Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə1/4
tarix25.11.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#134509
  1   2   3   4
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li


(873)
(950)
Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid falsafiy qarashlari
REJA
Kirish
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li;
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari;
Forobiyning ta’lim-tarbiya va axloq haqidagi qarashlari;
Xulosa.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin turli sohalarda izchil islohotlar olib borildi, milliy qadriyatlarimiz tiklandi, talim-tarbiya va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ma’naviyat, jamoatchilik ongini o’stirishga katta e’tibor qaratildi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy, madaniy va ma’naviy meroslarimizni o’rganish va ulardan foydalanishga keng yo’l ochildi. Jumladan, insoniyat tarixida jahon tamadduniga katta xissa qo’shgan qomusiy olim Abu Nasr Forobiyning ulkan ma`naviy merosini o’rganish, tadqiqotlar qilish, va ommaga etkazish ishlari bugungi kunning dolzarb vazifalardandir. Zero Uning so‘nmas ilmiy va madaniy merosi ta’siri ostida dunyoning juda ko‘p madaniyat vakillari, jumladan Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Xisrav, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon va boshqa yuzlab fan fidoyilari shakllangan, o‘zligini anglab, mustaqil ijod yo‘lini topib olganlar. Forobiyning, falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid ishlari nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki hozirgi davrda ham juda ahamiyatlidir. Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda Forobiyning ta’lim-tarbiya va ahloqqa oid asarlaridan o’rinli foydalanish uksak natijalar berishi muqarrardir.
KIRISH

Forobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxondir. Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida 873 melodiy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi va sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid 260 dan ziyod ilmiy asarlar yozgan. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli uning nomi ulug‘lanib, “Al-Muallim as-soniy”, “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin