkazib, favvora qurilgan bo‘lib, u hozirgi kungacha ishlab turmoqda.



Mir Arab madrasasi


Buxorodagi me`moriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon in`om etgan mablag’ hisobiga Shayx Abdulla tomonidan qurilgan (1530—36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536 yyil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko’ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan.
Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi to’rtburchak shaklida bo’lib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra o’rab turadi. Tomonlar o’rtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar g’oyat nafis va nozik bo’lganligini bilish mumkin. Rivoyatlarga kura, Madrasa asosi chuqur qilinib, tog’ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomg’ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo’rg’onidan tashqariga chiqarilgan. Mir Arab madrasasida O’rta Osiyo diniy maktablari qurilishiga xos an`anaviy loyiha va mujassamot o’z ifodasini topgan. Buxoroning 2500 y.ligi munosabati bilan Madrasa peshtog’i va gumbazlaridagi to’kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi. Mir Arab madrasasi diniy o’quv yurti. Madrasada talabalar islom dinidan saboq oladilar. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Sho’rolar davrida faoliyati vaqtincha to’xtatilgan, 1945 yilda yana tiklangan. O’quv muddati 4 yil. O’quv yurti kunduzgi bo’limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan o’rta va to’liqsiz o’rta ma`lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta`lim fanlari o’qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o’rgatiladi. Darslar o’zbek va arab tillarida olib boriladi.

Chor minor
Chor Minor me’moriy obidasi Xalfa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshootning qurilishiga homiylik qilgan Xalfa Niyozqul turkman urug‘idan bo‘lib, Amir Haydar hukmronligi davrida yirik davlat lavozimlarida ishlagan. U XIX asrning o‘rtalarida vafot etgan.
Chor Minor Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos tomoni shundaki, u to‘rtta minora bilan o‘rab olingan O‘rta Osiyodagi yagona inshoot hisoblanadi.
Chor Minor me’morchilik majmuasi so‘nggi o‘rta asrlarning oxirgi davrlarida (XIX asrda), 1807-yilda bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan.
Majmua chor qavatli minora, an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan hovlidan iborat. Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubiy-g‘arbiy burchagida joylashgan (nomi ham shundan). Minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo‘lib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. Ikki qavatli xonaning birinchi qavati miyonsaroy ko‘rinishida bo‘lib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, ikkinchi qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo‘lib, sodda muqarnaslar halqasi bilan to‘ldirilgan. Ikkinchi qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.
U Buxoro shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida YUNESKO tashkilotining “Butun Jahon madaniy yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” hamda 2008-yil 12-sentabr “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunlari madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Yuqoridagi qonunlar ijrosi sifatida me’moriy obidaning ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi, yon-atroflari ko‘kalamzorlashtirildi.

Bahovuddin Naqshband majmuasi

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin