120
mUsTAqiLLiK dAvri drAmATUrgiYAsi
Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy
olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini
ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan
boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuza-
ga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi-
ning ta’siri bilan bir qatorda dunyo
adabiyotining yetakchi
dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Ada-
biyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy
qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr
boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albat-
ta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr
sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari
o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bami-
soli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek
dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan
adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan
asr boshlariga borib
taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan
siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon»
(Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namu-
nalarni o‘qigansiz, albatta.
Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada mual-
lif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan
voqelik
ning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi.
Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy
muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan
fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki
tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir
e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har
ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin»
nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni
ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda
qatnashayotgan obrazlar
holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat
ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi,
chuqur o‘yga toladi.
O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida
bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona
121
turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va
urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mam-
lakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo
ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga
beqiyos hissa
qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini
juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda
dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda
kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Sahnadagi qahramonlar
ning so‘zla-
ridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari
bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi che-
gara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib
keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi.
Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamo-
loti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi.
Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon
kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi,
xolis-
ligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazi-
latlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan
yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab
va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan
har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin
ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi.
Sir emaski, hamma zamonlarda
dramatik asarlar bevosita
sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramon-
larining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni to-
moshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda
syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi
kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar
taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishi-
ni yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning
o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obraz
lar
tabiati ham
dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut,
yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar
yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining
umrboqiyligini ham belgilaydi.
Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yosh-
larining ma’naviyati yuksak,
axloqi pok, ruhiy olami mus-
tahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.