152
Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil
Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universite-
tining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi
qishloq larda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois
Yaltaga ko‘chib o‘tadi. A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran
o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingla-
di. O‘z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo tur-
li muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri,
o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan
go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan
hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda
tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir ada biy qala-
mi bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib
ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari
dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyala-
rida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish
qildi. Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi.
«Chayka», «Vanya amaki», «Uch opa-singil», «Olchazor» kabi
qator pyesalari teatr sahnalarida qo‘yilgan.
A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va
adib
lar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Adib 1904-yilda vafot etgan.
Dostları ilə paylaş: