164
XX asrdagi mashhur turk yozuvchilaridan biri Rashod
Nuri Guntekin 1889-yil Istanbulda tug‘ilgan. Istanbul uni-
versitetining turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan
(1912). XX asrning 20-yillarida uning bir qancha hikoyalari
bosilib chiqadi. Katta epik janrga qo‘l urgan yozuvchi dastlab
«Sirli qo‘l» (1921) romanini yozadi. Keyinchalik «Xazonrez-
gi», «Tamg‘a», «Yashil tun» nomli romanlari nashr qilinadi.
Ammo dunyo adabiyotida Rashod Nuri Guntekin «Cho-
liqushi» (1922) romani bilan shuhrat qozondi. Adibning bu
romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima
qilingan (1959).
Rashod Nuri Guntekindan ko‘plab hikoyalar, roman va
dramatik asarlar meros bo‘lib qoldi. Turkiyada adibning
yigirma to‘rt jilddan iborat asarlari bosilgan (1958–61).
Adib 1956-yilda vafot etgan.
ChOLiqUshi
(
Romandan parcha)
BIRINCHI QISM
B..., 19...yil, sentabr
To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi
kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun biz-
ga inshodan vazifa topshirdi. «Hayotdagi ilk xotiralari
n-
gizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar
Dostları ilə paylaş: