Adabiyot nazariyasi ishchi 1111



Yüklə 22,49 Kb.
səhifə1/4
tarix09.12.2023
ölçüsü22,49 Kb.
#138689
  1   2   3   4
1 (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«Tasdiqlandi» O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor R.G’. Jumayev



« » 2022 y


ADABIYOT NAZARIYASI ISHCHI DASTURI
Bilim sohasi: 100000- Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 120000 –Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

Umumiy o‘quv soati – 44 soat Shu jumladan:


Ma’ruza mashg‘ulotlari – 10 soat Amaliy mashg‘ulotlar – 10 soat Mustaqil ta’lim soati – 24 soat
BUXORO-2022

Fan/modul kodi
Adabiyot nazariyasi

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1-2




Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
Ingliz

Haftadagi dars soatlari
2/2

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Adabiyot nazariyasi

20

24

44

2

I. Fanning mazmuni
Fanning asosiy maqsadi talabaga adabiyotshunoslik bo‘yicha bilim berish bo‘lib, unda badiiy asar mohiyati va ijod psixologiyasi, adabiy tur va janrlar, badiiy asarning shakli va mazmuni, poetik nutq, uslub va shu kabi bir qator nazariy qonuniyatlarni aniq badiiy asarlarga tatbiq etgan holda o‘rgatishdan iboratdir. Shu ma’noda quyidagi vazifalar muhim sanaladi:

  • san’at turlari, xususan, badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyatini tushuntirish;

  • adabiy tur va janrlar masalasini talqin etish;

  • adabiyotshunoslik dasturida berilgan mavzularni yangiliklar bilan boyitib borish;

  • epik, lirik va dramatik turlar sinkretizmini tushuntirish;

  • adabiyotshunoslik vositasida adabiy jarayonni baholab borish, adabiyotshunoslik tarixi, zamonaviy adabiyotshunoslik orasidagi bog‘lanishni tushuntirish;

  • adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarini o‘rgatish;

  • adabiyotshunoslik maktablari va ularning o‘ziga xos xususiyatini aniqlash;

  • badiiy asarni ilmiy-estetik tahlil qilish, tarjima jarayonida matnni tarkibiy qismlarga ajratish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • badiiy asarlarni turli metodlar asosida tahlil qilishni tushuntirish;

  • jahon adabiyotshunosligidagi tahlil metodlari bilan tanishtirish;

  • adabiyotshunoslik tarkibiy qismlari orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish;

  • talabaga san’at asarlarini his qilish va uning mohiyatini anglashni, xulosa chiqarish va qaror qabul qilishni o‘rgatish.


Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin