2. Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish. ,
3. O'qituvchi- murabbiylar guruhini tuzish va uiarning ishini tashkil qilish.
4. Jamoa aktivi bilan ishlash.
Suzish bo'yicha o'quv sport ishlarini uyushtirish, rejalantirish, hisobga olish o'quv trenirovka jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydi. O'qituvchilar va jamiyat faollari ish faoliyatining, samaradorligi ko'p jihatdan o'quv sport ishlarining sifatli uyushtirilishiga va muntazam hisobga olib borilishiga bog'liq. O'quv-sport ishlarini uyushtirishga quyidagilar kiradi:
1. Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash.
2. Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish
3. O'qituvchi -murabbiylar uyushmasini tuzish va uiarning ishini tashkil qilish.
4. Jamoa faoli bilan ishlash.
Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash. Yozgi va qishgi tabiiy va sun'iy suv havzalari suzish bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini uyushtirish va o'tkazish joyi hisoblanadi. Bunday sport inshootlarida odatda turli harakterdagi mashg'ulotlar uchun maxsus xonalar bo'ladi. Jumladan nazariy darslar uchun maxsus adabiyotlar, ko'rgazmali qurollar, turli kinofilmlarni namoyish qilish uchun kino apparatlar bilan jihozlangan amaliyot xonasi, amaliy mashg'ulotlarning quruqlikda o'tkaziladigan qismi uchun xona, suzish texnikasini o'rgatish va umumiy hamda maxsus jismoniy mashg'ulot o'tkazish uchun zarur bo'lgan jihozlar va inventarlarga ega maxsus zal, suzishni bilmaydiganlar bilan mashg'ulot o'tkazish uchun sayoz cho'milish havzasi, shug'ullanuvchilarni sportcha suzishga o'rgatish va toifali suzuvchilar bilan trenirovka mashg'ulotlarini o'tkazish uchun har jihatdan standart cho'milish havzasi bo'ladi. Suzish uchun o'z imkoniyatiga ega bo'lmagan sport jamiyatlari mashg'ulot o'tkazish uchun joyni kerakli vaqtga ijaraga olib, undan maqsadga muvofiq foydalanishlari lozim.
Ochiq havoda turli sport mashg'ulotlaridan foydalanib, xususiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun sport jamiyatlari eshkakli sport turlari va chang'i bazasiga, stadion va hokazolarga ega bo'lishi yoki ularni ijoraga olishi kerak. Agar hovuz yoki yozgi suv bazasi bo'lmasa o'quv sport ishlarini tabiiy suv havzalarida o'tkazish mumkin. Umuman maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar jamoadan to'silgan, tozalanib jihozlangan har qanday suv havzasida o'tkazilishi mumkin.
Suzishni bilmaydiganlar bilan bo'ladigan darslar, toza, tobora chuqurlashib boradigan soy havzalarida o'tkaziladi. Suvning dars o'tiladigan qismi jamoadan to'silib, ustunlarga bog'langan arqon bilan chegaralangan bo'lishi kerak. Suzishni biladiganlar bilan trenirovka mashg'ulotlarini o'tkazish uchun chuqurligi 1,5-2 metr keladigan joy tanlanadi va eng oddiy suv bazasi barpo qilinadi.
Sportcha suzish usullarini o'rgatish uchun qirg'oq bo'ylab, suvdan 5-1 Osm balandlikda ramka o'rnatiladi. Trenirovka mashg'ulotlari o'tkaziladigan joy ikki tomonga 25-50m oraliqda, burilish uchun o'rnatilgan taxta shgit suv ostiga qoqilgan qoziqchalarga mahkamlanadi va shgitlar orasida bir- biridan 2- 2,25m uzoqlikda po'kak o'tkazilgan arqon bilan ajratilgan yo'laklar hosil qilinadi.
Burilish shgitning ustida start olish uchun supachalar bo'ladi.
Shug'ullanuvchilarni guruhlarga taqsimlash va uyushtirish asosan o'quv yilining boshlanishida yoki yozgi suzish mavsumida amaiga oshiriiadi.
Bunda shug'ullanuvchilar yoshi, jinsi, suzish tayyorgarligiga qarab guruhlarga bo'linadi. Sportcha suzishni boshlovchilar uchun o'quv guruhlari, keksa yoshdagi kishilar uchun sog'lomlashtirish guruhlari tashkil qilinadi.