100
Ne tong edi — izg‘irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qand-u naboting.
Shahidlaring nomlaridir har bir raboting,
Abadiy
yod erur asli adabiyoting,
Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim, Vatan.
Gard qo‘nmasin toki sening kipriklaringga,
Kipriklarim kiprik qilay ko‘priklaringga.
Malham bo‘lmoq uchun asriy og‘riqlaringga
Bulutlaring suzib yurar ko‘k, qirlaringga,
Uyg‘oq
ruhlar osmonida posbonim, Vatan.
Naqshlaring qutuldilar kishan-bandlardan,
Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan,
Afrosiyob
bilan tengdosh kuy, ohanglardan.
She’rlarimga ranglar oldim Samarqandlardan,
Gohi moviy, gohi zangor dostonim, Vatan.
Ulug‘laring
xokini men yuzlarga surtay,
Dilimdagi eng muqaddas so‘zlarga surtay,
Onamdayin aziz non-u tuzlarga surtay.
Ozod bo‘lgan oyatlaring ko‘zlarga surtay,
O‘z yurtiga qaytib kelgan Qur’onim, Vatan.
Men dunyoni ne deb aytay? Bu bir ko‘hna bog‘,
O‘z bilganin sayrar bunda har qumri, har zog‘.
Aslo sening bag‘irlaring ko‘rmayin men dog‘,
Yulduzlarga osmon bo‘lgan, ey nurli tuproq.
Osmonlari yer-u, yeri osmonim, Vatan.
So‘qmog‘ingda
men bir epkin yo bir nasimman,
Yaproq sening, xas bo‘lsam gar sening xasingman.
Jayronlaring ko‘zlarida qolar so‘zingman,
Mening borim sen bilandir, yo‘g‘im sen bilan,
Katta yo‘lga chiqqan ulug‘ karvonim, Vatan.
101
O‘ZBEK
Manglayga kaft qo‘yib olisga boqsam,
Edildan ko‘rinar bo‘ylaring, o‘zbek.
Tush kabi
jimirlab ming yil oqsa ham,
Noming aytar Enasoylaring, o‘zbek.
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding
ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.
Dili qonga to‘lib, ko‘zlari – yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa...»
Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek.
Bir zamon olovni iloh
bilgan el,
Quyoshga qarashni gunoh bilgan el.
Har bir bosqinchini qo‘noq bilgan el,
Yovga so‘qmoq bo‘lgan ko‘ylaring, o‘zbek.
Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo‘lgan ne sirlar?
Dostları ilə paylaş: