Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
 
 
 
 


136 
VI BOB. XUFYONA IQTISODIYOT 
 
6.1. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari 
6.2. Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan 
yondashuvlar
6.3. Xufyona bozor institutsional tizim sifatida 
6.4. Jahonda xufyona iqtisodiyot 
6.5. O„zbekistonda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash 
yo„llari. 
Norasmiy iqtisodiyot bilan bog‗liq muammolarni o‗rganish iqtisodiyot 
fanida alohida o‗rin tutadi. Bu hol muzkur faoliyatning keng ko‗lamliligi va ayni 
paytda uning to‗liq hajini o‗lchab bo‗lmasligi bilan izohlanadi. 
Xalqaro valyuta fondi (XVF)ning baholariga ko‗ra, 2000-2001 yillarda 
jahonda xufyona faoliyatdan olingan daromad bir yilda 1 trl. dollardan 3 
trl.dollargachani tashkil qildi, bu jahon yalpi mahsulotining 2 foizidan 3 
foizigachasiga teng ko‗rsatkichdir. 
So‗nggi vaqtlarda iqtisodiyotning xufyona sektori iqtisodchilar, sotsiologlar, 
siyosatshunoslarning diqqatini ko‗proq o‗ziga jalb etmoqda. Xususan, uning paydo 
bo‗lishi va jamiyatda yanada tarqalishi sabablari batafsil tahlil qilinmoqda. Bunda, 
ayniqsa, chet elda va Rossiyada ko‗p sonli adabiyotlarni yuzaga keltirgan yangi 
institutsional yondashuvning qo‗llanilishi eng samarali vosita hisoblanmoqda. 
Yangi institutsional yondashuv asosiy e‘tiborni insonning xo‗jalik faoliyatini 
belgilab beruvchi va cheklovchi ―o‗yin qoidalari‖ bilan iqtisodiy rivojlanish 
jarayoni o‗rtasidagi bog‗liqlikka qaratadi. An‘anaviy neoklassik nazariya, 
rivojlanish jarayonini tahlil qilayotib, ishlab chiqarishni resurslar (er, ishchi kuchi, 
kapital) sarfi va ishlab chiqarish texnologiyasini tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗lovchi tizim sifatida ko‗rib chiqqan holda, uni tor 
ma‘noda ta‘riflaydi. Institutsional yondashuv esa iqtisodiyot bilan iqtisodiy 


137 
almashuvda ―o‗yin qoidalari‖ni belgilab beruvchi institutlar o‗rtasidagi teskari 
bog‗liqlikka e‘tibor qaratgan holda, ushbu asosiy qoidalarni yanada kengaytiradi. 
Tadbirkorlarning harakatlari o‗rnatilgan ―o‗yin qoidalari‖ga mos kelib, ular 
bilan himoyalansa, iqtisodiyot rasmiy sektorining unsurlari hisoblanadi. Va 
aksincha, ushbu qoidalarga amal qilinmagan hollarda, tadbirkorlar iqtisodiyot 
xufyona sektorining unsurlari sifatida ko‗rib chiqiladi. Boshqacha aytganda, 
o‗rnatilgan qoidalarga itoatkorlik ―qonuniy‖ iqtisodiyotda ishtirok etishning 
birinchi darajali mezoni hisoblansa, ayni paytda o‗rnatilgan qoidalarga amal 
qilmaslik yoki ularni chetlab o‗tish esa xufyona iqtisodiyotda ishtirok etish mezoni 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin