Forobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxondir. Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida 873 melodiy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi va sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid 260 dan ziyod ilmiy asarlar yozgan. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli uning nomi ulug‘lanib, “Al-Muallim as-soniy”, “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng birinchi kitob bo'lib, hozirgacha asosiy manbalardan hisoblanadi. U «Qonun»ni ihtiro qilgan. Abu Nasr Forobiy oila, farzand, uy-joy orzusini ilm yo`lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag`ishladi. 950 yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Forobiy o'zining talim tarbiya sohasidagi faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini qarashlarini muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir. Uning «الجمع بين رأيي الحكمين افلاطن إلاهي و ارستطالس - Ikki hakim - Aflotun va Arastularning ilohiy fikrlarini jamlash» - deb atalgan kitobi bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.

Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari