Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Rauf Parfi tarjimayi holini yana boshqa dalillar bilan to‘ldi-
rishga harakat qiling.
2. Shoir she’rlarining o‘ziga xosligi va milliy xususiyatlariga 
e’tibor bering.
3. Siz tong otishini kuzatganmisiz? Sizning kuzatuvingiz bilan 
shoir she’rda tasvirlagan tong manzarasini o‘zaro qiyoslang. 
Bu borada shoir mahorati haqida nima deya olasiz?
4. Rauf Parfi she’rlarida qanday badiiy san’atlar qo‘llangan?
5. Shoir she’rlarida tabiat lirikasining o‘rni va ifoda tarzini 
misollar asosida tushuntiring.
6. She’rlardagi inson ruhiy holatlari ifoda qilingan nuqtalarni 
ajratib ko‘rsating.
7. Rauf Parfi tasavvuridagi ona obraziga tavsif bering.
8. «Shahlo ko‘zli mening targ‘ilim» deganda nimani tushuna-
siz? 
9. «Ajoyib diyorsan, qalbim, na chora Shodlik va hasratning 
maskani sanda» misrasida qanday tuyg‘ular ifodalangan?
10. «Yurak» she’ridagi shoirning murojaatlari sababini izohlang.
11. Shoir she’rlaridan namunalar yod oling.
12. 
«Rauf Parfi she’rlarining zamonaviyligi va umrboqiyligi» 
mavzusida kichik ijodiy matn yozing. 


88
MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI
XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafak-
kuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda 
o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir ta-
moyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, in-
sonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon 
bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi. 
Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yo-
didan chiqmaydigan tari 
xiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991-
yil 1-sentabrida O‘zbekis 
ton mustaqillikka erishdi. Barcha 
o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror 
bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan 
keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» 
deb atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘na-
lishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan 
mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek 
adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi
1
.
1
Mustaqillik davri adabiyoti bo‘yicha «Maktab kutubxonasi» ruknida barcha 
ijodkorlarni qamrab olgan maxsus antologiyalar tuzish rejalashtirilgan. (
Mualliflar
)


89

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin