102
Kentlarga sochilgan o‘rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o‘zbek.
Dil qo‘zg‘alsa, elni to‘xtatib bo‘lmas,
Sel qo‘zg‘alsa, gilni to‘xtatib bo‘lmas,
Zanjir uzgan qulni to‘xtatib bo‘lmas,
Tig‘ bo‘ldi har bitta mo‘ylaring, o‘zbek.
Bo‘yningdan ketgan yo‘q
hali dor izi,
Qo‘y, qora kunlarning o‘chsin qorasi!
Sen borsan – Temurning ulug‘ vorisi,
Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.
103
Katta
qishloq ekan Parij, London, Rim,
Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim.
Dunyo go‘zali – sen, qadoqqo‘l singlim,
Go‘zaldir o‘ngigan ko‘ylaging, o‘zbek.
Haftalab yo‘l qarab sarg‘aymas Kumush,
Tog‘ni talqon qildi bobomeros musht,
Tin
oldi davonga boqib Alpomish,
Tog‘larni qo‘pordi yoylaring, o‘zbek.
Qo‘lingni ko‘zimga suray, otajon,
Yoningda ul bo‘lib yuray, otajon,
Yaxshi kunlaringni ko‘ray, otajon,
Sovimasin qo‘lda choylaring, o‘zbek.
Onajon, havoli bog‘lar muborak,
Handalak band bergan chog‘lar muborak,
Kelin yuzidagi dog‘lar muborak,
Bug‘doylarga to‘lsin uylaring, o‘zbek.
Sumbula – to‘kinlik, to‘ylar mavsumi,
Bir qo‘zg‘alib olar bog‘bonning xumi.
Asli, bir satrdir she’rim mazmuni:
To‘ylarga ulansin to‘ylaring, o‘zbek!
Savol va topshiriqlar
1. Mustaqillik davri she’riyati, nasri va dramaturgiyasi haqida
o‘z fikrlaringizni bayon qiling.
2. Istiqlol davri she’riyatiga xos asosiy
xususiyatlar nimalardan
iborat?
3. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatinig eng muhim mavzularni
sanab bering.
104
4. Zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi qaysi shoirlarning she’rlarini
sevib o‘qiysiz?
5. Istiqlol yillarida nashrdan chiqqan qanday she’riy
kitoblarni
o‘qigansiz?
6. O‘zingiz muxlis bo‘lgan shoir ijodiga qisqacha tavsif bering.
Sizni hayratga solgan ijod namunalaridan misol keltiring.
7. Jamol Kamolning «Asr bilan vidolashuv» she’rini ifodali
o‘qing va uni sinfda muhokama qiling.
8. Oydin Hojiyevaning «Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin»
she’rini ifodali o‘qing va muhokama qiling.
9. Usmon Azimning «Grafika» she’ri
sizda qanday taassurot
qoldirdi. She’r nega shunday nomlanganini angladingizmi?
10. Xurshid Davronning «Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim»
she’rining bosh mavzusi nima? Bu she’rni o‘qiganingizda
ko‘z oldi
ngizda qanday manzaralar gavdalandi?
11. Xurshid Davronning yana qaysi she’rlarini o‘qigansiz?
12.
Mahmud Toirning «Momo yer» she’riga bastalangan
qo‘shiqni eshitganmisiz? She’rdagi
Vatanga mehr va vatan-
parvarlik tuyg‘ulari ifodasi haqida nima deya olasiz?
13. Sirojidding Sayyidning «Vatan» she’ri asosida «Bobolardan
meros ozod Vatanim» mavzusida ijodiy matn yozing.