Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Afsuski, ba’zan insonlar umrbod do‘stim deb yurgani



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/60
tarix10.03.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#123955
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Afsuski, ba’zan insonlar umrbod do‘stim deb yurgani
o‘rtog‘idan emas, tilsiz-zabonsiz hayvonlardan shu no-
yob xislatlarni topadi. Baxshilla va Do‘nan o‘rtasida yil-
lar davomida toblangan do‘stlik va mehr-u muhabbatni
tushunish, his qilish ham boshqalarga oson kechmaydi.
Siz, masalan, bo‘lib o‘tgan hodisaning aybdorini topishga
qiziqib qolishingiz mumkin, to‘g‘rimi? Qani, bu muammoni bir-
galikda muhokama qilamiz. «Aybdor» sifatida Baxshillaning
akasini – qachondir Do‘nandan «o‘xshatib tepki yegan» bolani
ko‘rsatish mumkinmi? Bir qaraganda, albatta mumkin. Lekin
ismi bizga noma’lum akaning holini ham tushunishga harakat
qilsak-chi? U ham xuddi Baxshillaga o‘xshagan o‘zining chiroy-
li oti bo‘lishini, shunday otni bir o‘zi parvarishlab, xohlaganida
minib, ko‘pkarilarda choptirib yurishni xohlashi mumkin-ku.


5 0
O‘g‘il bola sifatida mana shunday orzusi bo‘lgan bolani birdan
qoralashimiz qanday bo‘ladi? To‘g‘ri, uning bolaligiga borib
otga g‘ayirlik qilishi, ukasining shuncha azob chekishiga sabab-
chi bo‘lganini oqlash qiyin. Biroq u qilib qo‘ygan bu ishi qan-
day oqibatlarga olib kelishini oldindan bilmagan edi-da. Agar
buni bilganida, rostdan ham ukasini yomon ko‘rganida, uning
boshida ota-onasiga qo‘shilib yig‘lab, tezroq tuzalishini istab
iztirob chekarmidi?
Xo‘sh, unda «aybdor» Baxshillaning otasimikin?
Otaning o‘z qadrdon do‘sti – mehmoniga otni berib yuborib,
qanchalar iztirob chekkanini hammamiz his qilib turibmiz. Bir
qaraganda u o‘g‘lini asrab qolish uchun otni olib ketgan odam-
ning oldiga borib do‘nanni qaytarib olib kelishi mumkindek.
Lekin u bu ishni qila olmaydi, hatto qishloq oqsoqoli fatvo
(ruxsat) bersa ham qila olmaydi!
Nega?
Chunki o‘rtada ajdodlardan qolgan udum bor. Bu qishloqda
aziz mehmonning ko‘ngliga yoqqan narsani unga berib yuborish
– avvaldan kelayotgan, barcha amal qiladigan qattiq odat
sanaladi. Kasal bo‘lib qolgan o‘g‘lini o‘ylamagani uchun emas,
balki shu odatga xiyonat bo‘lib qolmasligi uchun «dadam bu
ishni qilolmayman, deptilar. Kelib hammasini aytib, boshimda
yig‘ladilar: «Bolam, menga, o‘zingga, onangga rahming kelsin,
o‘zingni asra», – dedilar».
Otani ayblashdan oldin behush farzandi ustida izillab yig‘la-
yotgan, ikki o‘t orasida qolib bolasiga iltijo qilayotgan inson
qalbidagi iztiroblarni tushunish va his qilish muhimroq, biz-
ningcha.
Balki bor «ayb»ni qo‘shni qishloqdan kelgan mehmonga
to‘nkarmiz. Axir u otni olib ketmaganida, bu ishlar bo‘lmas edi-
da. Lekin bu mehmon ko‘ziga chiroyli ko‘ringan, otxonada yer
tepinib, gijinglab turgan do‘nan otning Baxshilla degan bola
uchun nihoyatda qadrli ekanini qayoqdan bilsin? Qolaversa, u
ham otning shaydosi, yaxshi ot boqishni xush ko‘radigan, otning


5 1
!
tilini biladigan odam bo‘lishi mumkin-ku. Uyiga olib kelgan oti
hech narsa yemay qo‘ygani, demakki, bu uyni xushlamaganini se-
zib ortga qaytarib keltirgani ham shundan dalolat bermaydimi?

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin