O'quv- sport ishlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 24,14 Kb.
səhifə3/5
tarix15.04.2023
ölçüsü24,14 Kb.
#125423
1   2   3   4   5
O\'quv- sport ishlarini tashkil qilish

Jamoa faolini tuzish
Har bir guruhga o'qituvchilar biriktirilgandan so'ng guruh sardori va unga yordamchi saylanadi.Sardorlar guruhni o'tiladigan darsga tayyorlashda va o'qituvchiga o'quv- tarbiyaviy hamda o'quv sport ishlarini o'tkazishda ko'maklashishi kerak.
Barcha o'quv va sport guruhlarida tashkiliy ishlar tugab ular komplektlanib bo'lgandan keyin shug'ullanuvchilarning umumiy majlisi chaqiriladi xahda qo'mitaning shu'ba byurosi saylanadi. Uyushma sho'basining ish rejalarini tuzadi.


Rejaga ko'ra:
1. Siyosiy tarbiyaviy va madaniy ommaviy ishlar.
2. Tashkiliy ishlar
3. O'quv sport ishlari
4. Ommaviy sport ishlari
5. Tashkiliy xo'jalik ishlari bo'limlari ish olib boradi.


Rejalashtirish.
Suzish bo'yicha o'quv -mashg'ulot jarayonini rejalashtirish deyilganda butun o'quv materiallarini izchil taqsimlash tushuniladi. Unda dastur nazarda tutilgan hajmdagi nazariy va amaliy o'quv materialini o'tish izchilligi va muddati belgilab qo'yiladi.
Tematik ish rejasi dastur va o'quv materialini o'tish jadvali asosida tuziladi. Dastur materiallari darslarga taqsimlanadi har bir dars tematikasi aniqlashtiriladi, nazariy va amaliy darslarning mazmuni belgilanadi. Ish rejasi bir oy yoki bir yilga mo' ljallanadi.
Darsning reja-konspekti ish rejaga asosan shug'ullanuvchilarning o'tilgan materiallarni o'zlashtirishiga qarab tuziladi.


Mashg'ulotlarni rejalashtirish.
Katta darajali suzuvchilar sport mashgulotlari bir necha yillik va bir yillik rejaga ega boTadilar. Rejani 2-4 yilga tuzishda suzuvchi qatnashadigan asosiy musobaqalar va ularga tayyorgarlik albatta hisobga olinadi.
Suzuvchilar kichik .guruhlarining sport tayyorgarlik darajasi va asosiy maqsadi bir bo'lsa, bundaylar uchun ham alohida reja tuziladi. Alohida rejaga asosan har bir davr uchun mashg'ulotlarning haftalik yoki ikki haftalik sxcmasi tayyorlanadi.


O'quv-sport ishlarini hisobga olish.
Hisobga olish sodda, ko'rgazmali va imkoni boricha qisqa yozilgan hujjatlarda aks etishi kerak. Hisobga olish dastlabki, kundalik va yillik bo'ladi.
Dastlabki hisobga olishga quyidagilar kiradi:
1. Shug'ullanuvchilar haqida umumiy ma'lumot - ismi va familiyasi tug'ilgan yili va oyi, millati, ijtimoyi ahvoli, ish yoki o'qish joyi, lavozimi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish staji, suzish bilan shug'ullanish staji, uy adressi vatelefon nomeri.
2. Shug'ullanuvchining suzishga bo'lgan tayyorgarligiga tavsif. Sportcha suzish texnikasini egallash darajasi va sport darajasi, sportda qo' Iga kiritilgan shaxsiy yutug' lar.
3.Shug'ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ining umumiy holati hamda tavsifnoma, og'irligi, bo'yi, ko'krak qafasinmg kengligi, gavda kuchi, qo'l kuchi, qon bosimi, puis va boshqalar haqida hakim xulosasi.
4. Kundalik hisobga olishda o'quv rejasining holati, shug'ullanuvchilar texnik mahoratining o'sishi, sog'ligi va jismoniy rivojlanishi nazorat qilib boriladi.



Yüklə 24,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin