196
Muhtaram o‘quvchi! Ma’lumki, har bir inson umr bo‘yi
o‘z jismi va ruhining komillik sari yuksalib borishini xohlay-
di. Bu yo‘lda siz-u bizga adabiy-ma’rifiy
kitoblar, go‘zal
san’at asarlari, teatr tomoshalari va boshqa ma’naviy omillar
yordam beradi. Ayniqsa, badiiy asarlarni qunt bilan o‘qigan
va cheksiz zavqlangan odamning yuragi tozarib, insonlararo
muomala-munosabatida samimiyat paydo bo‘ladi. Siz «Ada-
biyot» darslaridan abadiyat obidalari ichida badiiy
adabiyot
o‘z shukuhi, benazir tarovati va go‘zalligi bilan alohida o‘rin
tutishini bilib oldingiz, albatta.
Nihoyat, aziz o‘quvchi, o‘rta maktab, o‘rta maxsus ta’limi
ham o‘z poyoniga yetdi. Ertaga siz mustaqil hayotning turli
jabhalariga yo‘l olasiz. Jamiyatda o‘z o‘rningizni topish uchun
turli
kasblarni tanlab, ulardan birining egasi bo‘lishga harakat
qilasiz. Kimdir ishchi, dehqon, quruvchi, bog‘bon
yoki boshqa
kasbning egasi bo‘ladi. Kimdir tahsilini davom ettirib, oliy
ma’lumotli mutaxassis bo‘lishni niyat qiladi; oliy o‘quv yurt-
lariga qarab yo‘l oladi. Shunda o‘quvchilik yillarida olingan
bilimlar yana bir karra imtihon va sinovdan o‘tadi. Bun-
da diqqat-e’tibor va jiddiy o‘qish
evaziga jamlangan adabiy,
ilmiy-
nazariy bilimlar sizga yordam beradi. Xalq og‘zaki ijodi,
o‘zbek mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti hamda jahon
adabiyotining eng sara namunalaridan tarkib topgan «Adabi-
yot» darsligining barcha mavzulari shu mahal bir-bir ko‘zingiz
oldidan o‘tadi. Eslaysiz, bilasiz, foydalanasiz va quvonasiz.
Chunonchi, hayotda ham, tabiatda ham betakror go‘zallik
bor. San’atkor adiblar ularni ta’sirli, obrazli,
ramzli ifoda
etgani uchun sizni o‘ziga maftun qiladi. Bunday ko‘rkam
adabiyot olam va odamga qarashingizni teranlashtiradi.
Adabiy asarlar faqatgina yoshlikda o‘qib, so‘ngra bir chet-
ga surib qo‘yiladigan manbalar emas. Adabiyot sizga umr
bo‘yi kerak. Qanday kasb egasi bo‘lishingizdan qat’i nazar,
og‘zaki va yozma nutqni takomillashtirishda adabiy tahsil
sizga benihoya katta foyda beradi...
Aziz o‘quvchi,
asl adabiyotni seving, o‘qing, o‘rganing
va targ‘ib qiling!
Dostları ilə paylaş: