163
qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub
bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi.
A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri,
erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning
hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy
masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya
mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga shar-
qona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo
saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qa-
rashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan
va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson
zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda
u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya
shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi.
Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin
bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdi-
rini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi.
Dostları ilə paylaş: