139
tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo‗ysunish bahosi», deya ta‘riflaydi.
U quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‗yxatga olish,
litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‗lish va
boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‗liq xarajatlar
(soliqlarni to‗lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish
kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi
doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‗lash).
Ta‘kidlash joizki, qonunga bo‗ysunish bahosi nafaqat to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xarajatlarni, balki u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o‗z
ichiga oladi. Bunda uning aynan ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta
bo‗ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish uchun ruxsat olish tadbiri
taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun ruxsat olish 17
yil, kichik do‗konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi
dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro‗yxatga olish uchun talab
etiladigan xarajatlar 6.1.1-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: